O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

2. Loyihalanish tamoyili 
Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini 
belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu o„quv jarayonini tashkil etish, 
hujjatlarini – o„quv jarayoni grafigi; ishchi o„quv reja; fanning ishchi o„quv 
dasturi; fanning, bo„limlarning, tayanch iboralarining o„quv maqsadlari 
toifalari; o„qitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni 
baholash – oldindan yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida 
o„quv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya 
etilishi, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydi. Ishlab chiqarish 
texnikaviy sohada, loyihalanish bazaviy hisoblanadi, ya‟ni binolar va 
inshootlar, mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari oldindan loyihalanadi. 
Mazkur tamoyilning ahamiyatini, shu bilan baholash mumkin-ki, uning 
asosida pedagogik texnologiyaning ta‟rifini keltirib chiqarish mumkin 
Pedagogik texnologiya - bu, amaliyotga samarani tadbiq etiladigan, tegishli 
tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o„quv jarayonning loyihasidir. 
3. Tizimlilik tamoyili
Pedagogik texnologiya, o„quv jarayonining barcha elementlarini qamrab 
olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan 
ifodalanadi. O„quv jarayonining barcha elementlari, ularning o„zaro 
bog„liklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o„quv 


jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati – 
talabalarni o„qitishga rag„batlantiradi. 
Bu yerda, o„quv jarayoni va o„qitish jarayoni tushunchalarini aniq ta‟riflash 
zarurligini qayd etmoq, joizdir. Agar bu tushunchalarni ishlab chiqarish 
sohasi bilan solishtiradigan bo„lsak, ular ishlab chiqarish jarayoni va 
texnologik jarayon tushunchalari bilan mos keladi. (1.3-rasm). Ishlab 
chiqarish jarayoni ikki qismdan – ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik 
jarayonlaridan iborat. 
Ishlab chiqarishni tayyorlash qismida - ishlab chiqarilishi ilmiy tadqiqot 
jihatdan asoslash masalalari yechiladi, mahsulotlarni tayyorlashning 
konstruktorlik va texnologik hujjatlari tayyorlanadi, tashkiliy-texnikaviy 
tadbirlar bajariladi. 
Ishlab chiqarishning texnologik jarayonida - mahsulotni tayyorlash bo„yicha 
texnologik operatsiyalar bajariladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin