Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog
B.Skinner qismlarga bo„lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam
nazorat qilish asosida materialni o„zlashtirishda samaradorlikka erishish g„oyasini
ilgari suradi. Mazkur g„oya keyinchalik dasturiy ta‟lim deb ataladi. Keyinchalik
N.Krauder nazorat natijalariga qarab o„quvchiga mustaqil ishlash uchun turli
materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g„oyalari muammoli ta‟limning asosi bo„lib qoldi.
Bugungi kunda muammoli ta‟lim deb nomlanuvchi, ushbu g„oya o„qituvchi
rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda
o„quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta‟minlashga erishishni nazarda
tutadi. Muammoli ta‟limning vazifasi faol o„rganish jarayonini rag„batlashtirish,
o„quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko„nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta‟lim konsepsiyasi
XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g„oyalarini amalga oshirish ta‟lim
jarayoniga insonparvarlik g„oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari
surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g„oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga
ko„ra bola kattalar yordamida bilim olib, o„zi mustaqil bajara olmagan ishlarni
bajara boshlaydi.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunida ta‟lim va
tarbiyani insonparvarlik, demokratik g„oyalarga muvofiq tashkil etilishi e‟tirof
etilgan.
Ta‟limni insonparvarlashtirish ta‟lim jarayonida o„quvchi shaxsini hurmat
qilish, uning sha‟ni, obro„si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste‟dodini
rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda
rasmiyatchilikka yo„l qo„ymaslik, ta‟lim dasturlarini tanlashda o„quvchilarning
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.
Respublika uzluksiz ta‟lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat
qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: