O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Muammoli vaziyat yaratish usullari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Muammoli vaziyat yaratish usullari: 

o„qituvchi o„quvchilarga dars mavzusi bilan bog„liq ziddiyatli holatni 
tushuntiradi va uni yechish yo„lini topishni taklif qiladi; 

bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi; 

hal etish uchun yetarli bo„lmagan yoki ortiqcha ma‟lumotlar bo„lgan yoki 
savolning qo„yilishi noto„g„ri bo„lgan masalalarni yechishni taklif etadi va 
boshqalar. 
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:  

-o„qituvchi muammoni qo„yadi va o„zi yechadi; 

-o„qituvchi muammoni qo„yadi va uning yechimini o„quvchilar bilan 
birgalikda topadi; 

-o„quvchilarning o„zlari muammoni qo„yadilar va uning yechimini 
topadilar. 
Muammoli vaziyatni yechishda qo„llaniladigan usullar: 

muammoni turli nuqtai-nazardan o„rganish, tahlil qilish; 

solishtirish, umumlashtirish; 

faktlarni aniqlash va qiyoslash; 



vaziyatga bog„liq xulosalar chiqarish

o„quvchilarning o„zlari aniq savollar qo„yishi va boshqalar. 
Muammoli ta‟lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib 
kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi 
Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. 
Muammoli ta‟limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda 
Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo„llagan. XX asrning 30 yillarida bu 
yo„nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy 
etildi.
Muammoli ta‟limning asosiy g„oyasi bilimlarni o„quvchilarga tayyor holda 
berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo„yicha o„quv-
tadqiqotlarini bajarish asosida o„zlashtirilishini ta‟minlashdan iborat.
Bugungi kunda, muammoli o„qitish deganda mashg„ulotlarda pedagog 
tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan 
o„quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o„quvchilar 
kasbiy bilimlarga, ko„nikmalarga, malakalarga ega bo„ladilar va fikrlash 
qobiliyatlari rivojlanadi. 
Muammoli o„qitish, o„qitishning shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalarga 
taalluqli, chunki bu yerda shaxs subekt sifatida qaraladi, muammoli 
vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o„ziga xos qiziqish uyg„otishdir. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin