O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
shakllanadi. Chunki ta‟lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan 
bog„liq bo„lgan holat va hodisalar o„rgatiladi. Bu jarayonda o„quvchi jamiyatga 
«kirishadi» va u bilan o„zaro munosabatda bo„ladi. Ular ma‟lum ijtimoiy tajriba 
(bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko„rsatma) orttiradilar, ya‟ni, ijtimoiylashadilar. 
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday 
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy 
meyorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni 
qabul qilib, o„rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a‟zosi bo„lish 
imkoniyatiga ega bo„ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga 
maqsadga muvofiq ta‟sir etadi. Bu ta‟sir ta‟lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi 
tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g„oyalar, ijtimoiy muhit ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Odamlar ijtimiy meyorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar 
va uni o„rganadilar. 
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan 
inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat 
rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to„sqinlik 
qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba‟zan aksi ham 
bo„ladi: to„liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‟zi 
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko„rsatmaydigan odamlar ham 
mavjud. 
Bu holat ko„p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o„qituvchilar 
hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik 
g„oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. 
Zero, O„zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da 
ham ta‟kidlab o„tilganidek, uzluksiz ta‟limni tashkil etish va rivojlantirish 
tamoyillari ta‟limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‟lim 
oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‟naviyat, 
madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy 
talablar hisoblanadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin