MAQSUDAM
63
* * *
Men
goh mundoq qarab, o‘yga tolaman,
Qani kimlar bizning kelajagimiz?
Safimizga ertang kim kelar ekan,
Kimga qolar ekan kelajagimiz?
Davronlar aylanar tinmay, bilamiz,
Goho qayg‘uramiz, goho kulamiz.
Bugunniku obdon tashvish qilamiz,
Kimlarga bog‘liq, xo‘sh, kelajagimiz?
Kim asrar Vatanim, yurtim – elimni,
Kim saqlar tarixim, ona tilimni.
Kim tutar umidli cho‘zgan qo‘limni,
Kimlarning qo‘lida kelajagimiz?
Bugun tiklanmoqda jur’at, adolat,
Orzular uyg‘ondi dilda, harorat.
Gʻimirsilab
qoldi lekin adovat,
Qiyin bo‘lmasmikan kelajagimiz.
Shunday payt o‘ylayman sizni, yoshlarni,
Shu ovunch ko‘nglimdan quvlar g‘ashlarni.
Sabab yo‘q hech egish uchun boshlarni,
Kimning qo‘lida deb kelajagimiz.
Chunki yoniq yurak – oftob sizdadir,
Ulug‘ istiqlolga shitob sizdadir.
Barcha savollarga javob sizdadir,
Sizning qo‘lingizda kelajagimiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
64
* * *
Qaydan
kelib qolding, qayin, oq qayin,
Bu turfa daraxtlar tig‘iz o‘rmonga?!
Nega kerak ekan nozik vujuding,
Bu qorlar mulkiga, bu qahratonga?!
Bir yoqdan jodugar ignabarg archa,
Chimchilab-chaqishga urinsa zimdan,
Bir yoqdan cho‘ng eman zug‘m
etar senga,
Behayo qarag‘ay yalang‘ochlar tan.
Agar tug‘ilganing rost bo‘lsa shunda,
Jindak shabbodaga titrarsan nechun?!
Qora tamg‘a o‘yib kumush badanga,
Nechun oqizarlar ko‘z yoshingni xun?!
Amir haramida tutqun qiz raqsin,
Qizlarxon qayg‘uli etgandek ijro.
O‘rmon sahnasiga sen – oq raqqosa,
Birgina lahzaga chiqdingmikan yo?!
Inja o‘xshatmalar ko‘pdir,
Lekin
sen
Bu qora o‘rmonda yolqinsan mag‘rur!
Ne
so‘z?!
Azaldan-da poklik, nafosat,
Shunday sharoitda yashashga majbur.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
65
* * *
Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi,
Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi.
Olis yulduzlarga sirrim aytmiram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo‘ldi.
Ucharga
har qushdan par topinmadim,
Parvozlar hadisin dil bilsa bo‘ldi.
Jaholat mehrobi toshin o‘pmadim,
O‘shal bag‘ri toshim til bilsa bo‘ldi.
Damlar shikvasiga uchma, omon bo‘l,
Fazl-u kamolingni el bilsa bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi