O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Kursning maqsadlaridan yana biri o„zi yashaayotgan olam haqida narsa va 
hodisalar orasidagi bog„liqlik, o„zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-
tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma‟naviy) va (ijtimoiy) 
dunyosi haqida, olamda xukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) 
haqida tushuncha berish. Asosiy urg„u faqat ma‟lum bilimlarni egallashgagina 


emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy 
ko„rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, 
ham o„zini o„rganuvchi, tekshiruvchi o„rniga qo„yadi. Bunda kursning ta‟limiy 
kichik maktab o„quvchilarining kurs bilan parallel ravishda asosiy fanlarni ham 
o„rganishlariga hamda o„rta maktab ta‟limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat 
qiladi 
Fanni o`rganish borasida vazifalar  jumlasiga quyidagilar 
kiradi.
1.O`quvchilarda 
tizimli 
fikrlashning 
mo`ljal 
asosini 
shakllantirish;
2. Hayotning vujudga kelishida tabiatn ing birlamchi ekanligini 
qonuniy deb tushunish;
3. O`quvchilarni tabiiy o`zgarishlarini kuzatish vositasida 
evolyutsion qonuniyatlarini anglashga o`rgatish;
4. Tabiiy muammolarni, mustaqil aqliy operatsiyalar vositasida 
hal qilish mumkinligini tushuntiri sh va ularni hal qilish yo`llarni 
topish qobiliyatini tarbiyalash;
5. Tabiat go`zlliklarini anglash, ularni asrash ekologik fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish;
Integrasiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish
mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi 
vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va 
yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan
vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga 
olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va
muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli 
vazifali bo'ladi. 
Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib 
chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni 


moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning
sinflarga bo'linishi (klasifikasiya). 
1. Ko'p fanlar integrasiyasi. 
Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini 
almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm 
darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish. 
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini
birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ
yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim
tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat 
darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar
ta'kidlaydilarki, bu ananaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket
o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich
ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar. 
Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha dovom ettirishni bekor qilish va
soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun
umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy
tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish 
vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi 
boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi
“tabiatshunoslik ”) kiradi. 
2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. 
Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi
tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. 
Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, 
mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular
kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga
malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo
kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi. 
3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. 


Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar
asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagokika, pedogogik texnologiya,pedogogik 
psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi 
pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqahayot jarayonlariga
bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informasiyani qayta 
ishlash: 
informasiyaning 
tuzilishi 
va 
xususiyatlarini 
uning 
shaxs
shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli 
jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalrini o'rganuvchi
sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni mazmuni shu fanlar
ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi. 
4.Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi kurslar.Bu 
asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. 
Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar:
“materiya”, “harakat”,”modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p 
ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining
ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi. 
Nazariyalar orasidagi integrativ kurs yaratish uchun asos bo'lib asosiy
tabiiy – ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e'tiborga oyiqki, bu asosda 
integrativ kurslar yaratishga urishlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, ular
qovushmaganligi va ma'lum ketma-ketlikga , didaktik maqsadga ega eamsligi
bilan ajralib turadi. 
5. Fan evolyusiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtaiy
nazardan o'rganish uslublarini, olmning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi 
kurslar. 
Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga
katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida
qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali
keng tarqalgani yo'q. 
6. Kompleks ob'ektlar asosida. 


Integrativ kurs yaratishga asos bo'lgan kompleks ob'ektlarga er, 
biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo'la oladi. Bu kurslarning bir 
xil mavzularida bir ob'ekt turli fan nuqtai nazaridan ko'riladi.
Shu xildagi integrasiya o'tgan asrning yigirmanchi yillarida maorif
tizimida qo'llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda
aytish mumkinki qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda, ma'lum hajmda u 
tabiiy fanlar ta'limiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. 
7. Turli muammolar asosida 
Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon)
muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy
ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi
integrativ kurslar 
( asosan ekologiya bilan bog'liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng
tarqalgan. 
Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global
ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi.
Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga
bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, 
ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli
ta'sir ko'rsatadi deggan tasdiqlashni asos qilib olganlar. 
8. Faoliyat asosida 
Tabiiy 
fanlar 
asosini 
o'rganishda 
o'quvchilar 
kitob 
bilan
ishlash,kuzatishlar olib borish, tajribalar o'tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga 
solish- turli o'quv - ta'lim ish faoliyati bilan to'qnashadilar. O'quvchilarni 
faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga
muvofiqdek ko'rinadi. U o'qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo'lishi
mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlrni o'qitishda, o'quvchilarning 
ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish
ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni 
yaratish va ularni o'quv jvrvyoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat 


kasb etadi. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni 
ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot 
o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. 
Ko'pchilik bunga sabab asosiy ko'nikmalarning moslashtirilmaganida 
deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko'p yillar davomida an'anaviy
maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir? 
Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy
sinflari sanab o'tildi. Lekin o'quv fanlarini integrasiyasi jarayonida qator
kamchiliklar ham bo'lishi mumkin. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin