O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Zamonaviy sharoitda pedagogik yo„nalishda tadqiqotlarni olib



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo„nalishda tadqiqotlarni olib 
borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 
1. Pedagogik kuzatish metodi. 
2. Suhbat metodi. 
3. Anketa metodi. 
4. Intervyu metodi. 
5. Ta‟lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 
6. Test metodi. 
7. Pedagogik tahlil metodi. 
8. Bolalar ijodini o„rganish metodi. 
9. Pedagogik tajriba metodi. 
10. Matematik-statistik metod. 


Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo„llash jarayonida ta‟lim 
muassasalarining o„quv-tarbiya ishlari jarayonini o„rganish asosida tadqiq 
etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo„lga 
kiritilgan ko„rsatkichlar o„rtasidagi farq to„g„risidagi ma‟lumotga ega bo„linadi. 
Pedagogik kuzatish murakkab va o„ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq 
maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani 
qo„lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta‟lim-tarbya 
sifatini oshirish, o„quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur 
metodning ahamiyati yanada oshadi. 
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo„l qo„ymaslik muhimdir. 
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1) 
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2) 
kuzatishni tizimli ravishda yo„lga qo„yish; 
3) 
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
4) 
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o„rganish; 
5) 
xulosa chiqarishga shoshilmaslik. 
1) Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega 
bo„lingan ma‟lumotlarni boyitish, mavjud holatga to„g„ri baho berish, 
muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni 
yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb 
etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli 
hamda ommaviy shaklda o„tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning 
imkoniyatlari to„la-to„kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali 
bo„lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvoiq: 
2) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi 
savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o„rtasidagi mantiqiylik va 
izchillikni ta‟minlash; 
3) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 
4) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma‟lum to„xtamga kelish; 
5) suhbatdosh to„g„risida avvaldan muayyan ma‟lumotlarga ega bo„lish; 


6) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo„lish; 
7) suhbatdoshning o„z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit 
yaratish; 
8) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish
9) olingan ma‟lumotlarni o„z vaqtida tahlil qilish. 
Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida 
pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to„plangan dalillar boyitiladi. Anketa 
metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil 
etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko„p hollarda, yozma ravishda 
olinadi. O„rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa 
savollari quyidagicha bo„ladi:
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun 
imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo„q», «qisman» yoki 
«ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash 
orqali savollarga javob beradilar). 
1) Anketa metodini qo„llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. 
Ular quyidagilardir: 
2) anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga 
xizmat qilishi lozim; 
3) anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo„lmasligi kerak; 
4) anketa savollari o„quvchilarning dunyoharshi, yosh va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; 
5) anketa savollari respondentlar tomonidan to„la javoblar berilishini 
ta‟minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 
6) anketa o„quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini 
tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur; 
7) anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. 
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki 
bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta‟minlaydi. 


Intervyu respondent e‟tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o„tkaziladi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan 
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi. 
Ta‟lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va 
dalillarni tekshirish maqsadida ta‟lim muassasalari faoliyati mazmunini 
yorituvchi ma‟lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod 
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni hamda «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» talablarining ta‟lim muassasalari amaliyotidagi 
bajarilish holatini o„rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda 
yo„l qo„yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg„or tajribalarni ommalashtirish va 
ta‟lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo„llaniladi. 
Ta‟lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan 
iborat: o„quv mashg„ulotlarining jadvali, o„quv dasturi, guruh (yoki sinf) 
jurnallari, o„quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash 
yig„ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash harorlari, ta‟lim 
muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o„quv-tarbiya 
ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta‟lim muassasasi jihozlari (o„quv 
Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin