“ Kelishildi”
O„quv uslubiy boshqarma boshlig„i : dots. M.Fayzullayev.
“
Mundarija
I
O„quv materiallari
1.1 Ma‟ruza mavzulari
1.2 Amaliy mashg„ulotlar mavzulari va topshiriqlari
II Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari
III Glossariy (asosiy terminlar)
IV Ilovalar:
Fan dasturi
Ishchi dastur
Baholash mezonlari
Tarqatma materiallar
(test va boshqa qo„shimchalar xohish bo„yicha)
1-MAVZU. PEDAGOGIKA FANINING UMUMIY ASOSLARI
REJA:
1. Pedagogikaning fan va o'quv predmeti sifatidagi taraqqiyoti.
2. Fan va o'quv predmeti, ularning aloqasi va o'ziga xos xususiyatlari.
3. Pedagogikaning o'quv predmeti sifatidagi asosiy rivojlanish davrlari.
4. O'zbek pedagogikasi fanining rivoji.
5. Pedagogika o'quv muassasalariga (pedagogika universitetlarida, institutlarda,
pedagogika kollejlarida, pedagogika litseylarida pedagogikaning o'quv predmeti
sifatida o'rganilishi.
6. Pedagogikaning inson haqidagi fanlar tizimidagi tavsifi.
7.
Shaxsning ijtimoiylashuvi va uning tarbiyasini rivojlantirish
.
Pedagogika
predmeti.
Pedagogika
(yunoncha paidagogike bo„lib,
paidagogos («bola» va «yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni
shakllantirishga yo„naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta‟lim-
tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda
kattalarni milliy istiqlol g„oyalari asosida tarbiyalash, unga ta‟lim berish
muammolarini o„rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o„qitish va
tarbiyalashga asosiy e‟tiborni karatganligi bois ta‟lim nazariyasi (didaktika) va
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ta‟lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta‟lim
jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o„qituvchi va
o„qituvchi faoliyati birligi, o„qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari,
ta‟lim jarayonini takomillashtirish yo„llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi.
Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy
faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga
yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida
shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim
olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini
namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy
bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga
xizmat qiladi.
Ta‟lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko„ra boshlang„ich, o„rta va
oliy ta‟lim kabi turlarga ham bo„linadi. Kasb ta‟limi (kasbiy ta‟lim O„zbekiston
Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga
yo„naltirilgan uzluksiz ta‟limning muhim bo„lagi sanaladi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan
biri bo„lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tayyorlash muammolarini o„rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo„lida
amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo„lib, ushbu tushuncha
negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy,
ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo„nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat
mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan
dunyoharash aks etadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish
borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini
ta‟minlashga alohida hissa qo„shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining
belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning
hayotida yetakchi o„rin tutuvchi g„oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega.
O„zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy
jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g„oyasi asosida
ta‟lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi.
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e‟tibor haratiladi:
1. Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo„naltirilgan
pedagogik jarayonning mohiyatini o„rganish.
2. Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy
mamlakatlar ta‟lim tizimi tajribasini o„rganish asosida uzluksiz ta‟lim tizimini
takomillashtirish.
4. Ta‟lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar
faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg„or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta‟lim-
tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta‟lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo„nalishlari o„rtasidagi
o„zaro aloqadorlikni ta‟minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o„rganish.
8. O„qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini
yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar
uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
2.Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun
kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo„lida olib borgan harakatlari
tarbiya g„oyalarining shakllanishiga asos bo„lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo„lib hayot kechirishi
sababli bolalarga tirikchilik o„tkazish yo„lidagi faoliyat (o„simlik mevalari,
ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni
o„rgatish guruh a‟zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat
hollarda, mehnat va o„yin jarayonlarida o„zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil
etish jinsiy xarakterga ega bo„lganligi bois o„g„il va qiz bolalarni tarbiyalashda
o„ziga xos jihatlar ko„zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo„lishi ijtimoiy tarbiya
mazmunida ham tub o„zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo„lishi
olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va
ehtiyojlari asosida yo„lga qo„yila boshladi. Erkin fuharolarni tarbiyaning maqsadi,
vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va
Aristotellarning asarlarida muhim o„rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida
ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy harashlar
yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon
etilgan.
Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang„ich
asoslar qo„yildi. quldorlik tuzumida erkin bo„lmagan kishilar (qullar)ning haq-
huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning
farzandlari uchun xizmat qilgan.
quldorlik tuzumi o„rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g„oyalar
feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil
etishda diniy g„oyalar yetakchi o„rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda
diniy muassasalar (g„arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib,
bolalarni o„qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi.
Garchi dunyoviy g„oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ„ib
etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko„zga
tashlangan bo„lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko„lamining kengayishi,
tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko„rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning
rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan
mustahkam o„rin olgan Sharq Uyg„onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan
feodal tuzumi – o„rta asrlar davrida sodir bo„ldi. Sharqda buyuk allomalar -
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayqon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg„oniy, g„arbda esa T.Mor, T.Kampanella,
E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama
rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog„lom, antik dunyo va burjaziya davri
yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o„zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g„oyasi
ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan
ishlab chiharishni yanada takomillashtirish yo„lidagi amaliy harakatlar bu
boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshhara oladigan shaxsni
shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg„or, progressiv
pedagogik g„oyalar ilgari surildi. Aksariyat g„oyalar mazmunida bilim olishga
nisbatan ijtimoiy tenglikni haror toptirish borasidagi harash o„z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy
jihatdan asoslandi. Bu o„rinda pedagogika fani rivojiga o„zining munosib
hissasini qo„shgan mutafakkirlar: g„arbda - Y.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo,
F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy,
Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat,
H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta‟lim berish va uni
tarbiyalash borasidagi harashlarni yanda boyitdilar hamda ta‟lim tizimiga ilm-fan,
texnika yangiliklarini tadbiq etish, o„qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz,
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g„oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo„ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va
texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta‟lim muassasalari tizimi shakllantirildi,
shuningdek, har tomonlama va garmonik rivojlangan shaxsni shakllantirish
nazariyasi asoslandi. Biroq, xalq ta‟limi tizimi faoliyatini yo„lga qo„yishdagi xato
va kamchiliklar maqsadga erishishga imkon bermadi.
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo„lga kiritgach, rivojlanish va
taraqqiyot yo„li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etishdan
iboratligi e‟tirof etilib, ta‟lim tizimini isloh qilish, uzluksiz ta‟lim tizimini
takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri deya belgilandi.
Asosiy e‟tibor barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga haratildi.
Respublikada ta‟lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
mazmun hamda yo„nalishlari O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim
to„g„risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» kabi meyoriy
hujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tayyorlashga yo„naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi
muammolar va ularni hal etish yo„llarini o„rganadi.
3. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma‟lumki, har
bir fan o„zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari
tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e‟tirof etilishini
kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushunchalar
kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs
kamolotini ta‟minlash, ta‟lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga
quyidagilar kiradi: tarbiya, ta‟lim (o„qitish, o„qish), bilim, ko„nikma, malaka,
ma‟lumot, rivojlanish.
Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib,
shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo„naltirilgan pedagogik
jarayon.
Ta‟lim – maxsus mutaxassislik ma‟lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil
etilib, o„quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o„stirish va dunyoharashlarini
shakllantirishga yo„naltirilgan jarayon.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui.
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni
bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma‟lumot – ta‟lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko„nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoharash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon bo„layotgan
miqdor va sifat o„zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini
ilmiy jihatdan asoslash ma‟lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda
namoyon bo„lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma‟lumki,
pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo„lib, uning umumiy mohiyatini
to„laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu
nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o„rtasida yaqin aloqadorlik
mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanish jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan
pedagogik g„oya, harash hamda ta‟limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni
tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – o„quv yurtlari uchun binolarni qurish, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini
tashkil etish, ta‟lim muassasalari faoliyatini yo„lga qo„yish kabi masalalarning
iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari
xususida ma‟lumotlarga ega bo„lish asosida ta‟lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining o„zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat
yaratadi.
4. Etika- shaxs ma‟naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar,
axloqiy ong va ma‟naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o„rin tutuvchi
nazariy g„oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o„rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go„zallikning his etilishi, unga intilishi,
shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo„nalishlarni aniqlashga
xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o„quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik
xususiyatlarini inobatga olish uchun boshlang„ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena – o„quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy
jihatdan to„g„ri shakllantirishda nazariy va amaliy g„oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma‟naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy
sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta‟lim-tarbiya jarayonlarining
dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi
g„oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo„naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o„quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan
moddiy va ma‟naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda
madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to„g„ri
rivojlanishini ta‟minlash, uning organizmida namoyon bo„layotgan ayrim
nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni
o„qitish hamda tarbiyalash muammolarini o„rganishda ko„maklashadi.
Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini ta‟minlash, uning intellektual,
ma‟naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh
davrlari, har bir davrning o„ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik,
psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit
pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan
o„rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika – kichik maktab yoshi, o„smir hamda o„spirin
bolalarni tarbiyalash va ularga ta‟lim berish masalalarini o„rganadi.
2. Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi – maktabgacha ta‟lim yoshidagi
bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma‟naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan
kamolotga yetkazish masalalarini o„rganadi.
3. Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli nuqsonlar
bo„lgan bolalarni korreksion o„qitish va tarbiyalash bilan bog„liq muammolarni
o„rganadi.
Dostları ilə paylaş: |