pullarini bankka qo`yar ekanlar unga foiz olishadi. Bu bankning pul egalariga to`laydigan
foizi bo`lib, uni bank protsenti deb ataladi.
U yuqori bo`lsa pulni bankda saqlovchi mijozlar ko`payadi, kamaysa aksincha.
Daromad (protsent) summasi
Aytaylik mijoz o`z pulini bankka qo`yib qarzga bergan kapitali 50000 so`m bo`lsin. 5000
so`m daromad olsin u holda yillik bank protsenti 10% ni tashkil etadi. Bankdan qarz
oluvchi ssuda protsenti to`laydi. har bir ssuda oluvchini olgan qarzi unga qanchaga tushishi
qiziqtiradi. Uni quyidagicha hisoblab chiqarish mumkin:
r = kr x r’ x t;
r-ssuda uchun to`langan umumiy foiz.
kr- qarz miqdori;
r’-protsentning yillik miqdori;
t - kredit berilgan vaqt.
Aytaylik, “Zamin bank” Fermerga 200 ming so`m, 14% yillik protsent hisobidan yarim
yilga qarz berdi. Fermer xo`jaligi kredit uchun qancha haq to`lashi kerak? Ssuda foizi
quyidagicha bo`ladi:
r = 200*14*6/12=14000.
Demak, fermer 200 ming so`mni 106 ming so`m qilib qaytarishi kerak. Odatda ssuda
foizi bank protsentiga nisbatan yuqori belgilanadi. Bu bank xarajatlarini qoplash va
daromad olish imkonini beradi. Bankning oladigan protsenti bilan beradigan protsenti
o`rtasidagi farq
marja deyiladi. Bu erda shunday savol tug`iladi, qanday manba hisobiga
to`lanadigan protsent qoplanadi?
qarzga olingan pul kapital sifatida ishlatiladi, ya’ni foyda olish nazarda tutiladi. Pul
egasi mulkdor sifatida shu pulni ishlatib olingan foydaning bir qismini talab qiladi.
SHunday qilib, protsent qarz pulini ishlatib olingan daromaddan qoplanadi. Buni A.Smit
o`zining «Odamlar boyligi..” asarida ko`rsatib o`tgan.
qarz puli iste’mol uchun ishlatilsa, foiz daromadning bir qismi bo`lmaydi (chunki
daromadning
o`zi
yo`q),
u
qarzdorning
kelajakda
iste’mol
uchun mablag`idan
qoplanadi. Agar tadbirkor 200 ming so`m olib ishlab chiqarish yoki savdoga ishlatsa
14000 so`m protsent to`lasa uni
foydasidan qoplanadi, agar iste’molchi mebel xarid
qilsa 14000 so`mni ish haqidan to`laydi.
Bankning yalpi foydasi uni o`tkazgan barcha operatsiyalaridan olingan daromadi
bo`lib, uning
xarajatlari (bank xodimlariga ish haqi, amortizatsiya, bank
binosini
saqlash xarajatlari, kanselyariya xarajatlari va boshqalar) qoplanganidan qolgan qismi
bankning sof foydasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: