KIRISH Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tadbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir. Buning natijasida yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarsi keng qaror topib, sportning ommoviyligi ta’minlanmoqda.O’zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g’alabalarni qo’lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Hоzirgi kundа аmаldа o’z ijrоsini nаmоyon etаyotgаn O’zbеkistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasi, qаtоr Qоnunlаr, jumlаdаn, “Tа’lim to’g’risidа”gi vа “Jismоniy tаrbiya vа spоrt to’g’risidа”gi qоnunlаr, Prеzidеnt fаrmоnlаri hаmdа hukumаt qаrоrlаri mаmlаkаtimizdа jismоniy tаrbiya vа spоrt sоhаsini bоzоr munоsаbаtlаrigа mоslаshtirish vа uni rivоjlаntirish sur’аtini jаdаllаshtirishgа qаrаtilgаn mоddiy-huquqiy imkоniyatlаrini yarаtib bеrmоqdа.
Butun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining turli qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u hozirdanoq yaxshi natijalar berayotgani xorijiy mamlakatlar tomonidan ham tan olinib, e’tirof etilayotgani quvonarli holdir. Sport turlarini rivojlantirish uchun ko’plab qonunlar va qarorlar ishlab chiqarildi. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqilishi buning yaqqol dalilidir. Mazkur qaror va farmonlar jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan
So’nggi yillarda mamlaktimizda aholi salomatligini ta’minlash, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish yo’lida yurtimizda o’z o’rnini egallagan basketbol o’yinini rivojlantirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida bu o’yinga jalb etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda basketblni aholi o’rtasida eng ommaviy o’yinga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo’lgan yosh basketbolchilarni saralab olish va ularni professional sportchi sifatida tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish, mamlakat sportini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatlasha olish darajasiga yetkazish, terma jamoalar uchun o’quv-mashq jarayonlarini munosib tashkil etish, mamlakatimizda o’smirlar, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida yirik musobaqalarni o’tkazish, umumiy o’rta ta’lim maktablari,
kasb-hunar maktablari hamda litseylar, oliy o’quv yurtlarida hamda Bolalar va o’smirlar sport maktablarida basketbolbol to’garaklarini tashkil qilish va zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inventarlarining mavjudligi hamda ularning holati, sportchilar muntazam ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston basketbolbol assotsiatsiyasi tomonidan eng kerakli chora-tadbirar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qo‘llanmaga sportning basketbol turi bo‘yicha o‘quvchilardan iborat guruhda to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari, ularni o‘tkazish bo‘yicha dastur va taqvim mavzu rejalari, shuningdek, basketbol sport turi tarixi, uni o‘ynash tartibi, to‘garak a’zolari erishayotgan yutuqlarni baholash me’zonlari, ayrim mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmalari kiritilgan. Bu qo‘llanma jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining o‘quvchilarga basketbol o‘yinining texnika va taktikasini, to‘pni olib yurish, uzatish va savatga tashlashni o‘rgatish hamda o‘yin qoidalarini tushuntirishida amaliy yordam beradi.