Pedagogik tajriba
Tabiiy
tajriba
Laboratoriya tajribasi
Tajriba
ishi
3- chizma. Pedagogik tajriba turlari
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy
holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo„llaniladi,
muammo holatini ifodalovchi ko„rsatkichlar maxsus matematik formulalar
yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi
asosiy ko„rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo„nalishda tadqiqotlar
olib borishda Styudent, Ko„virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin
metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Tayanch tushunchalar lug„ati:
Pedagogika
(yunoncha paidagogike bo„lib, paidagogos («bola» va
«yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) -shaxsni
shakllantirishga yo„naltirilgan muayyan tizimli faoliyat,
shuningdek, ta‟lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari,
shakli va metodlari haqidagi fan.
Ta‟lim nazariyasi (didaktika) – pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi
bo„lib, shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta‟lim
jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari,
o„qituvchi va o„qituvchi faoliyati birligi, o„qitishning mazmuni,
shakl, metod va vositalari, ta‟lim jarayonini takomillashtirish
yo„llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri
bo„lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tayyorlash muammolarini o„rganadi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib,
shaxsni
mehnat
va
ijtimoiy
faoliyatga
tayyorlashga
yo„naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta‟lim – maxsus mutaxassislik ma‟lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil
etilib, o„quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko„nikma va
malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini
o„stirish va dunyoharashlarini shakllantirishga yo„naltirilgan
jarayon.
Dostları ilə paylaş: |