Intervyu respondent e‟tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o„tkaziladi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta‟lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va
dalillarni tekshirish maqsadida ta‟lim muassasalari faoliyati mazmunini
yorituvchi ma‟lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni hamda «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi» talablarining ta‟lim muassasalari amaliyotidagi
bajarilish holatini o„rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda
yo„l qo„yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg„or tajribalarni ommalashtirish va
ta‟lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo„llaniladi.
Ta‟lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan
iborat: o„quv mashg„ulotlarining jadvali, o„quv dasturi, guruh (yoki sinf)
jurnallari, o„quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash
yig„ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash harorlari, ta‟lim
muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o„quv-tarbiya
ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta‟lim muassasasi jihozlari (o„quv
Dostları ilə paylaş: