O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Kichik maktab yoshida o„yin faoliyatining o„rnini endi o„qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o„tish davri bo„lib, bolaning bo„yi, og„irligi jihatdan 
uning tashqi ko„rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez 
shikastlanadi. Muskullari tez o„sishi tufayli serharakat bo„ladi. Bosh miyasi tez 
rivojlanadi. 
Jismoniy o„sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab 
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o„rganishga qiziquvchan bo„ladi. 
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha 
va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o„quvchilariga 
emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo„ladi, his-tuyg„ulari mazmuni 
o„zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 
O„rta maktab yoshi (o„smirlik 12-15 yosh). O„smirlikning murakkabligi 
anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o„zgarishlar bilan 
bog„liqdir. Bolaning o„sishi tezlashadi. Bu davrni o„tish davri ham deyiladi. Bu 
davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe‟l-atvoriga ta‟sir etadi. 
O„smir hayotida mehnat, o„yin, sport va jamoat ishlari katta rol o„ynaydi. 
Ba‟zilarining o„zlashtirishi pasayadi, intizomi bo„shashadi. 
Hozirgi davr o„smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko„zga 
tashlanadi: 
1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda 
to„garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o„tkazish katta ahamiyatga ega. 
Ularning kitob o„qishga qiziqishi ortadi. 
2. O„z-o„zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o„zini 
boshqalar bilan solishtira boshlaydi. 
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o„smir xarakterida murakkab 
qarama-qarshiliklar ham mavjud bo„ladi. Bu o„smir faoliyati, xulqida yangi 
xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. 
Lekin o„smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori 
emas. 38 % o„smir hech qaysi o„quv fanlarini o„qishga qiziqmaydi. Boshqalarida 
2-3 o„quv fani yoki bittasiga qiziqadi. Kichik yoshdagi o„smirlar qiziqishi 
o„qituviga bog„liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o„qishlari ham 
barqaror emas. 
Turli to„garaklarga 21 % o„smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa 
bilan shug„ullanadi. 40 % o„quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham 
barqarorlik yo„h. 
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 % 
o„smir tomosha qiladi. 
Ular oddiy kunni o„z ixtiyorlari bilan qanday o„tkazadilar, degan savolga 
javob topish uchun o„tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 % 
o„smir vaqtini o„z holicha o„tkazadi, 70 %i kino yoki televizor ko„radi, 50 %i 


sport bilan shug„ullanadi, 45 %i uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon 
baho olmaslik uchun maktabga borganlar o„smirlarning soni 15 %ni tashkil etadi. 
O„smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular 
tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta‟sir 
etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to„liq bo„ladi. 
Bu yoshda o„smirlar kattalar oldida o„zining erkinligini namoyish etishga 
harakat qiladi. O„z-o„zini tarbiyalashga bo„lgan talab o„sadi. “Dangasa”, 
“qo„pol”, “bee‟tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og„rinib 
qabul qiladilar. 
O„smir yoshida o„g„il va qiz bolalar o„rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan 
intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga 
katta e‟tibor berish lozim. 
O„z-o„zini tarbiyalashda o„g„il bolalar kuchli, erkin, e‟tiborli, jasur; qizlar 
esa – o„ta ko„nikuvchan, kamtar, jiddiy bo„ladi. 
Shuning uchun o„smirga o„z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 
13-14 yoshgacha o„smirda burch hissi, mas‟uliyatni his etish, vazminlik paydo 
bo„la boshlaydi. Muhimi, o„smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta 
bo„lib qolganligini tan olish zarur. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin