Mavzu: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish. Kirish



Yüklə 125,65 Kb.
səhifə1/11
tarix25.12.2023
ölçüsü125,65 Kb.
#194927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
og\'zaki nutqini shakillantirishda




MAVZU: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish.



  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

  1. Ona tili darslarida nutq o‘stirish tamoyillari haqida

  2. Yozma ishlarni tashkil etish mazmuni.

  3. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish.

  4. Mavzu bo‘yicha metodlar.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH.


Mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda ona tili ta’limi oldiga o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yilgan. Mazkur maqsadni amalga oshirish, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini DTS darajasida shakllantirishda Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining alohida o‘rni bor.
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fani bo‘lajak o‘qituvchilarga yozma nutqni rivojlantirishning asosiy vositalaridan bo‘lgan yozma ishlarning mazmuni va xususiyatlari, turlari, ularni tashkil etish metodlari, yozma ishlarning o‘zbek tili ta’limidagi o‘rni, DTSda yozma ishlarga qo‘yiladigan umumiy talablar haqida atroflicha bilim berish, ularda fanga oid ko‘nikma va malalakalarni shakllantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
yozma ish turlari, yozma ishlarni tashkil etishning mazmuni, tamoyillari, metodlari, shakli hamda vositalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
– yozma ishlarni tashkil etish metodlarini to‘g‘ri tanlash, yozma ishlar tahlili va uni o‘tkazishdagi muammolar yechimlarini topa olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– o‘quvchilar yozma nutqida uchrashi mumkin bo‘lgan xatolarni prognoz qila va ularning oldini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Har tomonlama bilimli, malakali, muayyan tajribaga ega bo‘lgan, nutq madaniyati talablarini to‘liq o‘zlashtirgan, an’anaviy milliy pedagogika hamda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasidan, eng so‘nggi zamonaviy yutuqlaridan boxabar, og‘zaki va yozma nutqi ravon mutaxassis-kadrlarni tayyorlashda mazkur o‘quv fani dolzarb ahamiyat kasb etib, uning oliy kasbiy ta‘limdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro‘yxati, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari, test savollari), amaliy mashg‘ulot materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari, adabiyotlar ro‘yxati), ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi dasturdan tashkil topgan.

Yüklə 125,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin