O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Boshlang„ich maktabni integratsiya qilish



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Boshlang„ich maktabni integratsiya qilish.
Hozirgi kunda boshlang„ich maktab ta‟limini integratsiya qilish haqida 
ko„p gapirilayashti. Bu tushunarli - kichik maktab o„quvchisi atrofdagi olamni bir 
butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa 
o„quv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, 
ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik 
hayotdagi barcha narsalarning bog„liqligini ko„rishga o„rgatish kerakligini 
o„qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta‟lim integratsiyasi hozirgi zamon talab. 
Bu 
savol 
qanday 
yechilishi 
kerak, 
uning 
mohiyati 
nimada? 
Ta‟limni integratsiyalash fikri xalq ta‟limida tabaqalashtirish va 
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar kichik maktab 
ta‟limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan 
mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida 
qiziqishlarni faol shakllantirish yetsa, integratsiyanning asosi qilib turli fanlarni 
o„rganish obyektlari bo„lgan ba‟zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish
aniqlashtirish 
va 
kengaytirish 
mumkin. 
Ta‟limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang„ich maktabdayoq 
tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo„yishi va ularning 
rivojlanishi qonunlariga o„z munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning 


uchun kichik maktab o„quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha 
tomondan ko„rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va 
ilmiy ommabop maqolada, biolog, so„z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan 
va 
boshqalar. 
Asosiy fanlarni o„zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini 
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o„rnatish ta‟limga 
integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga 
tushunchalarga ko„p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu 
yoshga tushunarli bo„lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.
Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o„tkazish tartibiga ega bo„lgan, 
tarkibiga shu o„quv predmetiga tegishli bo„lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har 
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan 
darsga boshqa fanlar, boshqa o„kuv predmetlari bilan bog„liq tushunchalar tahlil 
qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo„ron», kabi 
tushunchalar o„qish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san‟at darslarida 
ko„rib chiqiladi. Tushunchalarning taxlil qilish boshqa o„quv darslarida 
o„zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan 
hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo„lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, 
o„ziga 
xos 
o„tish 
metodikasiga 
ega 
bo„ladi. 
Umumiy ta‟limning poydevorining qo„yadigan boshlang„ich maktabdagi 
ko„p tushunchalar tabiatshunlslik, rus tili, musiqa, tasviriy san‟at va boshqalar 
uchun 
umumiydir. 
Hozirgi kunda bir qator o„quv predmetlari uchun umumiy bo„lgan 
tushunchalar orasidagi aloqalarni o„rnatish psixologik va metodik asosiy bo„lgan 
integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o„tkazish lozim. 
Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o„rgatilishi va zarur 
o„qitish 
vositalari 
bilan 
ta‟minlanishi 
kerak. 
Tekshirish davomida o„quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol 
aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning 
ma‟qul birlashishi, o„qituvchi va o„qšuvchi xarakatlarining mos kelishi, 


bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni 
tanlash. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin