O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


- мавзу: Innovatsion pedagogika predmeti amalda tatbiq qilinadigan



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

13- мавзу: Innovatsion pedagogika predmeti amalda tatbiq qilinadigan 
vazifasi 
Reja:
1.Innovatsion pedagogika.
2.Pedagogikaning qanday bo'lishi va uning vazifasi.
3.Innovatsion pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Innovatsion pedagogikaning rivojlanishi va umumiy g'oyasi.
5.Innovatsion potentsial, innovatsion muhit, yangi jarayon.
6.Madaniyat va texnika «Innovatsiya» tushunchasini ishlab chiqish.
7.Tarbiya tizimida innovatsiyalar.
9.O'qituvchii pedagogik faoliyatida psixologik to'siqlar 
 


14- мавзу: Kreativlik. Kreativlik muammosiga zamonaviy yondashish 
Reja:  
1.Kreativ dars tuzulishining texnologiyalari.
2.Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
3.Tafakkur olamida ijodiy fikirlashning o'rni.
4.Boshlang'ich sinflarda ijodiy tasavyurni rivojlantirish imkoniyatlari. 
Tayanch tushunchalar: kreativlik, kreativlikni rivojlantirish, kreativlikni 
rivojlantirishga to„sqinlik qiluvchi omillar, kreativ potensial, pedagogik 
kreativlik, pedagogning kreativ potensiali, kreativ potensialning tarkibiy asoslari 
va tamoyillari, pedagogning kreativ potensialini aniqlovchi mezonlar.
1. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati. 
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo„llanila 
boshlaganiga hali u qadar ko„p vaqt bo„lmadi. Biroq, o„qitish jarayoniga 
innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo„lgan ehtiyoj 
“Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet 
sifatida shakllanishini ta‟minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi
umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o„qitish 
metodikasi, ta‟lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik 
g„oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari 
mutaxassis, shu jumladan, bo„lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari 
uchun zarur shartsharoitni yaratishga xizmat qiladi. Shaxsning mutaxassis sifatida 
kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o„z mohiyatiga ko„ra jarayon tarzda namoyon 
bo„ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol 
topish, rivojlanish g„oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy 
faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo„lgan jarayonda kechadi. Ijodkor 
shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o„zgarishining 
o„zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlar hamda inson ontogengizi – 
tug„ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo 
etadigan faoliyat mazmuniga bog„liq. Ma‟lumki, kasbiy tajriba bilim, ko„nikma 
va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat 
ko„nikmalarining o„zlashtirilishi nafaqat amaliy ko„nikma va malakalarning 


integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va 
vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik 
metodologiyasidan xabardor bo„lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ 
xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o„zlashtirilishi talab etadi. 
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o„zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy 
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash 
mumkin. Ushbu jarayonning sur‟ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, 
shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy 
muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog„liq. Zamonaviy sharoitda 
pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo„lishi taqozo etadi. So„nggi yillarda 
yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta‟lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik 
sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e‟tibor qaratilmoqda. Buni 
Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), 
Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan 
olib borilgan ko„plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko„rish mumkin. Birgina 
Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod 
etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. 
Qolaversa, o„qituvchilar kreativlik asoslarini o„rganishga jiddiy kirishganlar 
(Begetto, Kaufman, 2013 y.). O„qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ 
yondashuv ko„nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir 
adabiyotlar chop etilyapti, Ta‟lim departamenti tomonidan tayyorlangan video 
lavhalarga asoslanuvchi noan‟anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta‟lim 
departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, 
ko„pchilik o„qituvchilar hali hanuz shaxs (o„zlarida hamda talabalarda kreativlik 
sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o„zlashtira olmayaptilar. 
Ta‟lim tizimini boshqarish organlari har yili ta‟lim muassasalarida yuqori 
samaradorlikka erishishga e‟tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o„quv dasturini 
ishlab chiqiladi, yangi o„quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham 
o„qituvchilarni kasbiy o„sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy 
harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg„a intilishga bo„lgan ehtiyojni 


muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o„quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar 
rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o„quv yilining oxirida kelib oliy ta‟lim 
muassasalarida talabalarning fanlarni o„zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy 
natijalar kuzatilmayapti. Ko„plab talabalarning ta‟lim olishga nisbatan qiziqishi 
yo„qolgan. Buning natijasida o„qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan 
kasbiy faoliyatni tashkil etishni o„ylashmayapti. Ta‟lim tizimini boshqaruvchi 
organlar ta‟lim olishga nisbatan xohish-istagi bo„lmagan talabalar, bu kabi ta‟lim 
oluvchilarni o„qitishni istamayotgan o„qituvchilar faoliyatini o„zgartirish borasida 
yangidan-yangi choratadbirlar belgilansa-da, ahvol o„zgarishsiz qolmoqda. 
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o„ylab, rejalashtirilib 
qo„yilishi talabalar uchun qiziq bo„lmayotgandir, balki balki ta‟lim mazmunining 
muayyan 
qolipga 
solinganligi 
talabalar 
uchun 
hech 
qanday 
stimul 
bermayotgandir, rag„bat bildirmayotgandir. O„quv mashg„ulotlarining avvaldan 
rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni 
shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g„oyalarni o„ylab 
topishga majbur qilish ta‟lim olishga bo„lgan munosabatni o„zgartirish, ularni 
yutuqlarga erishishga rag„batlantirishda asosiy omil bo„lar. O„quv 
mashg„ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi . Shaxsda kreativlik 
sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to„laqonli anglash uchun 
dastlab “kreativlik” tushunchasining ma‟noni tushunib olish talab etiladi. Ken 
Robinsonning fikriga ko„ra, “kreativlik – o„z qiymatiga ega original g„oyalar 
majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o„z tadqiqotlarida tushunchani 
shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy 
harakat bo„lib, u o„zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma‟lum amaliy 
qiymatga ega bo„lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai 
nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo„yicha o„zlashtirilgan puxta 
bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko„nikmalarga ham ega bo„lish” 
demakdir. Ko„plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o„rtasidagi aloqadorlik 
xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o„rtasida hech 
qanday bog„liqlik yo„q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va 


intellekt darajasi bir-biriga bog„liq ekanligini ta‟kidlaydilar (Kim, 2005 y.). 
“Kreativlik” tushunchasi o„zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G„arb 
kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik 
negizida noan‟anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg„usi va 
erkinlik mavjud bo„lishiga e‟tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; 
Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta 
tug„ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 
y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g„arblik va sharqliklarning kreativlik 
borasidagi qarashlari turlicha bo„lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham 
mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Patti 
Drapeau nuqtai nazariga ko„ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan 
o„quv topshirig„i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko„plab g„oyalarga 
tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina 
to„g„ri g„oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan 
bir va ko„p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo„lmaydi. Binobarin, bir va 
har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. 
YA‟ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha 
variantini izlaydi (ko„p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani 
kafolatlovchi birgina to„g„ri yechimda to„xtaladi (bir tomonlama fikrlash). 
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini 
quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, 
“creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g„oyalarni ishlab 
chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning 
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, 
muloqotida, histuyg„ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo„ladi. 
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. 
Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik 
zehni o„tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e‟tiborini ta‟lim jarayoniga faol jalb 
etishni ta‟minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari 


kabi o„qituvchilar ham o„zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini 
aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan 
va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o„tadi. Mazkur test 
shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik
tezkor fikrlash, o„ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar 
bo„yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan 
savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to„rtta mezonni qanotlantirishi 
lozim 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin