O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


O„z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

O„z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va 
psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni 
rivojlantirish, o„qitish va tarbiyalash masalalarini o„rganadi. 
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni 
rivojlantirish, o„qitish va tarbiyalash masalalarini o„rganadi. 
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko„rish qobiliyati buzilgan bolalarni 
rivojlantirish, o„qitish va tarbiyalash masalalarini o„rganadi. 
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-
harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo„lgan bolalar (ko„r, soqov va kar 
bolalar)ni rivojlantirish, o„qitish va tarbiyalash masalalarini o„rganadi. 
4. Metodika – xususiy fanlarni o„qitishning o„ziga xos xususiyatlarini 
o„rganadi.


5. Pedagogika tarixi – pedagogik g„oyalarning shakllanishi, rivojlanishi, ta‟lim 
muassasalari tizimi, ularning faoliyati borasidagi tarixiy tajriba, tarixiy 
taraqqiyotning turli bosqichlarida pedagogik fikrlar rivoji masalalarini o„rganadi. 
6. Ta‟limni boshharish – ta‟lim muassasalarining faoliyatini yo„lga qo„yish, 
boshharish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o„rganadi.
7. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik 
g„oyalarning tutgan o„rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga 
yo„naltirish muammolarini o„rganadi. 
4. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan 
pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining 
g„oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta‟minlanadi. Ijtimoiy va ishlab 
chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish 
imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va 
shaxs ma‟naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada 
o„rganish, mavjud ko„rsatkichlar vositasida ularning sodir bo„lish sabablarini 
o„rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish 
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir 
qator obyektiv va subyektiv omillarga bog„liq. Mazkur jarayonda maqsadga 
muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo„lgan metodlarni tanlay olish 
ham muhimdir. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo„nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo„naltirilgan pedagogik 
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish 
usullari bo„lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi 
tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi. 
Ayni vaqtda O„zbekiston Respublikasida pedagogik yo„nalishda olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik 
hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv 
pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz 


rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan 
takomilashtirib borishini ta‟minlashi, harama-harshiliklarning shaxs kamolotini 
ta‟minlashdagi o„rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining 
ahamiyatini e‟tirof etadi. 
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni 
taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi 
xususiyatlarga ega bo„lgan jarayon bo„lib, uning samarali bo„lishi uchun bir qator 
shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 
2) ilmiy farazlarning to„g„ri shakllantirilganligi; 
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to„g„ri belgilanganligi; 
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; 
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh
psixologik 
va 
shaxsiy 
xususiyatlari, 
shuningdek, 
shaxs 
rivojlanishi 
qonuniyatlarining to„g„ri hisobga olinganligi; 
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini 
bashoratlash; 
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin