O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

3 masala. 
Didaktik tizimda predmetlararo asoslashda integrasiyalash o'qituvchi 
(ta'lim berish) va o'quvchi (ta'lim olish) harakatlarining mos kelishini ko'zda 
tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, 
vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o'qituvchi va o'quvchi faoliyatlarining 
mazmunida farq bor.
1. Maqsadli bosqichda o'qituvchi umumiy maqsadni qo'yadi. O'quvchilar, 
o'qituvchi boshchiligida predmetlararo bog'liqliklarini tushunib etishlari, turli 
predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o'z e'tibor 
fikrlarini faqat umumiy bilimlarini o'zlashtirishga emas, balki, ko'chirish, tahlil 
qilish, shaxsning belgilari, qobiliyat va qiziqishlarining rivojlantirishga 
qaratishlari kerak.
2. Isbotlash bosqichida o'qituvchi o'quvchilarning dunyoqarashini 
o'stiruvchi bilimlarga turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga 
rag'batlantiradi. O'quvchilar o'z irodalarini, dunyoqarashini kengaytiruvchi 
bilimlarga qiziqishi yo'naltiriladi.
3. Faoliyatning mazmun bosqichida o'qituvchi yangi o'quv materialini 
kiritadi, shu bilan birga integrasion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui 
darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. 
O'quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar 
darajasida o'zlashtiradilar.
4. Vositalar tanlash bosqichida o'qituvchi turli predmetlar bilimlarini 
umulashtirishga yordam beruvchi ko'rgazmali vositalarni darsliklar, tablisalar, 
sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. O'quvchilar ko'chirish, umumlashtirish, 
biriktirish xarakterlarini integrasion masalalarni hal qilishda ko'rgazmali vositalar 
yordamida bajaradilar.


5. Keyingi bosqis – natija. O'qituvchi ta'lim berish, rivojlantirish
tarbiyalash, maqsadida integrasiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni 
qo'llaydi. O'quvchi bilimlar tizimida umumlashtirib, ularni amalda qo'llaydi.
6.Nazorat qilish bosqichida o'qituvchi bir- biri bilan bog'langan 
predmetlarga o'quvchilarnnng tayyorgarligini baholaydi, nazorat qiladi
o'zlashtirish sifatida baholaydi. O'quvchilar o'z bilimlarini baholashni, turli 
predmetlar bo'yicha o'z-o'zini ham, ularni birlashtirish ko'nikmalarini nazorat 
qiladilar. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin