O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-мавзу: Pedagogikada an'anaviy integratsiyaning talqin qilishlik



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

15-мавзу: Pedagogikada an'anaviy integratsiyaning talqin qilishlik 
Reja: 
1.Boshlang'ich ta'limning integratsiyali pedagogikasi fanining mohiyati,maqsadi 
va vazifalari. 
2. Integralli ta'limning sinflarga bo'linishi. 
4. Ta'lim integratsiyasi fanining metodologik asoslari
Tayanch tushunchalar: integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos.
Pedagogik izlanishlar shuni ko„rsatadiki, integratsion asosda fanlarni 
o„rgangan o„quvchilar predmetli o„rgatishning chiziqli kurslarini qisqa muddatda 
o„zlashtirmoqdalar. Tez o„kitish maqsad qilib olinmaganiga qaramasdan, undagi 
tabiat, mehnat, rasm, o„qish soxasidagi elementlar bu fanlarni tez o„rganishda 
umidli asos bo„lib hizmat qilmokda. Pozitiv natijalar deb dunyo haqidagi ilmiy 
tasavvurlarning zamonaviy darajasiga to„g„ri baxo berish; o„quvchi oldida 
olamning ko„p o„lchovli dunyo manzarasining dinamikada, turli bog„lanishlarda 
yaratish, aylantirish; ko„rish gorizontlarining kengaytirish, o„zi uchun dunyo 
qaytadan kashf etish, o„quvchi bilan muloqotdagi yangi metodik shakllarni izlash; 
turli mutaxassislar faoliyatlarini muammolarni hal etishda birlashtirish, o„quv 
faoliyatida toliqishiing oldini olish, yangi sifatli pedagogik natija olish, ta‟limning 
yangi falsafasi bo„lishi, pedagogik protsessining integrativ borlig„ini aks etishga 
aytiladi. 
Integratsiyaga qarshi, fikrlar muammo tug„ilishi xavfini yaratishi mumkin . 


Ayrim olimlar integratsiyani mexanik birikishga xavf tug„diradi deb 
hisoblamokdalar. Ta‟lim muassasalari rahbarlari ko„pincha integratsion kursning 
maqsad va vazifalarini aniqlashda kerakli o„quv dasturini tanlashda, o„qituvchilar 
malakasini oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shunday qilib, 
integratsiya ta‟lim rivojlanishga zamin yaratgan holda, har bir maktabda dolzarb 
muammo ham bo„lib kelmoqda. Bu integrativ yondashuv mohiyatini 
tushunmaslikdan kelib chiqmoqda. Ta‟lim tizim tashkilotchilari zimmasiga bu 
masalani to„g„ri yechishda katta mas‟uliyat tushmoqda. Ta‟lim mazmunining 
insoniylashtirishda asosiy механизм деб интеграцияни англаш қадриятни 
,яъни zamonaviy maktabning rivojlanishida ilg„or tendensiyalar ahamiyatini 
aniqlashga imkon beradi. 
Integrasiya kursi- o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni 
(integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun 
o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari 
asosida tuzilgan. 
Boshlang„ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan, 
qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalarning mohiyati haqida olimlar orasida 
qarama -qarshiliklar ko„p 
Integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligani 
ko„rib chiqaylik. 
«Intergratsiya» so„zi lotincha integratio-tiklash, to„ldirish, «integer» butun 
so„zidan kelib chiqqan. 
Ikkita tushunchaga egamiz: 
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning 
bog„liqlik xolatini bildiruvchi tushuncha va shu 
xolatga olib boruvchi jarayon. 
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni 
yaqinlashtirish jarayoni. 


Differensiatsiya - fransuzcha (diffe‟rentiofion lotincha differentia - farq, har 
hillik, ya‟ni butunni bo„laklarga bo„lish, ajratish. Ta‟lim mazmunini 
intergratsiyalash - dunyo tendensiyasi (g„oya, fikr, intilish). Integrativ 
yondoshishi turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligni aks ettiradi. 
(tabiat- jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo„lingan qismlarni bir butunga 
birlashtirish bilan bog„liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik 
darajasining 
oshirishga 
olib 
keladi. 
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog„liqlik xajmi oshadi va tartibga 
tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o„rganish obyektining yaxlitligi tartibga 
solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta‟limida qo„llash 
mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta‟kidlanishicha, o„quvchilarni 
o„qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvoffaqiyatlari ularning dunyoning birligi 
xaqida tushunchaning shakllanganligi, o„z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari 
asosida yo„lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida 
predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog„liq. 
Ta‟limdaga integratsiya o„quv predmetlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli 
yondoshish 
orqali 
ko„rib 
chiqiladi. 
Kursning maqsadi - bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, 
fan, san‟at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina 
emas, hayvonlar, o„simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar 
foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o„quvchisiga fikr doirasi 
keng bo„lgan muloqot san‟atining boshlang„ich savodini egallashda yordam 
berish. Bu savod o„z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta 
yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o„z-o„zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi 
hodisalar 
bilan 
muloqotni 
kiritadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin