O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-mavzu: Pedagogik texnologiyalarning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

4-mavzu: Pedagogik texnologiyalarning predmeti, maqsadi va vazifalari 
1.Pedagogik texnologiyalar kadrlar tayyorlash milliy modelini metodik va 
didaktik ta'minlash omili sifatida.
2.Pedagogik texnologiyalarning predmeti, maqsadi hamda vazifalari.
3.Sharq mutafakkirlari va ma'rifatparvar pedagoglari asarlarida o'ziga xos 
pedagogik texnologiyalar elementlarining mayjudligi.
4.Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi. 


5. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta'riflari, ko'rinishlari, 
darajalari, asosiy yo'nalishlari, manbalari, ta'siri, ayrim asoslari va mezonlari.
6.Pedagogik texnologiyalar bilan ta'lim metodlari orasidagi ayrim farqlar.
7.Pedagogik texnologiyalami qo'llash metodlari va vositalari. 
O„zbеkistоn Rеspublikаsi ijtimоiy tаrаqqiyotning dеmоkrаtik- huquiy, 
fuqаrоlik jаmiyati qurish yo‟lidаn dаdil bоrmоqdа. Iqtisоdiy, mаdаniy-
mа`rifiy, xаlq tа`limi sоhаlаridа islоxоtlаr vа yangilаnish jаrаyonlаri
bоsqichmа-bоsqich, izchillik bilаn аmаlgа оshirilmоqdа.
Mustаqillik tufаyli pеdаgоgikа fаnining tаrаqqiyotidа hаm оlаmshumul
o‟zgаrishlаr yuz bеrdi. Mаmlаkаtimizning mа`nаviy sаlоhiyatini оshirish, 
tа`lim tizimini tubdаn islоx qilish, Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi, Tа`lim
to‟g‟risidаgi Qоnunni tаyyorlаsh vа аmаlgа оshirish pеdаgоgikа fаnining 
zimmаsigа tushdi.
Mustаqil O‟zbеkistоn tаrаqqiyotidа hаl qiluvchi muаmmоlаr: 
xаlqimizning ming-ming yillik milliy qаdriyatlаrini, pеdаgоgik mеrоsini
o‟rgаnish vа tа`lim-tаrbiya jаrаyonini milliylаshtirish; jаmiyat tаrаqqiyotidа 
mа`nаviyatning ustivоrligini tа`minlаsh vа mа`nаviy tаrbiya nаzаriyasini,
аmаliyotini tаkоmillаshtirish; yoshlаr оngigа milliy mаfkurа, milliy g‟оyani
singdirish, vаtаnpаrvаrlik tаrbiyasini yangi mаzmun vа mеtоdikаsini ishlаb
chiqish; jаxоn аndоzаlаrigа mоs tа`lim tizimini yarаtish, ilg‟оr pеdаgоgik 
tаjribаlаrni оmmаlаshtirish: pеdаgоgik kаdrlаrni hоzirgi dаvr tаlаbi аsоsidа
tа`lim-tаrbiya ishigа tаyyorlаsh, pеdаgоgik tеxnоlоgiya bilаn qurоllаntirish 
kаbilаr pеdаgоgikа fаnining dоlzаrb vаzifаsi bo‟lib qоldi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‟p marotaba ilg‟or pedagogik 
texnologiyalarni o‟rganib, ularni o‟quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi 
ko'p marta takrorlanadi. 
Keyingi 10 yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag‟ishlangan adabiyotlarda 
“Pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg‟or pedagogik 
texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko‟p uchrab 
turgani bilan, ularning o‟zbek tilidagi maromiga etgan ta‟rifi hali tuzilmagan. 
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilar ilmiy asoslangan hamda 
O‟zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta‟lim texnologiyalarini 
yaratish va ularni ta‟lim-tarbiya amaliyotida qo‟llashga intilmoqdalar. 
Birinchidan: ma‟lum sabablarga ko‟ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda 
qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‟rin olishi uchun, 
aholi ta‟limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‟or 
pedagogik tadbirlaridan foydalanish zarurligi:
Ikkinchidan: an‟anaviy o‟qitish tizimi yozma va og‟zaki so‟zlarga tayanib ish 
ko‟rishi tufayli “Axborotli o‟qitish” sifatida tavsiflanib, o‟qituvchi faoliyati birgina 
o‟quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga 
aylanib qolganligi: 


Uchinchidan: Fan-texnika taraqqiyotininig o‟rta rivojlanganligi natijasida 
axborotlarning keskin ko‟payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun 
vaqtning chegaralanganligi: 
To‟rtinchidan: kishilik jamiyati o‟z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida 
nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega 
bo‟lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‟tib borayotganligi: 
Beshinchidan: yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‟or 
bilim berish usuli hisoblangan ob‟ektiv borliqqa yondoshuv tamoyilidan foydalanishni 
talab qilishidadir. 
Pedagogik texnologiya fani yuqorida sanab o‟tilgan 5 ta sababiy shartlarning 
barcha talablariga javob beradigan ta‟limiy mеhаnizmidir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ta'lim jarayonining etarli 
samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qitishning ko'zlangan 
natijalariga erishish kafolatidan iboratdir. 
Pedagogik texnologiyaning vazifasi: 
Pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish 
hamda pedagogik texnologiyalarni loyihalash bo'yicha bilimlar va ko'nikmalarni 
shakllantirish.
Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish psixologiya, pedagogika, kasbiy 
ta'lim uslubiyoti va pedagogik mahorat fanlaridan olingan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi ommaviy ta'lim sharoitida oddiy 
«o'rtacha» pedagoglarga o'qitishning samaradorligiga erishishini ta'minlash 
hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning o'rganish sohasi predmeti o'qitish tizimi 
hisoblanadi.
Oliy ta'lim muassasalarida, o'qitish – o'quv materialining to'la o'zlashtirilish 
prinsipiga tayanmog'i lozim, ya'ni fanning o'quv dasturiga asoslangan o'quv 
materiali, guruhning barcha talablari tomonidan to'la o'zlashtirilishi zarur. 
«O'quv materialining to'la o'zlashtirilishi» tushunchasi nimani anglatadi? 
Har qaysi mavzu bo'yicha o'rnatilgan darajadagi bilim olishga erishilishi, o'quv 
materialini to'la o'zlashtirish prinsipini anglatadi. Chet elda o'tkazilgan ko'p sonli 
tadqiqotlarga ko'ra «talabalarning to'la o'zlashtrilishi» tushunchasi o'quv 
materialining guruhdagi har bir talaba tomonidan 80-90% ga o'zlashtirilishi 
tushuniladi, ya'ni har bir talaba o'quv fanini o'rtacha 85% ga o'zlashtirishi zarur. 
Bunday natija faqat juda katta tajribali ajoyib professor-o'qituvchilarda esa o'quv 
materialining bunday o'zlashtirilishini faqat iqtidorli talabalar berishi mumkin. 
Bu sharoitda, qanday qilib talabalarning to'la o'zlashtirishiga erishish 
mumkin? Bunga erishishning uch yo'li bor:
Birinchi yo'l: o'zlashtirish mezonini pasaytirish, hozirgi paytda shundan 
foydalanayapti, shuning uchun ham hozirgi paytda o'quv materialini, o'quv fanini 
55% o'zlashtirgan talaba o'zlashtiradigan talaba deb hisoblanadi.
Oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti kadrlarning saviyasi va tayyorgarlik 
darajasiga qo'yiladigan minamal talablar chegarasini belgilaydi. Agar bu minimal 
talablar 55% ga o'zlashtirilsa, har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining 


umumiy integral bahosi qancha bo'ladi degan savol tug'iladi. Tabiiyki bu yo'lning 
istiqboli yo'qdir.
Ikkinchi yo'l: professor-o'qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali ajoyib 
professor va dosentlar asosila tuzish. Ularning har biri o'ziga xos o'qitish usullari 
va yo'llari tufayli tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo'lgan, talabalarni to'la 
o'zlashtirishni ta'minlaydilar. Haqiqatda, bir guruhda kirishdagi bali 80 dan 200 
gacha bo'lgan talabalar o'qishi mumkin. Bu yo'l – haqiqatdan uzoq, 
ideallashtirilgan yo'ldir.
Talabalarning hammasi iqtidorli bo'lmaganidek, professor o'qituvchilar 
tarkibining hammasi ham iqtidorli, oliy darajali bo'la olmaydi.
Uchinchi yo'l: o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish 
bo'lib, ular o'qish va o'rgatishning asosiy elementlarini o'rnatib, o'zida oliy 
darajadagi 
pedagog 
olimlarning 
o'qitishdagi 
uslub 
va 
yo'llarini 
mujassamlashtirgan bo'ladi.
Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo'lmagan oddiy ishchi tayyor 
texnologiya bo'yicha oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarganidek, oddiy o'qituvchi, 
pedagogik texnologiyani qo'llab, ajoyib natijalarga erishadi. Pedagogik 
texnologiyaning qimmati va ahamiyati aynan shu bilan belgilanadi.
Ommaviy o'qitish sharoitida talabalarning to'la o'zlashtirishga erishishini 
ta'minlaydigan yagona to'g'ri yo'l – shu yo'ldir. Pedagogik texnologiya, ishlab 
chiqarish texnologik jarayoniga o'xshab ko'zlangan (rejalashtirilgan) natijalarga 
erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyalarning o'zi nima va u an'anaviy ta'limdan nima bilan 
farq qiladi? 
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, 
rasmiy hujjatlarda «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta'lim 
texnologiyasi» iboralari keng qo'llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» 
tushunchasi 
hali 
ham 
bir 
qolipga 
tushirilmagan, 
ensiklopediyalarda 
izohlanganicha yo'q, mazmunining yagona talqini ham ishlab chiqilmagan va 
shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan 
hamda O'zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta'lim 
texnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim amaliyotida qo'llashga intilmoqdalar. 
Bu erda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy 
asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug'ildi, degan savol paydo 
bo'lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori 
malakali olimlarni etishtirib kelgan pedagogika klublari mavjudki, ularning 
eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o'zgartirib, 
milliy tus berib, foydalanaversa bo'lmaydimi? Degan mulohazalar ham yo'q emas. 
O'zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana 
shu yo'ldan bormoqda. Bu yo'l ilojsizlikdan izlab topilgan bo'lib, qisqa muddat 
xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo'lga kiritgan va buyuk kelajak sari 
intilayotgan jamiyatga bu yo'l uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki, birinchidan, 
ma'lum sabablarga ko'ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan 
jamiyatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun, axolii 


ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg'or 
pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; ikkinchidan, an'anaviy o'qitish 
tizimi yozma va og'zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli «axborotli o'qitish» 
sifatida tavsiflanib, o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi 
sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi; uchinchidan
fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin 
ko'payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning 
chegaralanganligi; to'rtinchidan, kishilik jamiyati o'z taraqqiyotining shu kundagi 
bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali 
natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib 
borayotganligi; beshinchidan, yoshlarni mukammal tayyorlash talabi ularga eng 
ilg'or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa tizimli yondashuv 
tamoyilidan foydalanishni talab qilishdadir.
Ta'lim texnologiyasi sanab o'tilgan beshta sababiy shartlarning barcha 
talablariga javob beradigan ta'limiy tadbirdir. 
Bu zaruriyat shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma 
(namuna, misol)lari asosida o'qitilganligi, ularda o'zgacha nuqtai nazarni tan 
olmaslik, faqat o'z fikrini to'g'ri deb bilish shakllanganligidandir. Bu hol har 
qanday taraqqiyotga g'ov bo'lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari 
etaklaydi.
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei 
kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta'lim-
tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday 
noxush vaziyatdan chiqib ketish yo'llaridan biri ta'lim-tarbiya jarayonini qabul 
qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.
Ta'lim jarayoniga mukamallik, aniqlik, yo'lga solinganlik, tartiblilik
ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshiruvchi tadqiqot 
olib borilgan. 
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy XVII asrdayoq ta'limning 
«Vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashni boshqa narsani talab 
qilmaydigan umumiy tartibdagi o'qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, 
hamma narsa toshlari to'g'ri muvozanatlangan soatdek, faqat ana shunday mahorat 
yaratilgan asbobda erishish mumkin bo'lgan bexatolik bilan ilgarilaydi».
Zamonaviy pedagogikada ham, ta'limni shunday modellari, unga nisbatan 
shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta'limga, ishlab chiqarish – texnologik 
jarayon, ma'lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko'zlangan ta'lim 
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
T.S. Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 70-yilarning 
boshlarida AQShda yuzaga kelgan bo'lib, uning asoschisi taniqli olimlar B.Blum, 
D.Kratvol, N.Gronlund, J. Kerrol, J. Blok, L. Anderson va boshqalardir. 
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez 
tarqaldi, YuNYESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo'llab-
quvvatlandi va hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli 
o'zlashtirilmoqda, 
qo'llanilmoqda. 
Ko'pgina 
mamlakatlar 
pedagogik 
texnologiyadan foydalanib, o'quvchilar o'zlashtirishini oshirishda sezilarli 


muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubi Koreyada pedagogik texnologiya 
bo'yicha tajriba-sinov tarzida o'qitayotgan 50 ming boladan 75 foizida an'anaviy 
o'qitishda faqat eng yaxshi o'quvchilar erishadigan natijalar qo'lga kiritilgan. 
Ta'limni 
texnologiyalashtirishning 
asosini, 
ta'lim 
jarayonini, 
uning 
samaradorligini oshirish va ta'lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan 
vaqt ichida vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o'quv natijalariga erishishlarini 
kafolatlash maqsadida to'liq boshqarish g'oyasi tashkil etadi. Bunday 
yondashishning mohiyati, ta'lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni aniq 
rasmiylashtirilgan va detallari bo'yicha aniq elemntlarga bo'lib tashlash 
yordamida maksimal shakllantirishdan iborat. 
Ta'lim texnologiyasining predmeti – ta'lim tizimini konseptual asoslariga 
dalil keltirishdan, maqsadlarni qo'yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o'quv 
materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta'lim modelini tanlashdan, to ularni 
amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini 
baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. 
Bizda ta'lim nazariyasi va amaliyotida o'quv jarayoniga texnologik 
xarakterni kiritish 50-yillardan boshlangan. Ular an'naviy o'qitish uchun texnik 
vositalar majmuasini yaratishda o'z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik 
texnologiyaga oddiygina «o'qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan 
foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu o'qitish samaradorligini 
oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo'llash yo'li bilan qo'llanilayotgan usullarni 
baholash vositasida ta'lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish 
usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir». (Mejdunarodny ejegodnik 
po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978-79. – London: Nyu-York, 1978. s. 
258 (ingliz tilida)). 
V.P. Bespalko fikri bo'yicha, barcha ta'lim va tarbiya ishlarini pedagogik 
texnologiya yo'liga o'tkazish – o'quv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va 
amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli 
asoslashga, ob'ektiv tashxis qilinadigan yakuniy natijaga ietilishiga keskin 
ravishda burilishini ifodalaydi.
Ma'rifatli va rivodlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanib 
kelinayotgan ta'lim texnologiyalarini o'rganb, xalqimizning milliy pedagogika 
an'analaridan hamda ta'lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda 
O'zbekistonning milliy ta'lim texnologiyasini yaratish lozim.
O‟zbеkistоndа kаdrlаr tаyyorlаshning milliy dаsturi: tа`lim-tаrbiyani tubdаn 
islоh qilish ilg‟оr pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni jоriy etish; tа`lim bеrishning
ilg‟оr pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni, zаmоnаviy o‟quv-uslubiy mаjmuаlаri
yarаtish vа o‟quv- tаrbiya jаrаyonini didаktik jihаtdаn tа`minlаshgа bоg‟likligi 
ko‟rsаtilаdi. Mа`lumki, Milliy dаstur bоsqichmа-bоsqich аmаlgа оshirilаdi. 
Birinchi bоsqich (1997-2001yillаr) mаvjud kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini islоh
qilish vа rivоjlаntirish uchun xuquqiy, ilmiy-uslubiy, mоliyaviy mоddiy shаrt- 
shаrоitlаr yarаtish. 
«….jumlаdаn pеdаgоg vа ilmiy –pеdаgоgik kаdrlаr tаyyorlаsh xаmdа 
ulаrni mаlаkаsini оshirishni zаmоn tаlаblаrigа jаvоb bеrаdigаn dаrаjаdа 
tаshkil etish; 


Ikkinchi bоsqich: (2001-2005 yillаr) milliy dаsturini to‟lа ro‟yobgа
chiqаrish, mеhnаt bоzоrini rivоjlаntirish vа rеаl ijtimоiy-iqtisоdiy shаrоitlаrini
hisоbgа оlgаn hоldа ungа аniqlik kiritish, «Tа`lim muаssаsаlаrini mоddiy 
tеxnikа vа аxbоrоt bа`zаsini mustаhkаmlаsh dаvоm ettirilаdi, o‟quv-tаrbiya
jаrаyoni yuqоri sifаtli o‟quv аdаbiyotlаr vа ilg‟оr pеdаgоgik tеxnоlоgiya bilаn
tа`minlаnаdi». 
Uchinchi bоsqich: (2005 vа undаn kеyingi yillаr) to‟plаngаn tаjribаlаr 
tаhlil etilаdi. Ulаr umumlаshtirish аsоsidа mаmlаkаtini ijtimоiy-iqtisоdiy
rivоjlаn-tirish istiqbоllаrigа muvоfiq kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini
tаkоmillаshtirish vа yanаdа rivоjlаntirish» ko‟zdа tutilаdi. 
Tа`lim muаssаsаlаrini rеsurs, kаdrlаr vа аxbоrоt bаzаlаri yanаdа
mustаhkаm-lаnаdi, o‟quv tаrbiya jаrаyoni yangi o‟quv-uslubiy mаjmuаlаr, ilg‟оr
pеdаgоgik tеxnоlоgiya-lаr bilаn to‟liq tа`minlаnаdi. Bundа biz pеdаgоgik 
tеxnоlоgiya Milliy dаsturni аmаlgа оshirishning muhim vоsitаsi ekаnini
ko‟rsаtаmiz. 
Pеdаgоgik tеxnоlоgiya аsrimizning 60-yillаridа Аmеrikа Qo‟shmа 
Shtаtlаridа, 70-80 yillаrdа bоshkа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа kеng qo‟llаnilа
bоshlаndi. 
YUNЕSKОNING 1996 yildаgi xаlqаrо kоnfеrеnsiyasidа Mаmlаkаtning
mа`nаviy iqtisоdiy sаlоhiyatini оshirishdа vа tа`lim-tаrbiyani intеnsivlаshtir-
ishdа pеdаgоgik tеxnоlоgiya muhim аhаmiyatgа egа ekаnligi ilmiy аsоslаnаdi.
«Pеdаgоgik tеxnоlоgiya bilimlаrni o‟rgаnish yaxlit jаrаyonidа tа`lim 
shаkllаrini оptimаllаshtirish, tеxnikаviy, insоniy imkоniyatlаr, ulаrning o‟zаrо
hаmkоrligi аmаlgа оshirish mеtоdlаr tizimidir», -dеgаn xulоsаgа kеlinаdi.
O‟zbеkistоndа Kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy dаsturi mustаqillik shаrоfаti
bo‟lsа, uni аmаlgа оshirishning аsоsiy ilmiy mеtоdik оmillаridаn biri yangi
pеdаgоgik tеxnоlоgiyadir. Pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning prеdmеti-tа`lim-tаrbiya 
jаrаyonini оptimаl lоyixаlаsh, mоdеllаshtirish tizimi, mеxаnizmi. Ya`ni
pеdаgоgik qоnuniyatlаrgа аsоslаngаn tа`lim-tаrbiya tizimini sаmаrаli, оmmаbоp
mеxаnizmlаr. Pеdаgоgik tеxnоlоgiya оmmаbоpligi ilmiy аsоslаngаnligi bilаn
individuаl mаhоrаtdаn fаrq qilаdi. Yangi pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаnini

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin