O‘zbek tilshunosligida umumiy va xususiy grammatik ma'no tavsifi mundarija



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə1/12
tarix22.05.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#119489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbek tilshunosligida umumiy va xususiy grammatik ma\'no tavsifi


O‘zbek tilshunosligida umumiy va xususiy grammatik ma'no tavsifi


MUNDARIJA:


Kirish 3


  1. O`zbek tilshunosligida grammatik shakllarining o`rganilish tarixi 5

  2. O`zbek tilshunosligida grammatik shakllarning milliy talqini va unda lug’aviy-sintaktik shakllarning o`rni 16

  3. Lug’aviy-sintaktik shakllar va so`z birikmalarini ajratish muammolari 24

  4. Ravishdosh shaklining lug‘aviy-sintaktik shakllik tabiati 26

  5. Sifatdosh shaklining lug‘aviy-sintaktik shakllik tabiati 27

Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 31


Kırısh


Mavzuning dolzarbligi: Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan bo`lmish tilshunoslik necha o`n asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo`lida tinimsiz izlanadi. Shu bois keyingi yillarda lug’aviy-sintaktik shakllarnining sintaktik imkoniyatlari o`zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog`i kundan-kunga oshib bormoqda.
O`zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2016-yil 13-mаydаgi
PF-4797-sоn «Аlisher Nаvоiy nоmidаgi Tоshkent dаvlаt o`zbek tili vа аdаbiyoti universitetini tаshkil etish to`g`risidа», 2017-yil 7-fevrаldаgi PF-4947-sоn «O`zbekistоn Respublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo`yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to`g`risidа»gi Fаrmоnlаri, O`zbekistоn Respublikаsining 1995-yil 21-dekаbrdа yangi tаhrirdа qаbul qilingаn «Dаvlаt tili hаqidа»gi Qоnuni hаmdа mаzkur fаоliyatgа tegishli bоshqа me’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа belgilаngаn vаzifаlаrni аmаlgа оshirishdа ushbu lоyihа ishi muаyyan dаrаjаdа хizmаt qilаdi.Ya’ni, grammatik shakllarni asosiy xususiyatiga ko`ra uchga ajratilib o`rganish tavsiya etildi: a) lug’aviy shakl hosil qiluvchi; b)sintaktik shakl hosil qiluvchi; d)lug’aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi. Shulardan lug’aviy shakl hosil qiluvchi va sintaktik shakl hosil qiluvchilar tadqiqotchilar tomonidan o`z ilmiy isbotini topgan. Ammo lug’aviy-sintaktik shakllar va “Oraliq uchinchi” maqomiga ega o`zgalovchi kategoriyasining sintaktik imkoniyatlari hamon munozarali mavzu sifatida qolmoqda. Uzluksiz ta’limda grammatik shakllar va so`z birikmalarini o`qitishda ayrim muammolar ko`zga tashlanmoqda. Shuningdek, so`z birikmalarining grammatik tuzilishiga ko`ra tasnifida ham chalkashliklar mavjud. Shunday ekan, mazkur masalani tadqiq etish zarurati va mavjud imkoniyat malakaviy-bitiruv ishining shakllanishi uchun yetarlicha asos bo`la oladi.
Ma’lumki, o`zbek tili qurilishiga doir tadqiqot, darslik va o`quv qo`llanmalarida tilning sistemaviy xarakteri haqida ko`plab fikr-mulohazalar bildirilgan, sintaktik sathning asosiy birliklaridan biri sifatida so`zlarning erkin bog’lanish omillari va ularni hosil qilishda bevosita ishtirok etuvchi lug’aviy- sintaktik shakllar turli ilmiy qarashlar va yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Fanimizda “Oraliq uchinchi” qonuniyati tadqiqi bilan bog`liq ma’lumotlar qimmatli manba sifatida qaraladi. O`zbek tilshunosligida G`.Abdurahmonov, M.Asqarova, Sh.Rahmatullayev, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va S.Nazarova kabi tilshunos olimlar yaratgan darslik, o`quv qo`llanma va ilmiy asarlarda lug’aviy-sintaktik shakllar hamda so`z birikmalarini ajratish tahlili natijasida to`plangan ilk ilmiy dalillar yaratilgan. Lug’aviy-sintaktik shakllar borasidagi ilmiy izlanishlar morfologik sath doirasida taqdim etilgan bo`lsa-da, lekin uning sintaktik imkoniyatlari tadqiq qilinmagan va bu o`z ilmiy isbotini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.

Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin