O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Tayanch tushunchalar lug„ati: 
Didaktika – (yunoncha didaktikos “o„rgatuvchi”, didasko esa – “o„rganuvchi”) - 
pedagogik fan bo„lib, u ta‟limning nazariy jihatlari (ta‟lim jarayonining mohiyati, 
tamoyillari, qonuniyatlari, o„qituvchi va o„quvchi faoliyatlari, ta‟lim maqsadi, 
shakl, metod va vositalari, natijasi va hokazolar)ni o„rganadi. 
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui bo„lib, ular o„quvchining 
ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma‟lum obrazlar ko„rinishida aks etadi. 
Bilim olish idrok etish, o„rganish, mashq qilish va egallangan tajriba asosida 
xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud bilimarining 
o„zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni. 
Ta‟lim - qo„yilgan maqsadga erishishga yo„naltirilgan o„qituvchi va 
o„quvchining maqsadli o„zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki 
tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan 
shakli. 
Ta‟lim maqsadi (o„qish, bilim olish maqsadi) – ta‟limning nimaga intilayotgani, 
uning urinishlari yo„naltirilgan. 
Mazmun (ta‟lim, bilim olishning mazmuni) – ta‟lim jarayonida o„quvchi egallab 
olishi zarur bo„lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko„nikma va malakalar, faoliyat hamda 
fikrlash usullarining tizimi. 


Ta‟lim natijasi (ta‟lim mahsuli) –ta‟lim nimaga erishishini qayd etuvchi 
tushuncha, o„quv jarayonining oqibati, belgilangan maqsadni amalga oshirish 
darajasi. 
Pedagogik paradigma – (yunoncha paradeigma - misol, namuna) – pedagogika 
fani rivojining har bir bosqichida ta‟limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish 
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan 
e‟tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko„rsatmalar to„plami bo„lib, u 
ta‟limning konseptual modeli sifatida qo„llaniladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin