2. Maktabda jismoniy tarbiya darsiga qo’yiladigan talablar


Dars jarayonida o’qituvchilarni kasbiy faoliyati



Yüklə 49,62 Kb.
səhifə4/7
tarix24.10.2023
ölçüsü49,62 Kb.
#160306
1   2   3   4   5   6   7
Bo’lajak jismoniy tarbiya o’quvchilarini kasbiy faoliyatiga tayorlash

3.Dars jarayonida o’qituvchilarni kasbiy faoliyati


Dars - o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 
1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik.
2.Darsning borishini kuzatish.
3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash.
4.Dars tahlili va takliflar berish.
O’rgatish usullarining qo’llanishi
1.O’qituvchining so’zlashuv usulini egallaganligi, mahorati va undan samarali foydalanishi, darsda so’zlashuv usulining qanday shakllari qo’llanildi, ularning dars vazifalariga va o’quvchilar kontingentiga muvofiqligi, berilayotgan malumotning
mazmunliligi (misollar bilan).
2.So’zlashuv usulining ta’sirini kuchaytiruvchi metodik uslublaming qo’llanishi (qiyoslash, takrorlash, ohang va h.k. misollar bilan).
3.Pedagogning umumiy nutq madaniyati (nutqning ravonligi, boyligi, aniqligi, ta'sirchanligi va h.k.).
11
4.Ko’rsatmalilik usulini to’g’ri qo’llay bilishi (o’quvchilar kontingentiga, darsning mazmuni va aniq vazifalariga mos keladigan ko’rsatmalilik qoidalaridan foydalanish).
5.Ko’rsatmalilik usulining ta’sirini kuchaytiruvchi metodik uslublarning qo’llanishi (tez, sekin va h.k.). Misollar.
6.O’qituvchining so’zlashuv, ko’rsatmalilik usullarini va har xil harakatlarni o’zaro bog’liqlikda qo’llay bilishi va bir vaqtning o’zida amalga oshira olishi, jamoa muhokamasi bilan birgalikda olib borishi va dars oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etishga ta'siri.
7.Darsda jismoniy mashqlarni amaliy o’zlashtirish usullarini yaxlitligicha, qismlarga (bo’laklarga) bo’lib o’rgatish usullarini qo’llashning samaradorligi (o’quvchilarning tayyorgarligini, hal etiladigan vazifalarning, jismoniy mashqlarning xususiyatlarini
hisobga olgan holda har bir usulni qo’llashning o’ziga xos ketma- ketligiga rioya qilish misollar bilan tasdiqlanadi).
8. Darsda jismoniy mashqlar texnikasidagi xatolarning oldini olish va tuzatish usullarini qo’llash sifati (usullarning ko’pligi: yondashtiruvchi mashqlar usuli, asosiy mashq texnikasini o’zgartirish usuli va h.k.).
9. Xatolarning oldini olish va tuzatish usulini qo’llash, bunda xatolar sababini, ularning xususiyatlarini aniqlash, yo’qotishni hisobga olish.
10. Mashqlar texnikasini o’rgatishda qo’llanilgan metodik usullar (misollar bilan).
11. Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan muomalasi, talabchanligi, qat’iyatligi, irodasi, o’zini tuta bilishi, odobi, xushfe’lligi va o’quvchilarning savollariga hozirjavobligi, ularning yutuqlarini ko’rsata olishi, to’g’ri baholay bilishi va h.k.
Dars jarayonini olib borishda o’qituvchi quyidagilarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir:

  • ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;

  • o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;

  • ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;

  • o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;

12

  • o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; 

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

  • o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;

  • dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish;

  • darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi.

Yüklə 49,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin