O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Zamonaviy pedagogikada ta‟lim paradigma (modeli) lari. Pedagogik



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Zamonaviy pedagogikada ta‟lim paradigma (modeli) lari. Pedagogik 
paradigma (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika fani 
rivojining har bir bosqichida ta‟limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish 
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan 
e‟tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko„rsatmalar to„plami bo„lib, u 
ta‟limning konseptual modeli sifatida qo„llaniladi. Bugungi kunda ta‟limning 
quyidagi paradigmalari keng tarqalgan: 
1. 
An‟anaviy – konservativ (bilim paradigmasi) 
2. 
Ratsionalistik (bixevioristik)
3. 
Fenomenologik (gumanistik) paradigma. 
4. 
Texnokratik. 
5. 
Ezoterik. 
Ayni vaqtda ta‟lim paradigmalarini belgilashga nisbatan ikki xil yondashuv 
mavjud: 


1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining 
mazmuni sifatida tushuniladi. 
2. Faoliyatli yondashuvga asosan madaniyat moddiy va ma‟naviy 
boyliklarini yaratishga yo„naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin 
etiladi. 
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon 
bo„ladi. 
Madaniyatga nisbatan turlicha yondashuvlarning mavjudligi turlicha 
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. 
Har bir paradigma bir qator ta‟limiy muammolarni hal etishga 
yo„naltiriladi. Xususan: 
- ijtimoiy institut sifatida o„quv muassasalarining vazifalari; 
- ta‟limning samarali tizimi; 
- o„quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala; 
- ta‟limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari; 
- muayyan bilim, ko„nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi. 
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud: 
1. Bilim olishning an‟anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va 
boshqalar) 
Unga ko„ra ta‟limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo„lmasin 
bilim olish”. An‟anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual 
rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy 
meroslarning muhim elementlari – bilim, ko„nikma va malakalar, ilg„or g„oyalar 
va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini 
yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta‟lim olish, taraqqiyot va 
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. 
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va 
boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta‟lim mazmuni emas, 
balki o„quvchilar tomonidan turli bilimlarni o„zlashtirilishini ta‟minlovchi 
samarali usullari yotadi. Ta‟limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning 
ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulqi) konsepsiyasi tashkil 
qiladi. 
Maktabning maqsadi – o„quvchilarda g„arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, 
talablari va ko„zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy 
repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan 
“insonga xos hamma ta‟sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va harakatlari” 
ifodalanadi (R.Tayler). 
Bunda ta‟limning asosiy metodlari, o„rgatish, trening, test sinovlari, 
individual ta‟lim, tuzatishlari bo„lib qoladi. Buning oqibatida, ta‟limninggina 
emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi 
muhokama qilinmaydi. 
P.Blum barcha o„quvchilar faqat o„zlashtiribgina qolmay, balki 
muvaffaqiyatli o„qishlari mumkin deb hisoblaydi. O„quvchining optimal 
qobiliyatlari ma‟lum sharoitlarda, o„quvchiga ta‟lim berish natijasi uning sur‟ati 


bilan aniqlanadi. Olimning firicha, o„quvchilarning 95 % i ta‟lim muddatlariga 
bo„lgan cheklashlar olib tashlanganda o„quv kursining butun muzmunini 
o„zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o„quvchilar tomonidan 
bilimlarning muvaffaqiyatli o„zlashtirishini ta‟minlovchi metodika ishlab 
chiqiladi, uning mohiyati quyidagichadir:
1. 
Butun sinf yoki kurs uchun to„la o„zlashtirish etaloni, mezonnini aniq 
belgilab olish asosida o„qituvchi ta‟lim yakunida erishilishi kerak bo„lgan aniq 
natijalarning ro„yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi. 
2. 
O„quv birliklari, ya‟ni, o„quv materiallarining yaxlit bo„limlari 
ko„rsatiladi, ularni o„zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta‟sir 
ko„rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, 
korreksiyalashdan iborat. 
3. 
To„la o„zlashtirishga yo„naltirilgan har bir o„quv kurs materiallarini 
o„zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o„tkazish. Bu o„rinda har 
bir o„quvchiga baho va ta‟lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim. 
Predmetlarni bo„sh va o„rtacha o„zlashtiruvchi o„quvchilarning 
qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini 
tashkil etadi. 
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AqSH va boshqalar) ta‟lim
tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma g„oyalariga muvofiq ish 
ko„rilganda 70 % o„quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko„rsatadi. 
Yuqorida qayd etilgan ta‟lim yo„nalishlari o„zida insonparvarlik 
g„oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning 
rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o„rin tutishini nazarda 
tutmaydi. 
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmada (A.Maslou, A.Kombs, 
K.Rodjers, L.S.Vo„godskiy va boshqalar) o„quvchini erkin shaxs, ijtimoiy 
munosabatlar subyekti sifatida e‟tirof etib, uning o„ziga xos rivojlanish talablariga 
egaligini ta‟kidlaydi. . Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo 
munosabatlar jarayoniga yo„naltiradi. Ta‟limning fenomenologik (fenomen – 
yunoncha phainomenon – hisoblangan, ya‟ni, mashhur, alohida nodir odam) 
modeli o„quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, 
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo„lishni ko„zda tutadi. 
Uning vakillari o„quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma 
doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta‟lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o„quvchi 
hamda o„qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. 
Gumanistik paradigma g„oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz 
ta‟lim 
tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida 
o„quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin 
fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni 
vaqtda respublika ta‟lim muassasalarida qo„yidagi g„oyalarga amal qilinmoqda:
“Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib 
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o„rganmasa, berilgan ta‟lim samarasi 
past bo„lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”1. 


Ezoterik paradigma (yunoncha esoterikos – ichki, sirli, yashirin, faqatgina 
biluvchilar uchun mo„ljallangan insonning dunyo bilan o„zaro aloqalari yuksak 
darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqatga abadiy va o„zgarmas, 
doimiy sifatida munosabatda bo„lishdan iboratdir. Paradigma tarafdorlari 
haqiqatni bilib bo„lmaydi deb ta‟kidlaydilar. Unga faqatgina fahmlash asosida 
erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, 
o„quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan 
birga, o„qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o„quvchining mavjud 
imkoniyatlarini uni ma‟naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga 
yo„naltiradi. 
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni 
takomillashtirish asosida o„quvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning 
o„zlashtirishlarini ta‟minlash. “Bilim - kuchdir”, shuning uchun insonning 
qimmati uning o„rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Odam o„z-
o„zidan qimmatli emas, u faqatgina ma‟lum (o„rtacha, standartlashtirilgan) bilim 
yoki xulq egasi sifatida qimmatga ega g„oyalari mazkur paradigmaning asosini 
tashkil etadi. 
So„nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta‟limni 
ijtimoiy institutlar, ya‟ni, maktab va oliy o„quv yurtlardan tashqarida tashkil etish 
g„oyasini ilgari suradi. Bu ta‟lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” – 
kompyuterlar vositasida ta‟lim dasturlariga (masofadan o„qitish) muvofiq o„qitish 
samarali deya hisoblaydi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin