O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o„tish, yangilanish, yangining paydo bo„lishi, eskining yo„qolib 
borishi, miqdor o„zgarishining sifat o„zgarishiga o„tishini ta‟minlovchi murakkab 
harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni 
o„rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta‟limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‟sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo„lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‟sir etadi. 
Inson butun umri davomida o„zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo„lsa, u jamiyat a‟zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o„ziga munosib o„rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta‟siri ostida 
boradi. 
Shaxsning fazilatlarini to„g„ri ko„rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to„g„ri hal etish uchun uning 
xulqiga ta‟sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta‟sir etishi uchun o„sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, 
rivojlanish va tarbiya o„rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 


Shaxs tarbiyasiga ta‟sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs 
sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta‟siri o„rtasidagi 
munosabatni belgilashga oid munozara ko„pdan buyon davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar 
yoki tarbiya ta‟sir etadimi? Bu uch omilning o„zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo„nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi 
o„rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik 
omillarni yuqori qo„yadi. Ular tug„ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning 
hayotdagi o„rnini belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 
tarbiyaning rolini inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan bo„lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga 
o„tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‟limot vakili amerikalik 
olim E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs 
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat 
miqdoriy o„zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, 
uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog„laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil 
omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik 
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog„liq deb ko„rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‟sir 
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o„zi yashaydigan ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, 
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo„lib 
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 
ega. Bu omillarning ta‟sirini aniqlashda ilg„or pedagogik olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta‟limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog„liq bo„lgan ijtimoiy hayotdagi 
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‟naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog„liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o„z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‟lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat 
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishi yoki yo„q 
qilishi mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo„lagi deb baholaydilar. Bu insondagi 
layoqat kurtaklari bo„lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g„oyani 
ifodalaydi. 


Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Demak, shaxs bilan jamiyat o„rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, 
inson o„rtasidagi murakkab aloqa ta‟siri ostida ro„y beradi, inson ularga faol ta‟sir 
etadi va shu yo„l bilan hayoti va o„z tabiatini o„zgartiradi. 
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‟siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali 
amalga oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta‟sirida muhit bera olmagan bilim, ma‟lumot 
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog„liq ko„nikma va malakalar hosil 
bo„ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug„ma kamchiliklar ham o„zgartirilib, shaxs 
kamolga yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‟sirini ham yo„qotish 
mumkin. 
To„rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta‟sir etadi, bu tarbiya doimiy 
va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o„ringa 
ega bo„lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‟sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin