14. Bilim – shaxsning ongiga tushunchalar, sxemalar, ma‟lum obrazlar ko„rinishida aks
etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui.
15. Bilim olish – borliqni idrok etish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida hulq- atvor
va faoliyat, ko„nikma va malakalarni mustahkamlash, mavjud bilimlarni takomillashtirib boyib
borish jarayoni.
16. Bilish-obyektiv borliqni inson ongiga aks etish shakli; Ilmiy bilimlarni o„zlashtirish
jarayoni
17. Boshlang„ich ta‟lim – o„quvchilarga murakkab bo„lmagan ilmiy bilimlarni berish
asosida ularga o„qish, yozish va hisobga oid dastlabki bilim, ko„nikma va malakalarni
shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog„lom turmush tarzi elementlarini hosil
qilish boqichi.
18. Boshlang„ich ta‟lim pedagogikasi- boshlang„ich sinf o„quvchilarini tarbiyalash, ularga
ta‟lim berish, ularning o„ziga xos psixologik va fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish,
shuningdek ularni intellektual, ma‟naviy-ahloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish
masalalarini o„rgandi.
19.
Didaktika (ta‟lim nazariyasi)-(yunoncha ,,didaktikos‟‟,,,o‟rgatuvchi‟‟, ,,didasko‟‟-
,,o‟rganuvchi‟‟)--ta‟limning nazariy jihatlari (ta‟lim jarayonining mohiyati , tamoyillari
qonuniyatlari ,o‟qituvchi va o‟quvchi faoliyati mazmuni , ta‟lim maqsadi, shakil, metod,
vositalari, natijasi ,talim jarayonini takomollashtirish yo‟llari va hokazo muammolari )ni
o‟rganuvchi fan.
Dostları ilə paylaş: