O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


- мавзу: Pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

12- мавзу: Pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari, 
jarayonlari, turlari va natijalari. 
Режа:
 
1. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari.


2. Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari.
3. Pedagogik texnologiyalarning turlari.
4. Pedagogik texnologiyalarning tajriba-sinov natijalari. 
Tayanch tushunchalar: pedagog, texnologiya, jarayon. Tur, natija, 
kafolatlangan natija 
Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo„llarini 
doimo izlab kelgan va o„z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib 
kelgan. Ko„zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki 
usullar majmuasini topish ilinjida bo„ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo 
bo„ldi. Pedagogik tajriba to„planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila 
bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o„sib 
borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O„qitishdagi doimiylik, 
rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o„z yechimini kutar edi. 
O„quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo„yilishi, shu bilan bog„liq o„qitishdan 
kutilgan natijaning yo„qligi, an‟anaviy ta‟lim maktabining kamchiligi hisoblanadi. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta‟lim muassasasi, o„qitishdan 
kutiladigan natija yo„qligidek, ortiqcha daxmazaga yo„l qo„ya olmaydi. O„qitish 
natijasi aniq va erishiladigan bo„lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga 
ehtiyoj ham noaniq bo„ladi va ular talab qilib olinmaydi. An‟anaviy o„qitish 
maktabiga tayangan oliy ta‟lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa 
sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir 
bo„lmaydi. Shuning uchun, o„quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini 
oshirish, o„qitish natijalarini yaxshilashning eng samarali yo„llarini izlash ishlari 
uzluksiz davom ettirilmoqda. O„qitish sifatini oshirish, obyektiv zaruriyatga 
aylanganligi tufayli, alohida o„qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o„tish 
muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O„quv jarayonini birinchi marta ushbu 
tarzda talqinlash Y.A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin. 
Komenskiy asarlarida, inson tabiati qonuniyatiga uyg„unlashgan o„qitish tartibini 
izlash urinishlari mavjud. O„qitish texnologiyasining asosiy elementlari - dars 


tamoyili, sinf tamoyili, o„qitishning predmetligi, o„quv materialini bayon etishning 
umumtartibi – aynan Y.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, bu esa uning 
pedagogik tizimining individual jamiyatdagi uning ommaviy so„ngra umumiy ta‟limi 
ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta‟minlaydi. U o„qitishning yagona 
takomillashgan usulini ko„z oldiga keltirib, uni soat mexanizmining aniq va ravon 
ishi bilan taqqoslagan edi. Komenskiy Y.A. bu haqda - «O„qitish san‟ati - vaqt, fanlar 
va usullarning mohirona taqsimotidan boshqa hech narsani talab etmaydi. Agar biz 
bu taqsimotni aniq o„rnata olsak, maktab yoshlarini ularning soni qanchaligidan 
qat‟iy nazar, tipografiya asboblari bilan minglab qog„ozlarni nafis harflar bilan 
bezatishdan yoki Arximed mashinasini o„rnatib, uylar, minoralar yoki xilma-xil 
og„irliklarni ko„chirishdan, yoki minglab kemada okeanni kesib o„tib, Yangi Olamga 
(Amerikaga) jo„nab ketishdan ham osonroq bo„ladi. Hamma narsa soatdek yengillik 
bilan, shunday zavq va shavq bilan oldinga yuradiki, shunday zavq va shavq bilan 
unga o„xshash avtomatni kuzatamiz va nihoyat, faqat bunaqa epchil asbobda 
erishilishi mumkin bo„lgan ishonch bilan unga qaraymiz. Shunday qilib, Olloh taolo 
haqi, soatga to„la o„xshagan shunday maktab tuzilmasini ishlab chiqishga urinib 
ko„ramiz». 
O„quv maqsadlarining turli-tumanligi, ta‟lim mazmuni elementlarining xilma-xilligi 
(o„quv materiali turlari), talabalarning individual xususiyatlari oliy darajadagi yagona 
o„qitish usuliga erishishga to„sqinlik qiladi. O„qitish amaliyotida, o„qitishning turli 
tuman yo„llari, usullari va shakllari keng qo„llaniladi. Ammo o„qitishda yagona 
samarali (integral) yondashuv sohasidagi izlanishlar jadallik bilan hamon davom 
ettirilmoqda. O„qitishni, o„ziga xos ishlab chiqarish texnologik jarayonga aylantirishi 
mumkin bo„lgan didaktik yondashuvlar, didaktik vositalarni izlash davom etmoqda. 
50-yillarda o„quv jarayoniga mashinalarni kirib kelishi va tarqalishi bilan, pedagogik 
texnologiyalarni rivojlanish bosqichi boshlandi. Bu paytda sanoat ishlab chiqarishida 
yangi ilmiy yo„nalish – sistemotexnika paydo bo„ldi va u «odam-mashina» 
majmualarini yaratish masalalarini yechib berdi. Ushbu ilmiy yo„nalishda «odam-
mashina» tizimida odamning rolini aniqlash muhim ahamiyatga ega, hozirgi kunda 
ushbu muammo yechimining uch bosqichini ko„rsatish mumkin: 


Birinchi bosqich - «mashina hamma narsaga qodir» tamoyilini qo„llab, 
mashinani odamga bog„liqsiz loyihalash. 
Ikkinchi bosqich - vazifalarni odam va mashina o„rtasida taqsimlash tamoyili 
asosida, odam bilan mashinaning o„zaro ta‟sir jarayonlarini o„z ichiga oluvchi 
mashinalarni loyihalash. 
Uchinchi bosqich - odamni texnik tizimning tarkibi sifatida qarashdan voz 
kechish bilan belgilanadi, loyihalash asosiga odam faoliyati tamoyili qo„yiladi, 
ya‟ni odam faoliyati tizimi loyihalana boshlandi. Faoliyat tizimi o„zining 
funksional birliklaridan iborat mazkur bosqich, industrial jamiyat o„rniga 
kelayotgan, informatsion yoki postindustrial deb ataluvchi yangi jamiyatning 
rivojlanayotgan elementlariga yo„naltirilgan. Yangi jamiyatning taraqqiyoti, 
bilimlarni to„plash va qayta ishlash jarayonlarida inqilobiy shartni qo„yadi, 
bunda markaziy rolni telekommunikatsiyalar tarmog„iga ulangan kompyuter 
bajaradi. Informatsiya (axborot) bosh tovar mahsulotga aylanadi, uni yaratish 
qobiliyati esa mamlakatning strategik resursiga aylanadi. Ishlab chiqarishda 
yangi yuqori texnologiyali tarmoqlar paydo bo„ladi, mavjudlarining esa shakli 
keskin o„zgaradi. 
Ishlab chiqarishdagi o„zgarishlar, yangi turdagi xodim paydo bo„lishiga olib 
keladi. Xodimning bu turi o„zining quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi: u 
ko„proq mustaqil, ijodiy fikr qiladi, endi u mashinaga qo„shimcha qism 
hisoblanmaydi. Qo„l asboblari to„plamiga ega bo„lgan sanoatlashmagan 
davrning, hunarmand ustasidek, yangi intellektual ishchilar, bilimlar, mahorat, 
axborotlar kabi ma‟naviy asboblar to„plamiga egalar. 
Intellektual ishchilar doimiy o„zgarishlar, muammolar, vaziyatlarga 
moslashuvchan bo„ladilar. Ular o„z ishlarini qattiq nazoratsiz, o„z hohishlariga 
ko„ra, ijodiy, erkin bajarishga moyil bo„ladilar. Ular o„zlarida iste‟dodli shaxsni 
ifoda etadilar. Qayerda intellektual ishchi faoliyati uchun sharoit yaratilgan 
bo„lsa aynan shu yerda ishlab chiqarish raqobatbardosh va daromadli bo„ladi. 


Bunda ishlab chiqarishning sifati va samaradoligiga ishchilarning muskul 
energiyasi, texnik malakasi orqali emas, balki uning omilkorligi, ma‟lumoti, 
harakatchan fikrlash qobiliyati va ishga ijodiy munosabati orqali erishiladi. 
Postindustrial jamiyat xodimini shakllantirish uchun, jamiyat ishlab 
chiqarishning yangi talablariga javob beradigan, yangi ta‟lim texnologiyasi zarur 
bo„ladi, yangi turdagi xodim uchun yangi turdagi pedagog mos keladi. Sistema 
texnika majmuasi taraqqiyotining uch bosqichiga mos, ta‟lim tizimida 
o„qituvchining uch turli maqomi, pedagogik faoliyatning uch turini alohida qayd 
etish mumkin. 
Pedagogik faoliyatning birinchi turi, shu bilan xarakterlanadiki, o„qituvchi o„z 
ishining ustasi hisoblanadi, nodir bilimlar, ko„nikmalar tashuvchisi, shaxsiy 
tajribaga, pedagogik qobiliyatga ega bo„ladi (qadimgi davrdagi hunarmandga 
o„xshash). Uning «asboblari» - yo„llari, usullari individual bo„lib, pedagogik 
iste‟dodining mevasidir, qo„llanmalar, ko„rgazmali va texnik vositalar unga 
meros qolgan yoki o„zi tomonidan ishlab chiqilgan. 
Pedagogik faoliyatning ikkinchi turi, shu bilan xarakterlanadiki, unda o„qitish 
tajribasi umumlashtiriladi, tizimlashtiriladi va ilmiy fan ko„rinishini oladi. 
Bunga, kitob chop etishning paydo bo„lishi, pedagogik mehnatning bo„linishi va 
ixtisoslashuvi sabab bo„ldi. Bu yerda pedagogik jarayon, oqilona tashkil etilgan, 
o„qitish ma‟lum qoidalar bo„yicha amalga oshiriladi. Ushbu sharoitlar bilimni 
obyektivlashtirish imkonini berdi. O„qituvchi sanoatlashgan (industrial) 
jamiyatning ishlab chiqarish xodimiga o„xshab, sanoatlashgan (industrial) 
turdagi xodimga aylanadi. 
Pedagogik faoliyatning uchinchi turi shu bilan xarakterlanadiki, u pedagogik 
texnologiya asosida amalga oshiriladi, o„qituvchining holatini, zamonaviy 
kompyuterdan foydalanuvchi holati bilan taqqoslash mumkin. O„qitish 
texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, shaxsga 
yo„naltirilgan o„qitish texnologiyalari hisoblanadi. 


«Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish - texnologik sohasidan 
olingan, o„ziga xos ma‟lum qoida va tamoyillarga ega bo„lgan, «texnologiya» 
tayanch iborasini o„z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni 
tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-
tadqiqot konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi. 
Oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham shunga o„xshash tadbirlar 
majmuasini o„z ichiga oladi. Oliy ta‟lim sohasida kadrlar tayyorlash bosqichlari 
va ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari juda o„xshashdir.
Ishlab chiqarishni tayyorlashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar natijasi 
bo„yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta‟lim esa davlat ta‟lim 
standartlari (ta‟lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) tayyorlanadi. 
Oliy ta‟limning Davlat ta‟lim standarti kadrlar tayyorlash sifatiga, ta‟lim 
mazmuniga qo„yilgan talabalar; ta‟lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va 
yetarli darajasi; ta‟lim muassasalari bitiruvchilariga qo„yilgan malakaviy talablar, 
o„quv yuklamasining maksimal hajmi; ta‟lim muassasalari faoliyati va kadrdar 
tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo„l-yo„riqlarini belgilaydi. 
Mamlakatimizda oliy ta‟lim sohasi ilmiy tadqiqot ishlari va davlat ta‟lim 
standartlari loyihalarini ishlab chiqish oliy va o„rta maxsus ta‟limni rivojlantirish 
Markazi hamda ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha tayanch oliy ta‟lim muassasalari 
tomonidan bajariladi. 
O„qitish jarayoni bilan ishlab chiqarish texnologik jarayon taqqoslash asosida – 
pedagogik texnologiya o„zida o„qitishning zamonaviy samarali shakl va 
usullarini qamrab olganidek, zamonaviy ishlab chiqarish - texnologik jarayon 
ham mahsulot tayyorlashning eng samarali usullarini qamrab olishini ta‟kidlash 
mumkin.Ishlab chiqarishni tayyorlashning ikkinchi bosqichida konstruktorlik 
tayyorgarlik bajarilgandan so„ng ishlab chiqarishning tayyorgarligi amalga 


oshiriladi, uning o„zagini – detallarni tayyorlash, mashina uzellari va 
agregatlarini yig„ish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish - tashkil etadi. 
Texnologik jarayonlar – texnologik xaritalar va ularning to„plamlari ko„rinishida 
rasmiylashtirildi. Texnologik jarayonning texnologik xarita ko„rinishida aks 
ettirilishi, yuqori malakaga ega bo„lmagan ishiga, yuqori sifatli mahsulot 
tayyorlash 
imkoniyatini 
beradi, 
chunki 
texnologik 
xarita 
mahsulot 
tayyorlashning barcha bosqichlari – materiallar, tayyorlash, jihozlar, texnologik 
operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi, ishlov berish sharoitlari, asboblar, vaqt 
meyorlari, sifat nazorati vositalari keltiriladi. Ishlab chiqarish - texnologik 
jarayon, - minimal material va insoniy manbalar xarajatlari, ishlab chiqarishning 
maksimal mehnat unumdorligi va rentabelligi bilan zaruriy sifatdagi mahsulot 
olinishiga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayonsiz, zamonaviy 
samarali ishlab chiqarish bo„lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish sohasiga 
o„xshab, ta‟lim sohasida davlat ta‟lim standartlari yaratilgandan so„ng (ta‟lim 
«konstruksiya»si barpo etilishi) – texnologik tayyorgarlik amalga oshiriladi 
(namunaviy o„quv rejalar, fanlarning namunaviy o„quv dasturlarini darslik va 
o„quv qo„llanmalar tayyorlash, laboratoriya jihozlari, o„qitishning texnik 
vositalari loyihalash, tayyorlash va sotib olish, o„quv ishlarini hisoblash uchun 
vaqt meyorlarini o„rnatish va h.k.), u ta‟lim jarayonini tartibga soladi, ta‟lim 
muassasasini va kadrlar tayyorlash sifatini baholaydi.Pedagogik texnologiya, 
ommaviy ta‟lim sharoitida davlat ta‟lim standartlari talablari darajasida kadrlar 
tayyorlashni ta‟minlaydi.O„quv jarayonining texnologik tayyorgarligi o„qitish 
jarayonini (ishlab chiqarish - texnologik jarayonda, bu mahsulot tayyorlashning 
texnologik operatsiyalari, uni maqbullashtirish va samaradorligini o„z ichiga 
oladi. O„qitish jarayonini birxillashtirish (unifikasiyalash), o„qitishda maksimal 
samaradorlikka yetishish, pedagogik texnologiyani yaratish va qo„llash orqali 
erishiladi.Pedagogik texnologiya negizida, pedagogik ilmiy usul va malakalari, 
ishlab chiqarishning usul va malakalaridek, o„quv jarayonini ro„yobga 
chiqaruvchi obyektiv mantiqiy imkoniyatlar sifatida mavjud bo„lishi mumkinligi 
haqidagi, tasavvur yotadi. 


Ishlab chiqarish sohasida ushbu imkoniyatlar qanday ro„yobga chiqarilsa, 
pedagogik ishda ham shunga o„xshash jarayon sodir bo„ladi. Yuqori malakali 
pedagog o„zning pedagogik qobiliyati tufayli bu imkoniyatlarni aniqlaydi va 
ularni ishlab chiqadi. 
O„qitish jarayonining mavjud obyektiv qonuniyatlarni o„rganish va qo„llash, 
o„qitishda zaruriy natijaga erishish, ma‟lum darajada hattoki pedagog va 
talabaning qobiliyatiga bog„liq emas degan xulosaga olib keladi. 
Pedagogik jarayon qanchalik chuqur ishlangan va obyektlashgan bo„lsa, uni 
ro„yobga chiqarish uchun, shunchalik kam qobiliyat talab etiladi. Ushbu, 
ommaviy ta‟limning butun amaliyotida o„z tasdig„ini topdi. Bundan tashqari 
kompyuterli o„qitishni joriy etish amaliyoti, odamning bevosita ishtirokisiz ham, 
o„qitishning usul va yo„llari tizimi, amalga oshirilishi mumkinligini 
ko„rsatmoqda. 
Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda qo„yilgan 
maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o„quv jarayoni yaratiladi va ro„yobga 
chiqariladi.Ishlab chiqarish texnologik jarayon ma‟lum mahsulot uchun 
ishlanganidek, xuddi shunday pedagogik texnologiya ham har qaysi fan uchun 
o„qitish texnologiyasining asosiy elementlarini o„z ichiga olgan umumiy 
uslubiyot asosida ishlab chiqiladi.Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, 
ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o„qitish sharoitida, talabalarni 
to„la o„zlashtirishini ta‟minlovchi yagona to„g„ri yo„ldir.Pedagogik texnologiya, 
ishlab chiqarish texnologik jarayondek, rejalashtirilgan natijaga erishishni 
kafolatlaydi. 
1.3. Pedagogik texnologiya tamoyillari. 
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida, «Pedagogika» va «Texnologiya» 
fanlar ulashuvida paydo bo„lgan, pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi. 
Har bir mustaqil fan o„z mohiyatiga ko„ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi 
o„zining tamoyillariga ega bo„ladi, pedagogik texnologiya tamoyillari, 


«Pedagogika» va «Texnologiya» fanlarining negizini tashkil etuvchi qoidalar 
yig„indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, 
mazmunining tahliliga ko„ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan: 
ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, yo„naltirilganlik, faoliyatli yondashuvlik, 
boshqariluvchanlik, tuzatuvchanlik, natijaviylik, qayta takrorlanuvchanlik, 
tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o„zaro bog„liq bo„lib, biri birini talab etadi va 
to„ldiradi. Bu tamoyillar asosida o„quv jarayoni tashkil etiladi, ya‟ni uning 
tayyorgarligi va o„qitish jarayoni amalga oshiriladi. 
Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning 
yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko„rinishidagi mazkur 
tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori 
malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi. 
1. Ilmiylik tamoyili. 
Bu tamoyil har qanday o„quv predmeti, o„quv materiali fanining zamonaviy 
yutuqlariga tayanishi lozimligini ko„rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o„quv 
dasturlar, o„quv qo„llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga 
oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o„quv rejalari va 
o„quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg„ulot o„tkazish talab 
etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o„rganiladigan predmetlar xarakterining 
asosiy ko„rsatkichlari hisoblanadilar. Ilmiy axborotni ifoda etilish aniqligi va 
qat‟iyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga, juda katta e‟tibor qaratishni talab 
etadi. Oliy maktabda, ilmiylik birinchi navbatda obyektiv olam qonuniyatlarini 
ochish bilan uzviy bog„liq va fanlararo bog„lanishlar va fanlarning o„zaro 
ta‟sirini shakllanishini talab etadi. 
Ushbu tamoyilning Oliy maktabda ro„yobga chiqarishi uchun, barcha 
o„qituvchilar tomonidan majburiy ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarning olib 
borilishini va bu ishga talabalarni jalb qilinishi taqozo etiladi. Bu talabalarda 
ajoyib va nostandart yechimlar qabul qilish, individual va ijodiy ishlash 


malakalarini hosil qilish, ilmiy adabiyot va axborotlardan foydalanish 
ko„nikmalarini, ularda tanqidiy fikrlash, bilimlar harakatchanligi, tez 
o„zgaruvchan 
sharoitlarga 
moslashish 
– 
qobiliyatlarini 
rivojlanish 
imkoniyatlarini shakllantiradi. Oliy maktabda o„quv jarayoni doimo harakatdagi 
jarayondir, shuning uchun u doimiy ravishda nafaqat fan va texnikaning holatini, 
balki ularning zamonaviy taraqqiyoti barcha xususiyatlarini e‟tiborga olishni 
talab etadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin