O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.  Malaka



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka 
– 
muayyan 
harakat 
yoki 
faoliyatni 
bajarishning 
avtomatlashtirilgan shakli. 


Maqsad (o„qish, bilim olish maqsadi) – ta‟limning nimaga intilayotgani, 
uning urinishlari yo„naltirilgan. 
Mazmun (ta‟lim, bilim olishning mazmuni) – ta‟lim jarayonida o„quvchi 
egallab olishi zarur bo„lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar, 
faoliyat hamda fikrlash usullarining tizimi. 
Tashkil etish  didaktik jarayonni aniq mezonlar asosida tartibga solish, 
qo„yilgan maqsadni amalga oshirish uchun unga zarur shaklni berish. 
Shakl (yunoncha, forma - tashqi ko„rinishi, qobig„i) – o„quv jarayonining 
mavjudligini ta‟minlovchi usul, uning ichki mantig„i, mohiyati va mazmuni 
uchun qobig„idir. Shakl sinfdagi o„quvchilarning soni, ta‟lim o„rni hamda vaqti, 
uni amalga oshirish tartibi va shu kabilarga bog„liq bo„ladi. 
Metod (yunoncha metodos – yo„li, usuli)- ta‟lim maqsadi va vazifasiga 
erishish (uni amalga amalga oshirish) yo„li. 
Vosita - o„quv jarayonini predmetli ta‟minlash (pedagogning nutqi, 
darslik, o„quv qo„llanmalari, ko„rsatmali qurollar, sinfdagi jihozlar, texnik 
vositalar, o„quv qurollari va boshqalar vosita hisoblanadi). 
Natija (ta‟lim mahsuli) – ta‟lim nimaga erishishini qayd etuvchi 
tushuncha, o„quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish 
darajasi. 
4. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. 
Ta‟lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda 
didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlarda tashkil topgan
birlashtirish) – ma‟lum mezonlari bo„yicha yaxlit holatni belgilash, ajratib 
ko„rsatish demakdir. U ta‟limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod 
va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini 
ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib 
quyidagi guruhlarga ajratadilar: 
1) 
an’anaviy; 
2) 
progressiv; 
3) 
zamonaviy. 
Ta‟lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning 
didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
An‟anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va 
pedagog 
I.F.Gerbart 
(1776-1841 
yillar) 
nomi 
bilan 
bog„liq. 

Y.A.Komenskiyning sinf-dars an‟anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta 
asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta‟lim 
tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta‟lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. 
o„quvchilarning intellektual rivojlanishini ta‟minlash maktabning asosiy vazifasi; 
bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. 
Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining 
asosiy rol o„ynashini e‟tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, 
G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.


Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog 
B.Skinner qismlarga bo„lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam 
nazorat qilish asosida materialni o„zlashtirishda samaradorlikka erishish g„oyasini 
ilgari suradi. Mazkur g„oya keyinchalik dasturiy ta‟lim deb ataladi. Keyinchalik 
N.Krauder nazorat natijalariga qarab o„quvchiga mustaqil ishlash uchun turli 
materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g„oyalari muammoli ta‟limning asosi bo„lib qoldi. 
Bugungi kunda muammoli ta‟lim deb nomlanuvchi, ushbu g„oya o„qituvchi 
rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda 
o„quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta‟minlashga erishishni nazarda 
tutadi. Muammoli ta‟limning vazifasi faol o„rganish jarayonini rag„batlashtirish, 
o„quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko„nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta‟lim konsepsiyasi 
XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g„oyalarini amalga oshirish ta‟lim 
jarayoniga insonparvarlik g„oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. 
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari 
surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g„oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga 
ko„ra bola kattalar yordamida bilim olib, o„zi mustaqil bajara olmagan ishlarni 
bajara boshlaydi.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunida ta‟lim va 
tarbiyani insonparvarlik, demokratik g„oyalarga muvofiq tashkil etilishi e‟tirof 
etilgan. 
Ta‟limni insonparvarlashtirish ta‟lim jarayonida o„quvchi shaxsini hurmat 
qilish, uning sha‟ni, obro„si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste‟dodini 
rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda 
rasmiyatchilikka yo„l qo„ymaslik, ta‟lim dasturlarini tanlashda o„quvchilarning 
fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. 
Respublika uzluksiz ta‟lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat 
qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin