Individual yondashuv o„quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo„lgan
qiziqish hamda iste‟dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki
natijasida shakllana boradi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a‟zosi bo„lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o„z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash
tizimining bosh subyekti va obyekti, ta‟lim sohasidagi xizmatlarining
iste‟molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‟riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va
ma‟naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs
sifatida namoyon bo„lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning
amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon
etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo„nalishi bo„yicha
mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy
muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo„ladi. Ana shular ta‟sirida odam inson sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Dostları ilə paylaş: