MAQSUDAM
87
O‘tmishdan kelarmi, kelajakdanmi,
la’nat jaholatga!
Senga ham la’nat,
Shoirning qo‘lini tishlagan kishan,
yangroq so‘zni yovi – biqqi sukunat!
She’riyat! Bardam bo‘l!
Yuksalmoqdamiz
so‘ngsiz zinalardan! Qaytmasmiz izga!
Bizga cho‘zilmoqda minglab mard qo‘llar,
Yuraklar ergashib kelmoqda bizga.
Doim
shu ishtiboh, doim shu gina,
Hayoning oldida dunyo kichkina.
Bir sazo kutibsan mendan jimgina,
Men oldga bir qadam o‘taqolmabman.
Na
elchim bor mening, na tarjimonim,
Tilsizligim bois ortar armonim.
Xayoldan bo‘lakka yetmas farmonim,
Yuragimni vakil etaqolmabman.
Bori el baribir so‘zlarlar bizdan,
Yolg‘iz o‘y sursak-da, kelarlar izdan.
Hechsa, borligimni gizlab yot ko‘zdan,
Soyangni bir nafas tutaqolmabman.
www.ziyouz.com kutubxonasi