O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

5) teskari aloqani ta’minlaganda. 
Samarali bilim berilishi uchun yo„naltiruvchi va qo„llab quvvatlovchi 
teskari aloqa mavjud bo„lishi talab etiladi. 
7) o‘rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda. 
Murabbiy hamda o„quvchi o„rtasida o„zaro hurmat va ishonch mavjud 
bo„lishi o„quv jarayoniga yordam beradi. 
8) do‘stona muhit yaratilganda. 
Do„stona kayfiyatda bo„lgan talaba cho„chib o„tirgan, hayajonlanayotgan, 
badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o„zlashtirib oladi. 
9) qulay vaziyat sodir bo‘lganda. 
Demak, o„quvchida o„zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo„lsa, o„quv 
materialini tez va oson o„zlashtiradi. 
Xulosa qilib aytganda, o„z faoliyatini innovatsiyalar asosida tashkil eta 
oladigan o„qituvchilarning ishlari ko„p qirrali, murakkab masaladir. Ushbu 
masalani samarali hal qilish uchun o„qituvchilarning innovatsion faoliyatga 
tayyorgarligining pedagogik asoslarini yaratish lozim. 
 
ADABIYOTLAR 
1. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. T-Ma`naviyat-2008 y.
2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T-1999 y. 


3. Azizxodjayeva N. “Pedagogik texnologiya va mahorat”., Toshkent., TDPU., 
2006 y. 
4. R. A.Mavlonova, M.Arabova, G` Saloxiddinova, M.Shirinov “Pedagogik 
texnologiya” ma`ruza matn 2009 y. 
5. J.G` Yo`ldoshev “Pedagogik texnologiya asoslari” T., O`qituvchi, 2004. 
 
 
11-мавзу: Pedagogik texnologiyalar asosida tanqidiy tafakkurni 
shakllantirish va rivojlantirish metodlari 
Режа: 
1.Tanqidiy fikrlash asoslari.
2 Tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning faol metodlari.
3.Tanqidiy mushohada metodi.
4.Tanqidiy mushohada qilishni tashkil etish uchun qo'llanadigan usullar
Tayanch tushunchalar: tanqidiy fikrlash, fikrlash, shakllantirish, rivojlantirish 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodning kamol topishida aqliy 
tarbiya va mustaqil fikrlash ko„nikmalarini shakllantirishning o„rni nihoyatda 
beqiyos ekanligini ta‟kidlab, shunday deydi: «Har bir insonning, ayniqsa, 
endigina hayotga qadam qo„yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni 
singdirish kerakki, ular o„rtaga qo„yilgan maqsadlarga erishish o„zlariga bog„liq 
ekanligini, ya‟ni bu narsa ularning sobitqadam g„ayrat - shijoatiga, to„la - to„kis 
fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog„liq ekanligini anglab yetishlari 
kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy 
shartidir" [3, 98]. Darhaqiqat, ijtimoiy ong, aql-zakovat, borliqni idrok etish, ilm 
cho„qqisiga intilish hissi insonni fikr tarbiyasining samarali yo„llari, shakl va 
metodlarini takomillashtirishga undaydiki, bu, o„z navbatida, yosh avlodda
tanqidiy fikrlash ko„nikmalarini shakllantirishning ta‟sirchan mexanizmlarini 
topishga zamin yaratadi. Pedagogik, psixologik, sotsiologik adabiyotlar tahlili 
tanqidiy fikrlashni shakllantirishga doir turli qarashlar mavjudligini ko„rsatadi. 


Jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri, tilshunos va adabiyotshunos 
olim va ma‟rifatparvar Abdurauf Abdurahim o„g„li Fitrat (1886-1938) 1929 yilda 
yaratgan “Tarbiyayi avlod” (“Avlod tarbiyasi” va “Tarbiyayi fikriya” (Fikr 
tarbiyasi”) asarlarida “sog„lom fikrlilik” insonni saodatga boshlashini uqtiradi. U 
“Tarbiyayi fikriya” asarida shunday yozadi: “Fikr va aql insonni kamolotga 
yetkazadi va o„qish, o„rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil 
aqli yaxshilik muhokamasidir”[22, 36]. “Muhokama nima?”,-deya davom ettiradi 
fikrini olim. “Muhokama ikki qismga bo„linadi: birinchisi- kazi (y) yathoyi 
ma‟lum ( ma‟lum bo„lgan hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kazi (y) yathoy 
machhul (noma‟lum voqea va hodisalar)dan xulosalar chiqarilishidir. Masalan, 
“butun insonlar o„rtasida mehribonlik va muhabbat lozimdir” ( «Dar miyoni 
afrodi bashariyat mehriboni va muhabbat darkorast”), ya‟ni bu kazi(y)yati 
machhul (noma‟lum hukm) bo„lib, bunga ikki ma‟lum hukm lozimdirki, 
birinchisi “butun insoniyat bir-birlari bilan barobardirlar” («Afrodi bashar 
barodari yakdigarand”), ikkinchisi esa “barodarlar orasida muhabbat va 
mehribonlik lozimdir” (“Dar miyoni barodaran muhabbat va mehriboni 
darkorast”). Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm 
avvalgisini to„ldiradi va “kaz(y)yati ma‟lum” deb ataladi. Shunday qilib, inson 
kamolotga yetadi” [22, 54]. Ko„rib turganimizdek, Abdurauf Fitrat XX asrning 
boshidayoq o„quvchilarda analitik fikrlashga undash lozimligi, “ . . . bolalarni 
Isobot sohiblari bo„lishlariga, bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida 
ularga to„g„ri, bexato ma‟lumotlar berish, asossiz muhokama tarbiyaga ziyon 
yetkazishi mumkin...”[22,59]ligining tarafdori bo„lgan. 
Insonning barcha mavjudotlardan yuksak jihati - bu uning fikrlash qobiliyatidir. 
Zotan, insonlar bir-birlari bilan o„ziga xos o„y-hayollari, mushohadalari, fikr 
yuritishlari, mustaqil fikrlash qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun 
ham inson fikrini tarbiya qilish muhim sanaladi. Abdulla Avloniyning asarlarida
fikr tarbiyasiga oid quyidagicha talqin berilgan: «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko„p 
zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, 
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, 


g„ayratlik bo„lishiga sabab bo„ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so„ng 
daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga 
bog„liqdir»[10]. Darhaqiqat, fikr ustida buyuk daholar so„z yuritishib, muayyan 
ta‟limotlar yaratishgan. Fikrlashda qalb, ong va sezgilarning uyg„unligi haqida 
Arastu ta‟limoti, fikrning ezgulikka yo„naltirilishi haqida Abu Nasr Farobiy, 
insonparvarlikka yo„naltirilishi haqida – Alisher Navoiy, fikrning mantiqiyligi 
haqida – Umar Hayyom, fikrlashda signal tizimi haqida I.P.Pavlov, fikrning 
bosqichma- bosqich shakllanishi nazariyasini yaratgan P.Y.Galperin, fikrlashda 
umumlashtirish haqida –R. Davidov ta‟limotlari mavjud. 
Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga 
bergan javoblarida: «Bizga me‟ros bo„lib qolgan ta‟lim-tarbiya tizimining 
ma‟lum bir ma‟qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni 
shundan iboratki, o„quv jarayonida o„quvchi va talabalarni mustaqil va erkin 
fikrlashga yo„l qo„ymaslik. Agar bolalar erkin fikrlashni o„rganmasa, berilgan 
bilimning samarasi past bo„lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o„z 
yo„liga. Mustaqil fikrlash ham katta bir boylikdir»,[8]-deb takidlagan edilar. 
Fikrlash-murakkab psixologik jarayon bo„lib, o„quv materiali xususiyatlari 
to„g„risida o„ylash, narsa-hodisalarni o„zaro taqqoslab, ularning xususiyatlarini 
ajratish, quyilgan topshiriq, muammolarni yechish faoliyati. Tushunilgan o„quv 
materialining o„quvchi tomonidan tahlil etilishi o„zlashtirilgan bilimlarning 
yanada yuqori darajaga ko„tarilishini ta‟minlaydi. Mustaqil ish, o„quv 
topshiriqlarini ta‟limga tatbiq etish, mummoli vaziyatlarni vujudga keltirish 
fikrlash jarayonining samaradorligini oshiradi. 
Bugungi kunda tanqidiy fikrlash – XXI asrda ijtimoiy-siyosiy sohada sodir 
bo„layotgan hodisalarni yanada chuqurroq anglashga yordam beruvchi ko„nikma 
sifatida qaralmoqda. Tanqidiy fikrlashga o„rgatish O„zbekiston Respublikasining 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bayon etilgan yuqori kasbiy madaniyatli, 
ijodiy va ijtimoiy faol hayotda o„z o„rnini topa oladigan malakali kadrlarni 
shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi.


Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari rus olimi I. Resnik fikricha quyidagilardan 
iborat: 1)O„quvchilar o„z bilimlarini muayyan masalalarni yechishda tatbiq eta 
olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi; 2) Tanqidiy fikrlash ta‟lim 
jarayoniga jo„shqinlik baxsh etadi, mashg„ulotlarni o„qituvchi va o„quvchi uchun 
o„zaro hamkorlik faoliyatiga aylantiradi [132, 46]. Shu nuqtai nazardan olganda, 
boshlang„ich sinf o„quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish ularda bilim 
olishga ishtiyoqni kuchaytiradi hamda ta‟lim jarayonida “o„qituvchi, o„quvchilar 
va o„quv materiali o„rtasidagi o„zaro didaktik ta‟sirni yuzaga keltiradi” [ 132,47]. 
Nemis olimi K. Rossning: «O„quvchilarning oldin egallagan bilimlari va 
tajribalariga asoslangan o„qish mustahkam bo„ladi. Bularning hammasi 
o„quvchiga yangi axborotni bilganlari bilan bog„lash imkoniyatini beradi» [138, 
6] -deb ta‟kidlashini didaktikadagi o„zlashtirish jarayoni bilan bog„liq holda 
qarash maqsadga muvofiq. Chunki, o„quvchi u yoki bu o„quv materialini 
o„zlashtirar ekan, o„z faoliyatida oldindan tanish bo„lgan faoliyatni va 
axborotlarni jonlantiradi. O„zlashtirish – o„z faoliyati natijasini o„zgalar faoliyati 
natijasiga qo„shib ko„rsatishdir. O„zlashtirish psixologik hodisa bo„lib, quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat: 
Idrok – o„rganilayotgan narsa-hodisa mohiyatining ongda aks etishi – in‟ikosi. U 
keng tushuncha bo„lib, o„quvchining sezgi a‟zolari( ko„rish, eshitish kabi 
o„quvlar) yordamida his qilingan ma‟lumot haqidagi bilim, tajribadan oldin 
o„tgan narsa-hodisalar to„g„risidagi tasavvurlarni ham qamrab oladi. Bunda 
o„qituvchining vazifasi bolalarning o„quv materialini faol idrok etishini 
ta‟minlash, turli motivlarni (havas, ishtiyoq, qiziqish) uyg„otish, imkoniyatiga 
qarab sezgi a‟zolarining aksariyatini ta‟limda qatnashtirishdan iboratdir. 
Ingliz olimi Dj. Benks: «O„qituvchilar g„oyalar va tajribalarning turli-tumanligini 
to„g„ri tushunsalargina tanqidiy fikrlash va o„qish yaxshi natija beradi. Agar 
«yagona bitta javob ruhi» ustuvorlik qilsa, unda tanqidiy fikrlashga imkon 
bo„lmaydi”[39, 56]-degan g„oyani ilgari suradi. Demak, o„quvchilarda tanqidiy 
fikrlashni shakllantirish orqali ularning oldindan idrok etgan bilimlarini 


mustahkamlashga zamin tayyorlab, yangi ma‟lumotlarni qo„lga kiritishga keng 
imkoniyat yaratiladi. 
Idrokning rivojlangan yuqori shakli tushunish hisoblanadi. O„rganilayotgan 
narsa-hodisa tarkibini fahmlash, ular o„rtasidagi munosabat, aloqalarni tahlil 
etish, tushunchalarning asosiy va ikkilamchi belgilarini ajratish, o„quv 
materialining tarkibiy elementlari va ular o„rtasidagi bog„lanishlarni bilish, 
sababiyatli aloqalarni idrok etish tushuncha darajasiga ko„tarila boradi. 
Amerikalik faylasuf va pedagog J. Dyuining fikricha: «O„quvchilar muayyan 
muammo bilan shug„ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo 
bo„ladi. Shu sababli, o„quv jarayonining boshlang„ich nuqtasi hisoblangan, biror 
vaziyat yoki hodisaga tegishli bo„lgan eng muhim savol bu hodisa qanday 
muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan
muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o„zining shaxsiy 
yo„lini izlagandagina, o„quvchi haqiqatan ham fikrlaydi» [63, 44]. Darhaqiqat, 
rejali va maqsadli o„qitish va tarbiyalash jarayonida o„quvchilarning intellekt 
darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga 
keltirgan. O„z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan. 
Bir qator tadqiqotchi olimlar tanqidiy fikrlashni shakllantirish zaruratini: 
«Boshlang„ich sinf o„quvchilarida intellektuallikni rivojlantirish, pedagogik 
faoliyatni optimallashtirish, qulaylashtirishda zarur bo„lgan axborotni qo„lga 
kiritish jarayoni»[178, 128, 129, 35, 65],-deb ta‟kidlaydilar. 
O„quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari bir qator pedagogik metodlar orqali 
aniqlanadi. Masalan, Y.Yirasek, A.Kernlar tomonidan ishlab chiqilgan 
yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi testlar, D.B.Elkoninning 
«Grafik diktant»lar, A.L.Vengerning «Nuqtalar bo„ylab chizish», I.Shvansarning 
«Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish» kabi metodikalari mashhurdir. 
«Tanqidiy fikrlash» atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga 
kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash 
ko„nikmalari ustida to„xtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ko„nikmalar 
o„quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir.


Esda saqlash - fikrlash ko„nikmalarining hosil bo„lishida asosiy manba bo„lib 
hisoblanadi. Usiz o„quv jarayonini amalga oshirib bo„lmaydi, lekin u tanqidiy
fikrlashdan tubdan farq qiladi. Bir qator olimlar (V.V. Guzeyev, I. A. Zimnyaya, 
V. Bershadskiy, M.V. Alekseyev) har qanday fikrlashdan ko„ra xotirani 
rivojlantirishni yuqoriroq qadrlab, har qanday fikrlash uchun xotira muhim 
ekanligini ta‟kidlaydilar. O„quvchining tanqidiy fikrlash jarayonini tadqiq etgan 
mutaxassislar (B.Blum, L.Stross, Q.Nazarov) tanqidiy fikrlashning vujudga 
kelishi uchun aqliy faoliyatning murakkab turlarini hosil qilish zarurligini 
ko„rsatib o„tadilar. 
O„quv jarayonini usiz amalga oshirib bo„lmaydigan «notanqidiy fikrlash»
turlaridan yana biri- murakkab g„oyalarni tushunish bilan bog„liq. Matematika, 
tarix va adabiyot darslarida o„quvchilar ba‟zan o„qituvchining aytganlari yoki 
darslikda nima haqida yozilganligini tushunish uchun ancha «bosh qotiradilar». 
Tushunish, ayniqsa, agar o„quv materiali qiyin bo„lsa, murakkab aqliy jarayon 
bo„lib hisoblanadi. Masalan, boshlang„ich sinf o„quvchisi murakkab o„quv 
materialini tushunish uchun uning miyasida murakkab aqliy jarayonlar kechadi
lekin bu jarayonlarni tanqidiy fikrlash deb bo„lmaydi. O„zgalar fikrini tushunish 
uchun birinchi bosqichda shaxsiy fikrlash sust bo„ladi: bunda kimdir tomonidan
yaratilganni idrok qilinadi, xolos, «Tanqidiy fikrlash - yangi, tushunib bo„lingan 
g„oyalar tekshirilayotganda, baholanayotganda, rivojlantirilayotganda va 
qo„llanayotganda sodir bo„ladi»,-deb ta‟kidlaydi o„zbek olimi S.S. G„ulomov 
[194, 14]. Rus olimasi S.V. Stolbunova: «Dalillarni eslab qolish va g„oyalarni
tushunish tanqidiy fikrlash uchun zarur bo„lgan dastlabki shartlar bo„lib 
hisoblanadi, lekin ular o„zaro yaxlitlikda ham tanqidiy fikrlashni 
anglatmaydilar»-degan g„oyani ilgari suradi [153, 32].
«Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu- 
intuitiv (ichki his-tuyg„u bilan) sezib fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar 
miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir bo„ladi, lekin ular buni hatto 
sezmaydilar ham. Demak, «tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda
anchadan beri foydalanib kelinmoqda, ammo uning talqinlari bugungi kungacha 


turlichadir. Bir qator pedagog-psixolog olimlar I.S. Kon, L.S. Rubinshteyn, S.S. 
G„ulomov, E. G„oziyevlar tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni 
bildiradi (Benjamin Blum tizimiga ko„ra o„rganish qobiliyatlarining so„nggi oliy 
pog„onasi), degan g„oyani ilgari surishsa, faylasuf olimlar (Z. G„ofurov, J. 
Tulenov, Q. Nazarov) fikrlaricha- tanqidiy fikrlash deganda mantiqiy fikrlash va 
isbotlash ko„nikmalari tushuniladi, uning yordamida o„quvchilar diqqat bilan 
o„qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o„z fikrlarini aniq va o„ylab
ifoda etish imkonini oladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilari uchun 
matnning tarkibiy qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta‟sir qilish 
usullarini tanqidiy qayta mushohada qilishga, hamda muallif asarni yaratishda 
amal qilgan sababalarni aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish 
«tanqidiy» deb hisoblanadi.
Dayana Xalperi «Psixologiya kriticheskogo mishleniya» asarida: «Faol va 
interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro„y beradigan jarayon 
tanqidiy fikrlash bo„lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar 
kamroq ta‟sir qiladi, o„zining shaxsiy qarashlar tizimi bo„lgani uchun ular turli 
xavf-xatardan holi bo„ladilar»[59,36],-deb yozadi. Shunga yaqin fikrni boshqa 
amerikalik olimlar Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz Templlarning «Tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish uchun o„qish va yozish» (TFRO„YO) loyihasida ko„rish 
mumkin: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g„oyalar bilan tanishadi, ularni 
amalga oshirishdagi mumkin bo„lgan oqibatlarini ham e‟tiborga oladi. Bunda 
odam bu g„oyalarni dastlab ma‟lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va 
qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun 
qo„shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o„z nuqtai-
nazarini ishlab chiqadi»[60, 18].
O„zbek olimasi Sh. A. Abdullayeva “O„quvchilarda refleksiv mushohada qilish 
ko„nikmalarini shakllantirish” asarida: “Tanqidiy fikrlash - fikr yuritishning 
shunday ko„rinishiki, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya, 
deduksiya)ning barchasi ishtirok etadi [24, 34]»,- deb yozadi. Demak, o„quvchi 
taqdim qilinayotgan o„quv materialini o„zlashtirishi uchun bilish jarayonining 


induktiv (ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran 
harakat qilish) va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pog„onalaridan 
o„tadi. 
Barcha fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosaga kelindi: tanqidiy fikrlash- 
bilim o„zlashtirish va mustaqil fikrlashning yuqori darajadagi tarkibiy qismi 
bo„lib, shaxsning voqea, hodisa, borliqni obyektiv idrok etish imkoniyatini 
kengaytiruvchi aqliy hodisadir. Tanqidiy fikrlashda g„oyalar va ularning 
ahamiyati ko„pfikrlilik nuqtai nazaridan ko„rib chiqiladi hamda ular boshqa 
g„oyalar bilan taqqoslanadi.
Unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo„llash, muammolarni hal qilish yoki yangi 
fikr kashfiyotiga alohida e‟tibor beriladi. Bunda: a) har qanday tanqidiy fikrlash 
jamiyatning ehtiyoji natijasida yuzaga keladi, shakllanadi va ma‟naviy-madaniy 
asoslariga tayanadi. Har qanday tanqidiy fikrlash ijtimoiydir, u insonning odamlar 
orasidagi faoliyati bilan bog„liq; b) tanqidiy fikrlash inson faoliyati shakllaridan 
biridir, ya‟ni jamiyatni, ijtimoiy jarayon va hodisalarni tanqidiy ravishda baholash 
demakdir. U bilish shakllari bilan uyg„unlashib, tabiatni bilish (tabiatshunoslik) 
va tafakkurni bilish (gnoseologiya, mantiq)dan farq qiladi; v) O„quvchilarda 
tanqidiy fikrlash shakllantirilganda, avvalambor ularda bunyodkor g„oyalarni
vayronakor g„oyalardan farqlay olishga o„rgatish lozim. 
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi Qonuni, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi», «Pedagogik ta‟lim Konsepsiyasi» talablari bilan 
hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish zarurligi ta‟kidlangan. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq kamol topayotgan yosh avlodning 
tanqidiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirish uchun muhit yaratildi. Keyingi 
yillarda 
hurriyat 
buyuk 
o„zgartiruvchilik 
mo„jizasini 
ko„rsatib, 
dunyoqarashimizni o„zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda. Voqealar 
rivojini butun mohiyati bilan anglash, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan 
qarashni taqozo etmoqda. 
Shu jihatdan olganda o„quvchilarni «o„qishga o„rgatish», va tanqidiy fikrlashni 
egallashlari muhim vazifalar qatoridan o„rin olmokda. Yangi axborotlarga duch 


kelar ekan, o„quvchilar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-
nazardan qarashi, undan o„z ehtiyoj va maqsadlari yo„lida foydalana olish 
imkoniyati to„g„risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan 
odam bo„lib yetishish uchun o„quvchilar ijodiy fikrlab, o„zini sinab ko„rishi va 
bunga oid malakalarni egallashlari zarur. 
Tanqidiy fikrlash muloqot madaniyatini o„stiradi va guruh bilan ishlash 
malakalarini rivojlantiradi.
O„quvchilarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish natijasida har bir rejali o„quv 
jarayonining didaktik ta‟minoti e‟tiborga olinadi, tahsil oluvchi o„quv materialini 
qanday o„zlashtirayotgani doimiy monitoringi ishlab chiqiladi, ta‟lim 
jarayonidagi muammolarning yechimini topishga harakat qilinadi. Mohir pedagog 
o„quv jarayonida tug„iladigan qiyinchiliklarni boshqalardan ko„ra yaxshiroq 
tushunadi. 
O„quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini shakllantirish shunday uslubiy xizmatni 
talab etadiki, bunda yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmaslik, ularning 
pedagogik dahlsizligini ta‟minlash hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, 
an‟analar orqali ularga ijobiy ta‟sir ko„rsatish lozim bo„ladi. Demak, O„zbekiston 
davlatining har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning 
muvaffaqiyati yosh avlodning mustaqil fikrlashi, keng bilimi, tarbiyasi va 
umumiy madaniyatining shakllanganlik darajasiga bog„liq. Shu sababli, 
jamiyatimizdagi barcha yoshlarda erkin mushohada qilish, tanqidiy fikrlash 
ko„nikmalarini shakllantirish lozimligi ijtimoiy ehtiyoj kasb etadi. 
O„quvchilarga tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o„zlari mas‟ul 
ekanliklarini anglatish lozim. Pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni 
rag„batlantirib turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo„ladi. 
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e‟tiborni qaratish lozim: 
o„quvchida o„ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish; 
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati; 
murakkab muammolarni yechish mahorati; 
dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish; 


yagona fikrni ishlab chiqish uchun o„zaro hamkorlikda ishlash mahorati; 
o„quvchilarda mavjud bo„lgan bilimlar tanqidiy fikrlash ko„nikmalarini 
shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash. 
O„quvchilarni faol o„ylash jarayoniga kiritish, muammoli vaziyatni yechish, 
mantiqiy jarayonlarni oqilona hal etishga o„rgatish bilim o„zlashtirishda ijobiy 
natijalarga olib kelishi muqarrar.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson narsa emas. Bu muayyan yosh davrida 
tugallanishi va unutilishi mumkin bo„lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga 
olib boradigan aniq-ravshan yo„llar yo„q. Biroq, o„qitish shartlarining muayyan 
to„plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlovchilarni tarbiyalash mumkin. 
Jumladan, quyidagi shartlarga alohida e‟tibor berish zarur: 
Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish; 
O„quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish; 
Turli g„oya va fikrlarni qabul qilish; 
O„quv jarayonida o„quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish; 
O„quvchilarni tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish. 
Shu bilan birga, o„quvchilar:
O„z-o„ziga ishonchni rivojlantirib, o„z g„oya va fikrlarining qimmatini 
tushunishlari kerak; 
Ta‟lim jarayonida faol qatnashishlari lozim; 
Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak; 
O„z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo„lishlari yoki undan o„zlarini
tiyishlari lozim.
Tanqidiy fikrlash xususiyatlari quyidagilar: 
tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir; 
axborot- tanqidiy fikrlashning boshlanishidir; 
tanqidiy fikrlash savolning qo„yilishi va hal qilinishi zarur bo„lgan muammoni 
aniqlashdan boshlanadi; 
tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi; 
tanqidiy fikrlash-ijtimoiy fikrlashdir. 


Birinchidan, tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir. 
Boshlang„ich sinflarda mashg„ulot tanqidiy fikrlash tamoyillari bo„yicha 
yaratilar ekan, har bir ishtirokchi boshqalarnikidan mustasno holda o„zining 
g„oyasi, qadriyatlarni baholashi va ishonchiga ega bo„ladi. Demak, fikrlash yakka 
tartibli harakterga ega bo„lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb atash mumkin. 
Boshlang„ich sinf o„quvchilari o„z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga ham
o„zlari javob topa olish erkinligiga ega bo„lishi kerak. Qanday fikrlash zarurligini 
har bir o„quvchi o„zi uchun o„zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik tanqidiy
fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning
boshlanishidir. Bilim o„quvchini tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo„lib 
hisoblanadi. Murakkab fikrni yaratish uchun anchagina «xom ashyo»- dalillar
g„oyalar, matnlar, nazariyalar, ma‟lumotlar, konsepsiyalarni qayta ishlash zarur.
Uzluksiz ta‟lim tizimida tahsil olayotgan har qanday yoshdagilar ham tanqidiy 
fikrlash qobiliyatiga ega bo„lishadi, hatto birinchi sinf o„quvchilarida ham hayotiy 
tajriba va bilimlar mavjud bo„ladi. Bolalarning fikrlash qobiliyatlari o„qitish 
natijasida yanada takomillashib boradi. Hatto juda yosh bolalar ham tanqidiy 
fikrlash va butunlay mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega. Aynan tanqidiy fikrlash 
tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik va anglashuvchanlik, uzviylik va 
samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo„yilishi va hal qilinishi zarur bo„lgan 
muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o„z tabiatiga ko„ra qiziquvchandir. 
Biz biron-bir yangilikni sezar ekanmiz, albatta uning mohiyatini bilishni 
xohlaymiz. Qandaydir tarixiy obidani ko„rar ekanmiz, bizda uning ichkarisiga 
kirish istagi paydo bo„ladi. «Barcha hayvonot olamida,- deb yozadi kimyogar va 
faylasuf Mikayel Poloniy,- uning eng sodda shakli bo„lgan chuvalchangdan, 
ehtimol hatto amyobadan boshlab, biz abadiy ehtiyotkorlik harakatini, ehtiyojni 
bevosita qondirishga bog„liq bo„lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: har qanday 
jonli mavjudotni o„z atrofini aql-zakovat bilan nazorat qilishga intilishini 
kuzatamiz»[53,56]. Qiziquvchanlik har qanday tirik mavjudotning ajralmas 


xususiyatidir. Bu xususiyat yosh bolalarda ayniqsa quchli bo„ladi. Biroq, har 
qanday bosqichdagi haqiqiy bilish jarayoni o„quvchining muammoni hal qilishi, 
o„zining shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bo„lgan savollarga javob 
izlashi bilan belgilanadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, boshlang„ich sinf o„qituvchisi darsga 
tayyorgarlik ko„rar ekan, o„quvchilar to„qnashishi mumkin bo„lgan muammolar 
doirasini aniqlashi, so„ngra esa, o„quvchilarni bu muammolarni o„zlari mustaqil 
ravishda shakllantirishlariga tayyorlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tufayli o„qitish 
aniq maqsadga yo„nalgan, mazmunli faoliyatga aylanishi hamda bu faoliyat 
davomida o„quvchilar haqiqiy aqliy ish bajarib, hayotiy muammolarni hal 
qilishga qodir bo„lishlari lozim. Ularni dalillar asosida matnlarni tahlil qilishga, 
teng kuchli nuqtai-nazarlarni taqqoslab hamda jamoa imkoniyatlaridan 
foydalanib, o„zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishga undash ta‟limni 
texnologik yondashuvlar asosida qurishga zamin yaratadi.
To„rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlovchi
kishi muammoning o„z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona, asosli 
dalillar bilan mustahkamlaydi. O„quvchi boshqa qarorlar bo„lishi mumkinligini 
ham tan olishi mumkin, lekin o„zi tanlagan qaror boshqalarnikiga nisbatan eng 
mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qilishi ta‟lim jarayonining 
samaradorligini oshiradi.
Har qanday ishonchli dalil uch asosiy qismdan iborat bo„lib, tasdiqlash-dalil 
markazi, uning mazmuni bo„lib hisoblanadi (ba‟zan u tezis, asosiy g„oya yoki 
qoida deb yuritiladi). Tasdiqlash bir necha dalillar bilan mustahkamlanadi. 
Dalillarning har biri o„z navbatida isbotlar bilan mustahkamlanadi. Statistik 
ma‟lumotlar, matn parchasi, shaxsiy tajriba, umuman olganda, ushbu ishonchli 
dalillarni isbotlashga yordam beruvchi va muhokamaning boshqa ishtirokchilari 
tomonidan tan olinishi mumkin bo„lgan barcha g„oyalardan isbotlovchi sifatida 
foydalanish mumkin. Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha 
qismlari tasdiq, dalil va isbotlash negizida, uning to„rtinchi qismi bo„lgan asos 


turadi. Asos- bu muayyan yo„naltiruvchi boshlang„ich nuqta bo„lib, u notiq uchun 
ham, yoki yozuvchi va uning muxlislari uchun umumiy hisoblanadi.
Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarni mavjud bo„lishi, ularni 
giperbolik tarzda (oshirib ko„rsatilishi), yoki qabul qilinishi mumkinligini ham 
hisobga olgandagina o„z samarasini ko„rsatadi. Boshqacha nuqtai-nazarlarning 
tan olinishi ishonchli dalillarning ta‟sir kuchini yanada oshiradi. O„ta ta‟sirchan 
dalillar bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro„ga ega 
bo„lgan fikrga ham qarshi tura oladi, amaliyotda bunday kishining fikrini 
o„zgatirish mumkin emas.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash- ijtimoiy bo„lib hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy 
organizmdir). Har qanday fikr, agar u boshqalar bilan o„rtoqlashilgandagina
o„tkirlashadi yoki faylasuf Xanna Arendt yozganidek:
«...kimningdir huzurimda bo„lishi, meni barkamollikka erishtiradi»[35, 119]. 
Bahslashuvda, o„qiganimizda, muhokamada ishtirok etganimizda, e‟tiroz 
bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda, biz o„z nuqtai nazarimizni 
aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz, shuning uchun ham o„quvchilarda 
tanqidiy fikrlashni shakllantirishni mo„ljallagan o„qituvchi o„z mashg„ulotlarida 
juftlikda yoki guruhlarda ishlashning turli shakllaridan samarali foydalanishga
intiladilar. Umuman olganda, tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayoni o„quvchi 
shaxsini konstruksiyalashga nisbatan anchagina keng ma‟nodagi vazifalarni hal 
qiladi.
Tanqidiy fikrlash (boshlang„ich sinf o„quvchilari misolida)yozma ishda 
yaqqolroq namoyon bo„ladi. “Yozuvda,-deb ta‟kidlaydi S.S. G„ulomov fikrlash 
jarayonini kuzatish mumkin bo„ladi va bu o„qituvchi uchun ham qulaylik 
yaratadi. Yozayotgan o„quvchi doimo faol bo„ladi. U doim mustaqil fikrlaydi va 
bunda u o„zida mavjud bo„lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o„z fikrini
mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib 
tashlaydi. Bundan tashqari u o„z tabiati jihatidan ijtimoiy harakterga ega bo„ladi. 
Chunki, xat yozuvchi, uni o„qiydiganga mo„ljallab yozadi. O„quvchi uchun eng 
qimmatlisi - o„qituvchining uning ishiga qiziqishi va unga hurmat bilan qarashi, 


o„z fikrlari to„g„risida sinfdoshlari, boshqa o„qituvchilar, ota-onalar va hatto 
notanish kishilar bilan o„rtoqlashish imkoniyatiga ega bo„laganligidir” [194,36].
Shunday ekan, yozishni tanqidiy fikrlashning eng muhim vositasi deb hisoblash
mumkin.
Tanqidiy fikrlash asoslari uch bosqichdan iborat bo„lib, ular: ilm o„rganishga 
qiziqish uyg„otish, ya‟ni motivatsiya hosil qilish, o„zlashtirilgan bilimlarni idrok 
qilish hamda ularni mushohada qilish ( refleksiya)dir. 
Tanqidiy fikrlash motivatsiya bosqichidan boshlanadi, uning davomida 
o„quvchilarning fanga nisbatan qiziqishi uyg„onadi, zarur savollar tug„iladi va
bilimlarni egallash uchun falsafiy kategoriya «sabab» shakllanadi. Shundan 
keyingina o„zlashtirilgan bilimlarning ma‟nosini anglash, idrok etish bosqichida 
o„quvchilar yangilikni izlash uchun rag„batlanadilar. Bolaning refleksiya
bosqichi ta‟lim jarayonining kulminatsiyasi bo„lib hisoblanadi. Uning davomida 
o„quvchilardan o„z bilimlarini umumlashtirish, bilib olgan narsalarni bungacha 
bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollariga javoblarni qay darajada
olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi savollarni shakllantirish), 
egallangan bilimlarni o„zga muammolarga nisbatan qo„llash, tayyor axborot 
haqida mushohada yuritish, munozara qilish va tug„ilgan g„oyani himoya qila 
olish kabilar uchun zamin yaratiladi. 
Boshlang„ich sinflarda o„quvchilarning erkin mushohada yuritishlari uchun, 
avvalambor motivatsiya bosqichining ahamiyati kattadir, unda yangi bilimlar, 
o„zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish anchagina kuchli bo„ladi. 
Motivatsiya bosqichida faoliyatning bir nechta bilim beruvchi muhim turlari
amalga oshiriladi. Birinchidan, kichik maktab yoshidagi o„quvchi mazkur mavzu 
to„g„risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o„z bilimlarini
tahlil qilishga va tez orada batafsil ko„rib chiqiladigan mavzu haqida o„ylashga 
majbur etadi.
O„quvchilar yangi bilimlarini oldin bilgan va tushunganlar kontekstida qabul 
qilsa, unda bilim o„zlashtirish darajasi yuqori bo„ladi. Agar axborot o„quvchiga
oldingi bilimlar bilan bog„lanmasdan taqdim etilsa, u tez xotiradan yo„qoladi.


Ta‟lim jarayoni - yangi bilimlarni avvaldan ma‟lum bo„lgan axborot bilan 
bog„lash jarayoni ekan, boshlang„ich sinf o„quvchilarining yangi tasavvurlari 
ilgarigi bilimlari va tasavvurlari asosida kengayadi. O„quvchilarga ilgarigi bilim 
va tasavvurlarini sintez qilishga yordam berish didaktikada muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Motivatsiya bosqichining ikkinchi maqsadi- o„rganilayotgan axborotni tezkorlik 
bilan idrok etishga qiziqishni kuchaytirishdan iboratdir, chunki ta‟lim- intilish 
talab etadigan intensiv faoliyatdir.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi 
ma‟lumotga tanqidiy yondashishlari uchun ta‟lim jarayonida faol qatnashishlari 
kerak. O„quvchi belgilangan maqsad asosida o„ylab, fikrlarini o„z so„zlari bilan 
ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o„ziga va sherigiga)
og„zaki yoki yozma nutq yordamida, faol fikrlash orqali sodir bo„ladi. Shunday 
qilib, o„quvchilarga yangi axborotni avval bilganlari bilan samarali bog„lashga 
imkoniyat yaratish, ularda tanqidiy fikrlashga o„rgatishga zamin tayyorlaydi. 
Motivatsiya bosqichining uchinchi maqsadi- o„rganilayotgan mavzu bo„yicha 
o„quvchida oydinlashtirilgan maqsadni tushunishga zamin hozirlashdan iborat. 
Motivatsiya va maqsadning hosil bo„lishi o„quvchilarning faolligini yanada 
oshiradi.
Mustaqil ravishda tanlangan maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan 
maqsadlardan kuchliroq bo„ladi. Shaxsiy qiziqish xususiy maqsadni belgilaydi. 
Agar barqaror qiziqish bo„lmasa, o„quv faoliyatining motivatsiyasi susayadi. 
Umuman olganda o„quvchi o„z savollariga javob olishi orqali haqiqiy 
tushunishga erishadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin