olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o„z in‟ikosiga ega bo„la olishi
hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo
yechimini topishga yo„naltirilgan pedagogik tajriba ma‟lum doirada, soni aniq
belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan
foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning
samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko„ra quyidagi guruhlarga
bo„linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil
etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot obyektlari vv usullarining to„g„ri tanlanishi;
4) tajriba o„tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi;
6) tajriba ma‟lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta
ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy
xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: