O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


“Pedagogik texnologiyalar” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

“Pedagogik texnologiyalar” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
“Pedagogik texnologiyalar” fanini o‟rganish pedagogik nazariyasi va tarixi
pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, 
falsafa, mantiq, etika, ma‟naviyat, O‟zbekiston tarixi, maktab gigienasi va 
fiziologiyasi, ona tili bilan o‟zaro bog‟liqlikda quriladi. 
Pedagogik texnologiya fan sifatida bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng 
ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-
me‟yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar hisoblanadi. Ular bilan 
qisqacha tanishib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning 
ta‟lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning 
maqsad va talablarini tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning 
jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Pedagogik 
texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini 
falsafiy jihatdan to‟g‟ri yo‟nalishda bo‟lishini ta‟minlashga xizmat qiladi. Falsafiy 
oqimlar va yo‟nalishlarning har biri ta‟lim-tarbiya masalalariga o‟ziga xos yondoshadi. 
Shu sababli «Pedagogik texnologiya» fanining falsafiy yo‟nalishi uning to‟g‟ri yoki 
noto‟g‟riligini, jamiyatning ma‟lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko‟rsatadi. 
Bu pedagogik texnologiyalarga baho berishda asosiy ko‟rsatkichlardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya fanining metodologik asosi uni amalga oshirishda 
qanday metodlarga asoslanishini belgilaydi, insonlarning olamini hamda o‟zlarini 
bilishlari turli tarixiy davrlarda turlicha asoslarga ega bo‟lgan va ular o‟ziga xos 
metodlarni keltirib chiqargan. Hozir olam va uninng hususiyatlari haqida xolis 
ma‟lumotlar olish haqqoniy bilimlar hosil qilishninng ilmiy metodikasi pedagogik 
texnologiyalarning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy 
jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi texnologiyalar uchun zaruriy shartdir. Pedagogik 
texnologiyaning didaktik asosi uning ta‟lim-tarbiya qoida va tamoyillariga 
muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta‟lim-tarbiyaviy vazifalarning nazariy 
jihatdan to‟g‟ri bajarilishini ta‟minlaydi.
Pedagogik texnologiyaning didaktik jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi uning yuqori 
samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Buning uchun zamonaviy didaktikaning 
ilmiy hulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.
Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi. Zamonaviy pedagogika fanining 
ilmiy hulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy 
tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil 
qilinishi, olib borilishi, uninng diagnostikasi, monitoringi, o‟quv-mavzu rejalar va shu 
kabilarninng ilmiy jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi ta‟minlanadi. Pedagogik texnologiyalar 
hozirgi pedagogika faninng rivojlanishida katta o‟rin egallab bormoqda. 
Pedagogik texnologiyaninng psixologik asosi psixologiya fanining ilmiy 
hulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan ta‟lim-tarbiya jarayonida to‟g‟ri 
foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu sababli pedagogik 
texnologiya psixologiya qonunlarini to‟liq hisobga olishi talab etiladi. 


Ta‟limninng har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi hususiyatlariga 
moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar qo‟llaniladi. Har bir bosqichda tegishli 
darajadagi bilim va tarbiya beriladi. Bu masalalarni o‟rganish bilan pedagogik 
psixologiya fani shug‟ullanadi.
Pedagogik texnologiyaninng fiziologik asosi o‟quvchilarning turli yoshdagi 
fiziologik hususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o‟g‟il va qiz bolalar 
fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik texnologiya 
jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog‟lom avlodni voyaga etkazishninng 
zaruriy sharti hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaninng gigiyenik asosi ta‟lim- tarbiya jarayonida 
salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda turli zararli va ortiqcha 
ta‟sirlarni bartaraf qilish, o‟quv sharoiti: yoritilganlik, harorat, havoninng tozaligi, 
o‟quvchininng va o‟qituvchininng ish o‟rni, jihozlar, o‟quv nagruzkalarininng 
me‟yorlari, didaktik vositalarninng qulayligi sifati va shu kabilar tibbiyot, fiziologiya, 
ekologiya talablariga, insonparvarlik va xalqparvarlik g‟oyalariga muvofiq bo‟lgan 
ilmiy asoslarda belgilab boriladi.
Bu talab va me‟yorlarga rioya qilish pedagogik texnologiyani amalga tadbiq 
etish imkoniyatini yaratadi. Bu masalalarni o‟rganish bilan maktab gigienasi fani 
shug‟ullanadi. 
Pedagogik texnologiyaninng mafkuraviy asosi uninng milliy istiqlol g‟oyasi va 
mafkurasi tamoyillarini o‟zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga 
yo‟naltirilgan bo‟lishidan iborat. Bunda barkamol insonni shakllantirishda mafkuraviy 
tarbiyaning fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat 
bo‟ladigan bilimli, ma‟rifatli, ijtimoiy faol insonni voyaga etkazishdan iborat asosiy 
vazifalarni amalga oshirib borishi har bir pedagogik texnologiya uchun dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiyaning huquqiy-me‟yoriy asosi ta‟lim-tarbiya jarayonini 
tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. 
Bular O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, davlat ta‟lim standartlari, o‟quv reja va dasturlar; 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‟lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, 
Vazirlar qaror va buyruqlari, ular asosida tayyorlanib o‟rnatilgan tartibga tasdiqlangan 
nizomlar, ustavlar va boshqa me‟yoriy hujjatlar hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya jarayoni ishtirokchilari ushbu huquqiy-me‟yoriy 
asoslarni tegishli darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim. 
Pedagogik texnologiyaning iqtisodiy asosi ta‟lim menejmenti xulosalari va 
marketing tadqiqotlari natijalariga muvofiq belgilanadi. Pedagogik texnologiya 
ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‟lgani sababli uning iqtisodiy samarasi o‟ziga xos 
tartiblarda aniqlanadi va ta‟minot masalalari hal qilib boriladi. Pedagogik texnologiya 
iqtisodiy asosini mustahkam bo‟lishi uni amaliyotda davom ettirish uchun zaruriy 
shart hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta‟lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy 
davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagogik 
nazariyalar haqidagi ma‟lumotlardan iborat bo‟lib ular zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisoblanadi. Hozirgi pedagogik 


texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan tahlillar, chiqarilgan 
hulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-mulohazalarninng rivojlantirilishi asosida 
paydo bo‟lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi uning 
o‟ziga xos ildizlarini tashkil qilishini hisobga olgan holda ularni bilish va chuqur 
o‟rganish kelgusi rivojlanish yo‟llarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir pedagogik 
texnologiyaning o‟z nazariy va amaliy asoslari kelib chiqadi. Ular alohida maqsad, 
vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin