O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
 
 
2- mavzu: Boshlang‟ich ta‟lim didaktikasining mazmuni va maqsadi 
Reja:
1.Ta‟limning metodologik asoslari.
2.Zamonaviy didaktika konsepsiyasi.
3.Sharq mutafakkirlarining didaktika haqidagi fikrlari.
4.Ta'lim turlari va ularning tavsifi. Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. 
1.Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. 
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. 
Insonning faoliyatida o„qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega 
bo„lgan. Ta‟lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo„lganda ham va asosan 
tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo„lganda ham 
shunday bo„lgan; keyinchalik ham, ta‟lim maqsadga muvofiq muntazam va 
rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo„lganida ham shunday 
bo„lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta‟limni nazariy tahlil qilish va o„rganish 
ishlari olib borilmadi, shuning uchun o„z nazariyasiga ega bo„lmadi. Faqatgina 
XVII asr bu sohada muhim o„zgarishlar olib keldi: aynan o„sha paytda ta‟lim 
alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan 
tizimiga asos solindi. 
Didaktika so„zi yunoncha didaktikos “o„rgatuvchi”, didasko esa – 
“o„rganuvchi” ma‟nosini bildiradi. 
Bu so„z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 
yillar) tomonidan kiritildi.
Bu tushunchani shunga o„xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga 
oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta‟limgina emas, balki tarbiyalash 
ham”, deb ta‟kidlaydi. Mazkur asarda olim ta‟lim nazariyasining muhim 
masalalari: ta‟lim mazmuni, ta‟limning ko„rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi
tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so„z yuritadi. 
2. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.
Pedagogik fan o„qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida 
o„rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta‟lim 
nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko„rsatadilar. 
Hozirgi davrda didaktika o„qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy 
shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar 
bo„yicha ta‟lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta‟limning ma‟lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni 
o„rganish va ta‟lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi.


Didaktika – bu pedagogik fan bo„lib, u ta‟limning nazariy jihatlarini 
o„rganadi. Har bir o„qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo„yicha turli qarashlar ilgari surilgan. 
qarashlarning turlicha bo„lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq 
ajratilmaganligi bilan bog„liq.
Ko„pchilik olimlar ta‟lim obyekt deb o„qitish jarayonining maqsadi, 
mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko„rsatadilar.
Didaktika ta‟limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e‟tirof etadi. 
Ta‟lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta‟limiy 
faoliyatini tashkil etishda o„qituvchi - o„quvchi, o„quvchi – o„quv materiali, 
o„quvchi - boshqa o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. 
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy 
hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o„quvchining 
o„quv materialiga bo„lgan munosabati, ya‟ni, bilimlarni o„rganish munosabatini 
asosiy deb e‟tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko„p. 
Darhaqiqat, o„qish, o„rganishi ta‟lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. 
Ta‟limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning 
ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta‟limga pedagogik, ya‟ni, ijtimoiy 
tajribani berish, o„rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy 
sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o„quvchi va o„qituvchi) o„rtasidagi 
munosabatlar yetakchi o„rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.  
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir 
qarash ta‟lim-tarbiya jarayonini yaxlit o„rganish zarurligini ilgari suradi. 
Ta‟limning tarbiyaviy vazifalari o„quvchining bilimni o„zlashtirishlarini 
ta‟minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma‟lum ma‟naviy-
axloqiy sifatlarni o„zlashtirishi, fe‟l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-
sharoitni yaratishdan iborat. 
Didaktikaga ta‟limning mazmunli va protsessual jihatlarini birgalikda 
o„rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini 
nazarda tutgan holda didaktika ta‟limni faqatgina o„rganish obyekti sifatidagina 
emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. 
Umumiy didaktikaning predmeti dars o„tish (o„qituvchi faoliyati) va bilim 
olish (o„quvchining o„rganish faoliyati)ning o„zaro bog„liqligi va aloqadorligi 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin