O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.
Boshlang„ich maktab ta‟lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi 
nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang„ich 
talimni integratsiyalish masalasiga keyingi paytda bir qancha yondoshishlar 
bo„ldi: darsni ikki fan o„qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga 
birlashtirib, uni bir o„qituvchi tomonidan o„tilishidan to integratsiyalangan kurslar 
tashkil etish, boshlang„ich ta‟lim mazmunini tubdan o„zgartirishgacha. Bunga 
maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo„yicha bilimlar tashkil etuvchi 
integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo„lib turibdi. Bular boshqa 
turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o„z zimmasiga oladi. Bunday 
yondoshish anchadan beri ma‟lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. 
Bunda siz faqat sinflarda emas, balki umumiy ta‟limning o„rta va tugallovchi 
bo„g„inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida 
bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish 
uchun zarur bo„lgan bir qator ijtimoiy- iqtisodiy, axloqiy - estetik g„oya va 
tushunchalarni kiritish ko„zda tutilgan. 
Ohirgi paytda maktab ta‟limini integratsiyalash to„g„risida juda ko„p gapirildi. 
Olimlar va amaliyotchi - o„qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to„g„risida 
yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo„yicha bilimlarni yaqinlashtirish 
uchun bir butun dasturni tuzish to„g„risida bosh qotirmokdalar. Bir - biriga yaqin 
bo„lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish xarakatlari bo„lmoqda: M-N 


matematika va konstruksiyalash, tasviriy san‟at va badiiy mehnat, bu yo„llarning 
samaradorligi to„g„risida chet ellik pedagoglarning ko„p yillik ishlari natijalari 
bo„yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun 
odatiy holga aylangan. 
Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko„rsatadiki, tabiat va jamiyat 
xaqidaga bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo„luvchi integratsiyalangan fanlar 
ko„pgina mamlakatlarning o„kuv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo„nalishiga 
ega bo„lgan integratsiyalangan fanlar jaxon xamjamiyatida o„kuvchilarda atrof-
muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to„g„risida xabar 
beradi. 
Hozirgi kunda integratsiyaiing bir necha usullari qo„llaniladi. Birinchisi bir 
nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masaladagi 1988 yilda chop etilgan 
xalqaro pedagogik tajriba o„rganishi natijalari juda keng. Ko„pchilik xorijiy 
mamlakatlar 
boshlang„ich 
maktablarining 
o„ziga 
xos 
xususiyati 
integratsiyalangan kurslar bo„yicha ta‟lim bo„lib qoldi. 
Kichik maktab o„quvchisiga fikr doirasi keng bo„lgan muloqot san‟atining 
boshlang„ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o„z ichiga odamlar 
bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o„z-
o„zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi. 
Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga hos 
hususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo„lgan bir mavzu, har 
chorakning asosiy mavzusida o„z rivojini topadi. 
Shunday qilib kurs asosiga qo„yilgan (fikrlarning) g„oyalarning gorizontal 
harakati amalga oshiriladi. 
Xuddi shu yo„l bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan-sinfga), 
bunda bir mavzu bolaning o„sishiga qarab murakkablashib boradi. 
Integrativlik insonning olam bilan o„zaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga 
kiritilgan: bola idrokida abstrakt bo„lgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer 
planetasi, katta bo„shliqlar va vaqt qa‟ri). Yaqin olam (mikroolam, uy oldidagi 
hayvonlar va o„simlik dunyosi, ona-Vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati). 


Insonlar olami bilan (turli mamlakatlar va madaniyatlar, sivilizatsiya markazlari, 
insonning inson va jamiyat bilan munosabatlari insonning ichki dunyosi); 
madaniy dunyosi bilan (xalq ijodi, rassom va olimlar ijodi, ma‟naviy qadriyatlarni 
saqlovchi odamlarningishlari). 
Shu olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarining o„ziga 
xos xususiyatlarini ochish- kurs tizimining asosiy mantiqidir. Kurs oddiydan 
murakkabga, bilishdan - ilmga, tartibsizlikdan uyg„unlikka, chanqoqlikdan 
mohirlikka va ijodga bo„lgan harakatni, taklif kiladi. Bola dunyo yaralishining 
«g„ishtchalari» bilan taniladi, olamning boshlanishga, insonning yerda paydo 
bo„lishiga murojat qiladi. So„zlar, sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar 
sirlarini ochish fikrlariga. Bola makon va zamon bo„ylab sayohatga otlanadi. 
Shunday qilib bola har kuni ochishi kerak bo„lgan olamning go„zalligini va turli 
tumanligini his qiladi. 
Murakkab dunyoqarashlar ilmiy, badiiy g„oyalar bola tushunishi uchun 
qulay, obrazli mavzularda o„z aksini topgan, ular yil mundarijasini tuzishga 
imkon beradi. Bir tartibga solingan tizim bu kursining o„ziga xos xususiyatidir. 
Bunday o„yinlarga yondoshish 6-10 yoshdan boshlanadi.Bu xol ularni turli o„yin 
orqali murakkab bilim orttirish, badiiy, axloqiy masalalarni hal qilishga yordam 
beradi. 
Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qaxramonlarini (kichik shaxzoda, 
Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi. 
Ular bolani mavzudan mavzuga yetaklab yurgandek, ular bilan bola inson 
muloqot qiladi va yangi narsalarni bilib oladi, 
Kurs shaxsga moslangan yo„nalishga ega faqatgina sinf yoki guruxga emas, 
har bir bolaga ahamiyat beriladigan qilib ishni tashkil etish nazarda tutiladi. 
Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko„rsatiladi, uning 
qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda «O„z yulduzingni yoq», «Guldastada 
sening guling», «Sen sevgan kitob» kabi o„yinlardan foydalanish mumkin. O„yin 
davomida diqqat -e‟tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug„ilgan kuni 
munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki 


katta guldasta bayram egasiga yoqadigai gul bilan boyiydi). Sevimli kitob esa sinf 
kutubxonasini to„ldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega bo„ladi. Kichik 
maktab yoshidagi o„quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning 
badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy 
masalalalrni hal qilishda o„ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni 
rag„batlantirish nazarda tutilyapti. Shu munosabat bilan bolalarning she‟r va 
xikoyalar yozish, yangi raqs o„ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob 
yaratish, o„simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyot turli yo„llar bilan 
rag„batlantirib 
borish 
taqazo 
etiladi. 
Emotsional tomonlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Mashg„ulotlar 
bolalarda ko„rish va eshitish qobiliyatlarini (materiallar sifatini (fakturasini) 
ushlab ko„rib ajrata bilish qobiliyati), sezish tuyg„ularini (hid va ta‟mni ajrata 
olish qobiliyatlarini) rivojlantirishga yordam beradi. «Ovchilar», «Hayvonlar» , 
«Izquvarlar»ni o„ynash bolalarga faqat umumiy bilimlarga ega bo„lish , 
masalalarni mantiqan hal eta bilishgina emas, insonga berilgan barcha xis-
tuyg„ular ham muhim ekanligini ko„rsatib beradi. Ularni rivojlantirish o„ta nozik 
tuyg„ularning shakllanishiga yo„ldir. Bunga yorqin obrazlarga, san‟at asarlariga, 
tabiat bilan zavqlanishga murojaat qilish orqali erishish mumkin. Bolalarda 
salbiy, hunuk, yomon narsalarga ham emotsional munosabatini rivojlantirish 
lozim. 
Bunga ertaklar o„qish, turli sahna ko„rinishlari qo„yish yordam beradi. 
Bolaning his tuyg„ulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bog„liq bola faoliyatiga 
harakat qilishga, o„z xolatini badan harakatlari, imo- ishoralar, raqs orqali 
ko„rsatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim. 
Kursni tashkil qilish va ish shakllari kurs haftasiga ikki soatga mo„ljallangan. 
Hafta oxirida ikki soatlik dars o„qish maqsadga muvofiq, bunda bolalar, bir 
tomondan, asosiy darslardan ancha dam olishadi, ikkinchi tomondan, keyingi 
haftasiga darslarga tayyorlanishadi. Bunday ikki soatlik darsni «Ijod soati». 
«Xayol (orzu) darsi» deb nomlash mumkin. 


 Dars o„tishdagi asosiy shart - sinfda zarur, mos muhitni yaratish: polga gilam 
solish, partalar o„rniga qulay bo„lgan stul va kreslolar o„rnini almashtirish. 
Mashg„ulot jarayonida bolalar o„z yashash muhitlarini yaratishadi. Yil va chorak 
mavzusi «devorlardagi suratlar», «Hayvonot va o„simliklar dunyosi» paydo 
bo„ladi, bularni o„quvchilar o„zlari o„ylab topishadn. Buning uchun turli badiiy va 
texnik vositalar, ma‟lumot beruvchi nashrlar, ensiklopediyalar, kartalardan 
foydalanish mumkin. Ko„pincha vaqtni sinfdan va maktabdan tashqarida 
o„tkazish ko„zda tutiladi. Muzey va kutubxonalarda, xiyobon yoki ko„chalarda 
o„tiladigan 
darslar 
odatiy 
bo„lib 
qoladi. 
Integratsiyalangan kurs ustidagi ishlar davom etadi. Tanlangan yo„l juda qiyin 
va 
mutlaqo 
shubhasiz 
emas.Qiyin 
muammolarni 
hal 
qilish 
lozim. 
Bolgariyalik olimlar tabiiy – ilmiy bilimlarni o„z ichiga olgan, 10-12 yoshli 
bolalarga mo„ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. Shunday qilib, o„qish, 
yozish va og„zaki nutq «til san‟ati»ga tarix, geografiya, fuqoroshunoslik, 
jamiyatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, tabiatshunoslikka va shu 
kabilarga 
birlashtirildi.
Integratsiyaning bunday usulidan to„liqsiz va to„liq o„rta maktablarda 
qo„llanidi. 
AQSH o„rta maktablarining katta sinflarida o„z ichiga fizika, kimyo, 
geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu 
kabilarni oluvchi «Yerni o„rganish» fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham 
shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan «Fuqoro tarbiyasi» deb nomlangan 
kurs katta sinflarda kiritilgan. Shunday qilib, bir qator mamlakatlar tajribalari 
ko„rsatishicha, integratsiyalangan kurslar qulay shakli bo„lib qoldi. Maktabda 
o„qitiladigan fanlarni bir butun tizimli ravishda o„qitish imkoniyati tug„ilganga 
o„xshaydi. Lekin shunday savol tug„iladi: bu kursni qanday o„qituvchi o„qitishi 
mumkin. Bunday kurslar yaratilishining o„zi mualliflarning yuqori malakali 
jamoani talab qiladi. Uni o„qitish uchun esa yuqori malakagina emas, balki keng 
bilimdonlik 
kerak. 
Bunday 
o„qituvchini 
kim 
tayyorlab 
beradi. 
Kim shunday murakkab ko„p predmetli o„quv kursini olib boruvchi o„qituvchini 


moddiy va ma‟naviy jihatdan qiziqtira oladi?Bu savollar hal qilinmas ekan, 
integratsiyaning 
bu 
usuli 
ko„rinarli 
natijalar 
bermaydi. 
Boshlang„ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo„g„in vazifasini 
o„qituvchining o„zi amalga oshiradi.U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat 
ko„pgina boshlang„ich tushunchalarga va yana ko„pgina narsalarga o„rgatadi. O„z 
kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang„ich sinflarda 
bir o„qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham 
bo„ladi. 
Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo„lishi 
mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o„girib, 
ikkinchisidan barcha darajalarida o„qituvchilarning (psixologik va fiziologik) 
yosh xususiyatlarini xisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir. 
Muammoning bunday qo„yilishi integratsiyaning turli ta‟lim pog„onalarida turli 
xususiyatlarga ega. Boshlang„ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan 
yaqin 
fanlarni 
birlashtirish 
asosida 
ko„rish 
maqsadga 
muvofiq. 
Ta‟limniig keyingi pog„onalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini 
birlashtirishga xarakat qiladi. Boshlang„ich ta‟lim-tarbiyani integratsiyalashda 
ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar 
integratsiyaning 
usullarini 
belgilab 
beradi. 
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini ko„rsatib 
beradilar: 
O„kuv predmetlarining chegaralangan soni-olinayotgan katta hajmdagi 
bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko„rinishini, qismlarining o„zaro 
bog„liqligini aks ettirish bilan to„ldirish mumkin. Juda muhim bo„lgan o„qish, 
yozish va sanoq ko„nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga 
bo„linib o„qitishni talab qiladiganga o„xshaydi. Lekin o„qish va matematikaga 
o„qitishning an‟anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat 
berali. Bunda o„qish fan sifatida o„z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, 
tabiatshunoslik bo„yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va 


geometrik materiallarini o„z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko„nikmalar 
hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha ularni shakllantirishga kafolat beradi. 
Robert Karlosning aytishicha, boshlang„ich maktab faqat o„qish, yozish va 
sanashni o„rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani 
amalga oshirish kerak. Chunki har bir bola shakllantirish davrida uning 
intellektual faolligini rag„batlantirish, tabiiy qobiliyat singari, uniig keyingi 
muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir. 
Integratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va 
qiziq bo„lishi uchun bayon qilishning kiyinligi. Bu omilni bartaraf 
etishning yo„llari amaliyotda tekshirilgan eng ma‟qul uslublarni ishlab 
chiqishda hamda o„qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin