O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
Novatsiya  
1)amaldagi nazariya doirasida
qo „llaniladi. 
2) ko „lam va vaqt boyicha 
chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi; 
4)natija 
avvalgi 
tizimni 
takomillashtiradi. 


Ta‟lim jarayoni innovatsiya orqali yuksak saviyada tashkil etilsa bо„lajak 
mutaxassislarda intellektual faollik namoyon bо„ladi. Intellektual faolllik esa 
bо„lajak mutaxassisning har tomonlama tayyorgarlik kо„rishiga, bо„lajak 
faoliyatning ustasi bо„lib yetishishiga yordam beradi. Intellekt (lotincha 
intellectus – ya‟ni aql, idrok, zehn) degan ma‟noni anglatadi. Bu degani kishining 
bitta bilish faoliyati, tor ma‟noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish 
demakdir. 
Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o„quvchilar inttellektual faolligini 
oshirishda ta‟lim jarayoniga yangiliklarni qo„llashni talab etmoqda. Chunki 
bugungi kunda ta‟lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara 
bermoqda.
Talim sohasidagi yangiliklar, ta‟limga yangilik va o„zgartirish kiritish, 
mavjudlarini yaxshilash va takomillashtirishni taqozo etadi. Shuning uchun har 
doim ham ta‟lim jarayonida qandaydir o„zgarishlar sodir bo„ladi. 
Hozirgi davrni jamiyatning barcha sohalari kabi ta‟lim sohasida ham katta 
va tezkor o„zgarishlar davri deb atash mumkin. Yangiliklarning turli ko„rinishlari 
mavjud. Yangiliklarning turlari asosan metodologik sabablarga ko„ra ajratiladi. 
Ta‟lim sohalari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog„liqki, bir sohadagi 
yangiliklar, istalgan boshqa sohada yangiliklarni vujudga keltiradi. Shuning 
uchun ta‟limning ayrim komponentlarida yangiliklarning joriy etilishi, qo„llangan 
yangiliklarning umumiy samaradorligini aniqlashni talab etadi. 
Ta‟lim jarayoni yangiliklarini tasniflashda innovatsiya inson faoliyatining 
muhim ko„rinishlaridan biri ekanligini hisobga olish lozim. Bu faoliyat jiddiy 
chegaralar va bo„linishlardan holi. Yangilikka ta‟lim jarayonining hamma 
tushunchalari va aspektlarini kiritish va ularni bir tushunchaga mujassamlashtirish 
qiyin. Yangilik ta‟lim mazmunini tashkil qilish jarayonida uning metodologiya va 
texnologiyasigasiga ta‟sir qiladi. Lekin shunday bo„lsada ta‟lim jarayonida 
qo„llaniladigan yangilikni tasniflash zarur.
Bizning fikrimizcha birinchi asosiy mezon bu yangilikning qanday muhitda 
joriy qilishga bog„liq. Ikkinchi mezon yangilikni qo„llashning yo„llari, uchinchisi 


yangilik joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligi, to„rtinchi mezon – 
yangilikning vujudga kelishiga sabab bo„lgan asos. 
Ta‟limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo„llanilishiga 
qarab, birinchi mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin: 1) ta‟lim 
mazmunida, 2) texnologiyasida, 3) tashkil qilishda, 4) boshqarish tizimida. 
Yangiliklarni joriy qilishning yo„llaridan qat‟iy nazar ularni quyidagilarga 
ajratish mumkin:
а) tizimli, rejali, oldindan o„ylangan;
b)kutilmagan, o„z-o„zidan paydo bo„lgan, to„satdan paydo bo„lgan. 
Yangiliklarni joriy qilish tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat‟iy nazar 
ularning quyidagi turlarini sanab o„tish mumkin:
a) ommaviy, katta, global, tizimli, keskin, asosli, muhim, jiddiy, chuqur va 
boshqalar;
b) qisman, kichik, mayda.
Yangilikning paydo bo„lish xususiyatiga qarab ularni quyidagicha 
birlashtirish mumkin: a) tashqi va b) ichki. 
Yuqorida ko„rsatilgan xususiyatlar ta‟lim oluvchi manfaatdorligining 
yuksak darajasini belgilaydi, natijada ta‟lim jarayonining samaradorligi ortadi. 
Faoliyatni innovatsiyalar asosida tashkil eta oladigan pedagogik kadrlar 
tayyorlash har doim pedagogika fanining diqqat
markazida turgan muhim 
masalalardan bo„lgan. 
O„zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko„p asrlar davomida 
qo„llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o„ziga xos urf-odatlari va an‟analari, 
ta‟lim-tarbiya haqidagi g„oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o„tmishda 
ko„plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo„lgan. Hozirgi kunda 
bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Mutafakkirlar merosini o„rganish natijasida insonning shakllanishida
ilmning ahamiyati katta ekanligining guvohi bo„ldik. Ularda bilim shaxs 
taraqqiyotining asosiy manbai ekanligi asoslab berilgan. Shuning uchun ham 
ajdodlarimiz bilim o„rgatuvchi ustozga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik 


faoliyatga bo„lgan asosiy talablardan biri edi. Chunki ilm bor joyda rivojlanish, 
taraqqiyot bo„ladi, yangiliklarni joriy etishga keng yo„lochiladi. 
Sharq uyg„onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyaqlli, dono 
va o„tkir fikrlaydigan kishilar to„g„risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday 
kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o„tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur 
narsalarni
kashf va ixtiro etishda zo„r iste‟molga ega; yomon ishlardan o„zini 
chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar»
1
. Uning fikricha, «Ta‟lim 
so„z va o„rgatish bilanginabo„ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan 
o„rganishdir,ya‟ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo„lgan 
ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo„lishidir. Agar ularish, kasb-hunarga 
berilgan bo„lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-
hunarga jalb etsa, demak,ular kasb-hunarning chinakam oshig„i bo„ladilar»
2
.
Yusuf Xos Hojib bolaga bilim berib hunar o„rgatishni ularning yoshligidan 
boshlash kerakligini ta‟kidlaydi.
3
Bolalarga kasb-hunar va tadbirkorlikni yoshligidan boshlab o„rgatish 
masalasi Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham ko„tarilgan. “Ey farzand, 
ogoh bo„lki, hunarsiz kishi hamisha foydasizbo„lur va hech kimga naf‟ 
yetkurmas. Bilursanki, xori mug„ilonning (tikanli buta) tani bordur ammo soyasi 
yo„qdur. Hunarsiz kishi ham xori mug„ilon yanglig„ na o„ziga va na o„zgaga 
foyda berur”
4

O„zbek xalqining ulug„ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida 
yosh avlodga bilim berishning turli yo„llari va vositalari haqida tushunchalar 
berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash 
xususida to„xtalib o„tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida 
Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish 
yo„llarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga o„rgatishni 
ta‟kidlab o„tgan. “Maqsad gapni cho„zish emas, balki o„quvchini zeriktirmaslik, 
chunki, doimo birxil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. 
1
Forobiy. «Fozil odamlar shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi. 1993. 182-b. 
2
Forobiy. «Fozil odamlar shahri». – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi. 1993. 182-b
.
3
О„rtaOsiyopedagogikfikrtaraqqiyotidanlavhalar. – T.: 1996. 159-b. 
4
Kaykovus. Qobusnoma. – T.: Istiqlol. 1994. 26- b. 


O„quvchi fandan-fanga o„tib tursa, turli bog„larda yurganga o„xshaydi. Birini 
ko„rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o„ziga yarasha 
lazzat bor deyilganidek ularni ko„rishga qiziqadi va ko„zdan kechirishni istaydi. 
Bir xilnarsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi»
5

Buyuk sarkarda Amir Temur o„zining o„gitlarida har bir ishni boshlaganda 
butun di
qqat, zehn va bor kuchni shu ishga qaratish lozimligini ta‟kidlagan: 
«Azmu jazm bilan ish tutdim. Bironishni qilishga qasd qilgan bo„lsam, butun 
zehnim, vujudim bilanbog„lanib, bitirmagunimcha undan qo„limni tortmadim».
6
Amir Temur o„z davrida qo„l ostidagilarni tadbirkor, ishbilarmon
mamlakat obodonchiligi, el-yurt osoyishtaligi uchun hamfikr, hamsuhbat, 
yelkadosh bo„lishlarini talab qilgan.
7
Ulug„ mutafakkir va buyuk shoir Alisher Navoiy o„zining “Mahbub ul-
qulub” asarida maktab o„qituvchilari mehnatiga baho beradiva uning mehnati 
ancha mashaqqat talab etishini tushuntiradi.
8
Markaziy Osiyo allomalari merosida ilm va uni egallashdagi mahorat 
masalalari keng miqyosda talqin etiladi. Bunda albattailm o„rgatuvchining muhim 
o„rni ta‟kidlanadi.
Hozirgi davrda ham o„quvchilarni bilim, ko„nikma va malakalarbilan 
qurollantirishda o„qituvchining o„rni beqiyos. O„qituvchining muntazam 
izlanishi, bilimni o„rgatishning yangi va samarali yo„llarini kashf etishi 
o„quvchilar bilimlarni yuqori darajada o„zlashtirishlari, muhim amaliy ko„nikma 
va malakalar egallashlariningomili bo„la oladi.
O„qituvchi o„z faoliyatida yangiliklarni muntazam joriy qilishi lozim.
Ta‟lim jarayonida yangiliklarni joriy qilinishi quyidagi holatlarda yuqori samara 
beradi: 
5
Beruniy. QadimiyxalqlardanqolganyodgorliklarTanlanganasarlar. 1-jild. – Toshkent: 1968. 106-107 b. 
6
AmirTemurо„gitlari. – T.: Navrо„z. 1997. 16- b. 
7
AmirTemurо„gitlari. – T.: Navrо„z. 1997. 16, 39-40 b. 
16
Navoiy. “Mahbubul-qulub” (Qalblarsevgisi) – T .: G„afurG„ulom. 1983. 28-29 b. 


1) shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda. Talabalar o„quv 
jarayoni uchun mas‟uliyatli bo„ladalar, chunki ular o„z ehtiyojlarini yaxshi 
biladilar. 
2) birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta‟lim talabalarning 
birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o„qishga intilish yuqori
darajada bo„ladi. 
3) o„quvchilarning jalb etilishini ta‟minlanganda. 
O„quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etish. 
4) mustaqil fikrga asoslanganda. 
O„quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi; 
talabalar bir-birlaridan o„rganadilar.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin