2. Maktabda jismoniy tarbiya darsiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 49,62 Kb.
səhifə2/7
tarix24.10.2023
ölçüsü49,62 Kb.
#160306
1   2   3   4   5   6   7
Bo’lajak jismoniy tarbiya o’quvchilarini kasbiy faoliyatiga tayorlash











1. Bo’lajak o’qituvchi kasbiy madaniyatini shakllantirish
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog`liq masalalarning eng muhimi uni qanday tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqidagi gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak buladi. Avvalgi dars haqida fikr bildira etib, uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab «dars sxemasi» atamasi qo`llanila boshlandi. Keyinchalik darsga quyilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning meyori (dozasi)ga qarab «dars rejasi» degan atamalar qo`llaniladi.
«Dars strukturasi» degan atama birichi marotaba V.V.Belinovich tomonidan (1939) qo`llanildi va urinli ravishda darsni tuzilishi deb to`g`ri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani mazmuniga arab belgilanishini uqtiradi.
N.N.efremov (1959) birinchi marotaba «darsning tuzilishi» degan tushunchaga ta`rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashg`ulotni tarkibiy (kirish, tayerlov, asosiy va yakunlov) qismlarini uzaro joylashishi va munosabatini nazarda tutdi xolos.
K.A.Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi - bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma - ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi deb ta`rif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy - uslubiy adabietlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin, hozirgi kunda bu bahslarga chek quyilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan. Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foydalaniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o`qituvchini darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni to`g`ri joylashtirish va darsdagi yuklamani me`erini aniq belgilashga erdam beradi.
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil urganishni yulga qo`yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal ilishda
qo`llaniladigan ta`limning uslubiyatiga aniqliqkiritadi va uni qo`llash uchun darsning qismlari eki ularning ayrim bulaklaridan qanday foydalanish lozimligini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko`pincha shug`ullanuvchilar organizmidagi ma`lum darajadagi zuriqishni vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor bulishi kerak.
Buyuk rus olimi I.P.Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayer bulishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma`lum fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu kursatma o`qituvchi
zimmasiga shug`ullanuv-chilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni hal qilish darsning boshida emas ma`lum tayergarlikdanso`ng, mashg`ulotlarni,
darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, shu mashg`ulotdagi asosiy vazifalarga shug`ullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur qayfiyatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarishga, mashqni urganishga bulgan ishtieqi shakllanishini mashg`ulotlar davomida talab darajasiga ko`tarish lozimligiga to`xtaldi.
O`quvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish ko`pincha shug`ullanuvchi zur beraetgan ya`ni uni faolligini oshgan davriga to`g`ri kelishligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zuriqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdan o`ta olmaydi. Shunga kura darsni tuzishda xotirjam holatga o`tish va mashg`ulotlarni uyushtiriligna ravishda tugallash maqsadga muvofiq buladi.
Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayerlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi.
Jismoniy tarbiya darsining tayerlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi.
Boshlang`ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin, iqlim sharoiti sovuq, issiq va h.q. larga qarab sarflanaetgan vaqt biroz ko`paytirilishi mumkin.
Tayerlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o`quvchi eki shug`ullanuvchi organizmini funktsional holatini tayerlaydi. Organizmning funktsional holatini darsning asosiy qismiga tayerligi o`quvchini
harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonada engil terlash yuzida qizillikni paydo bulishi o`quvchining harakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatini ko`tarinkilligi kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda echiladigan pedagogik vazifalarga kura «tashkiliy daqiqa» deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o`quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5 sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni uz ichiga oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so`ng lozim bulsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi eki mavzusini e`lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlashtirish, tana bo`g`inlari, muskullari uchun harakatda, o`quvchilarni to`xtatib, turli hil mashqlar bajartiriladi.
Darsning tayerlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bulgan harakat faoliyati uchun «tayerlov» va «yullanma beruvchi» mashqlar bilan tugallanadi.
2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o`qituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi eki uning reja konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, eki avvalgi sinflarda uzlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat aoliyatlari tanishtiriladi, uzlashtiriladi, mustahkakmlanib, takomillashti-riladi. Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun uning yagona «standart sxema» mavjud emas. Darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni uz ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta`lim standarti dasturining bulimlari (gimnastika, engil atletika, suzish, kurash, sport o`yinlari, harakatli o`yinlar)ni o`quv materialini o`qitish uzining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo`yadi. Darsning asosiy qismining talablarni ha qilish o`quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib bajarish, kreystring usuliyatlari orqali maktab eshidagi o`quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi,
tayerlanganligi va organizmning anatomo-fiziologik xususiyatlarini e`tiborga olishni taqazo etadi. Darsning bu qismida o`qituvchilarning erdamchilari fizkul`tura faollarining ahamiyatini e`tirof etmay ilojimiz yuq. Ular o`qituvchi tomonidan haftaning boshlanishida instruktiv mashg`ulotlar uchun to`planadilar va ularga darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yuriqchi vazifasini bajarish usuliyati o`qituvchi tomonidan urgatiladi.
3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli hil harakatli o`yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi.
Darsning asosiy qismida ko`tiralgan emotsional holatni pasaytiruvchi va saf mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (o`quvchilar rag`batlantiriladi, lozim bulganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigi jori baho quyiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o`tkazgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlang`ich sinflarda o`tkazilgan mashg`ulotlardan so`ng o`quvchilarini, o`qituvchining uzi
kiyinish xonasiga kuzatib qo`yadi. Turli hil yoshdagi o`quvchilar bilan o`tkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayerlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan faqrlanishini kursatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslari-ning bir hil eshdagilar chegarasida o`tkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bog`liq. uchinchidan, darsning tayerlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini uzgarishi o`quvchilarni yoshiga bog`liq. Boshlang`ich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir hilda ya`ni tayerlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyliginidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayerlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligida sinlarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayerlash uchun ko`p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayerlov mashqlarini tushuntirish va ko'rsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin
olib borilishi darsni qismlarida o`qituvchi tomonidan ko`p vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik eshdagilarda yakunlov qismini asosiy qism hisobidan uzunroq bulishining, sababi navbatdagi darsga o`tishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. %rta va yuqori sinfga o`tgan sari darsning tayerlov va yakunlov qismlari uchun sarlangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki o`quvchilarda turli hildagi saf va tayerlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori buladi. Tushuntirish va kursatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida o`quvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy
mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga kura tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli hil eshdagi o`quvchilar bilan o`tkazilishi turlicha va o'zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya darsidagi xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati. Jismoniy tarbiya jaraenidagi mashg`ulotlar jumladan, maktab darslarida o`quvchilar tomonidan xatolar sodir bulishi kuzatiladi, guruhlanadi. Bunday xatolar asosiy va asosiy bulmagan xatolar deb xatolar deganda urganilaetgan harakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida qo`yilgan xatolar, asosiy bulmagan xatolar esa xarakat akti texnikasining zvenolari yoki detallarida sodir bulgan xatolar tushuniladi. Ularni sodir bulishining sabablari turlicha: mashq texnikasini tushuntirishdagi e`tiborsizlik, mashq texnikasining asosi haqida to`la tasavvurga ega bulmaslik, mashqni eki uni texnikasini tasav-vuriga ega bula turib uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini va harakat koordinatsiyasi zaxirasini kamligi, o`qituvchi tanlangan o`qitish uslubiyatini ta`lim jaraeni uchun mos emasligi va h.k. Ta`lim jaraynida sodir bulgan xatolarni aniqlash va ularni to`g`rilash muhim kasb etadi. Shunga kura eng avvalo harakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar so`ng, asosiy bulmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketma-ketlikda to`g`rilanadi.



Yüklə 49,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin