O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui.  Ko„nikma



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui. 
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning 
avtomatlashtirilgan shakli. 
Ma‟lumot – ta‟lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil 
qilingan ko„nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan 
dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon bo„layotgan 
miqdor va sifat o„zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi 
murakkab jarayon. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga 
yo„naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va 
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo„lib, ular 
asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi 
tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi? 
2. Ta‟lim nazariyasi (didaktika) nima? 
3. Tarbiya nazariyasi nimalarni o„rganadi? 
4. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
5. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting. 
6. qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi? 
7. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi. 
Test topshiriqlari: 
1. Qaysi javob variantida pedagogika fanlari tizimi to„g„ri ko„rsatilgan? 


a) umumiy pedagogika, maktabgacha ta‟lim pedagogikasi, korreksion 
(maxsus) pedagogika; surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika 
va logopediya; 
v) umumiy pedagogika, maktabgacha ta‟lim pedagogikasi, korreksion 
(maxsus) pedagogika, metodika, pedagogika tarixi, ta‟limni boshharish, 
ijtimoiy pedagogika va boshqalar; 
s) umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta‟limi; 
d) umumiy pedagogika, metodika, ta‟limni boshharish; axloq-tuzatish 
pedagogikasi; 
e) barcha javoblar to„g„ri. 
2. Mazkur g„oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «... shaxsni 
tarbiyalash, unga muayyan yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga 
yo„naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini 
maxsus tekshirish va bilish usullari bo„lib, ular asosida muammoni ijobiy hal 
etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi»? 
a) pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining; 
v) ta‟lim nazariyasining; 
s) tarbiya nazariyasining
d) pedagogik fanlar tizimining; 
ye) pedagogika fani vazifalarining. 
Adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. O„zbekistonninng o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li. – 
Toshkent, O„zbekiston, 1992. 
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
3. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni Barkamol 
avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-
matbaa konserni, 1997. 
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent, Xalq merosi 
nashriyoti, 1993. 


5. Pedagogika g„A.q.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, 
O„qituvchi, 1993. 
6. Podlaso„y I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. – Moskva, Vlados, 1999. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin