O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Katta maktab yoshi – kollej, litsey o„quvchilari (o„spirinlik davri 15-18 
yosh). Bu davr o„spirinlarning ilk balog„atga yetgan davridir. Mazkur davrda 
jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O„spirin yoshlar 
hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini 
orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg„ularida ham o„zgarish yuz beradi. 
O„z-o„zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish 
kuchayadi. Bu davrda ular o„rtasida munozaralar o„tkazish yaxshi natija beradi. 
O„spirinlar o„z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o„spirinning barcha 
intilishlari ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi zarur. Ularda o„quv fanlarini 
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. 
O„spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o„z 
fikrlarini mustahil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o„qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g„o„r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to„g„ri yo„naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o„z-o„zini 
anglash, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o„zini tutishi, odamlar 
bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo„ladi. O„zini kattalardek his etish, 
o„ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o„ziga qaratishga harakat 
qiladi. Axloqiy muammolarni o„z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. 
Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o„z qiziqishlari bilan o„lchaydilar. 
Shu bois ularga katta yoshlilarning beg„araz, to„g„ri yo„nalish berishlari o„ta 
muhim. 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning 
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada ta‟lim muassasasida faoliyat ko„rsatayotgan yoshlar 
ijtimoiy harakati ta‟siri katta ahamiyatga ega. Chunki o„spirin-yoshlar mustahil 


hayot ostonasida bo„lib, ularning bu hayotga to„g„ri qadam qo„yishi uning 
jamiyatning faol fuqarosi bo„lishining muhim shartidir. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin