O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-МАВЗУ: SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

3-МАВЗУ: SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH 
METODLARI 
REJA: 
1.Shaxsni shakllantirish va rivojlantirish metodlari.
2.Shaxsning bilish qobiliyatlarini shakllantirish.
3.Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish 
metodlari. 
4. Shaxs xulqi va faoliyatida motivatsiya va rag'batlantirish metodlari. 
5. Shaxsga texnologik ta'sir metodlari. 
6. Shaxsning yosh xususiyatlari, qobiliyat va iqtidorlilarni rivojlantirish. 
Shaxsga o'zaro ta'sir metodlari. 
1.Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs 
tushunchasi insonga taalluqli bo„lib, konkret kishi, ya‟ni, muayyan jamiyatning 
a‟zosini ifodalashga xizmat hiladi. Odam shaxs bo„lishi uchun psixik jihatdan 
rivojlanishi, o„zini yaxlit inson sifatida his etishi, o„z xususiyatlari va sifatlari 
bilan boshqalardan farq qilmog„i kerak. 
“Individ” nima? Bola ma‟lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ 
lotincha “individium” so„zidan olingan bo„lib, «bo„linmas», «alohida shaxs», 
«yagona» ma‟nolarini anglatadi. 
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan 
iborat. 
Ta‟lim qo„yilgan maqsadga erishishga yo„naltirilgan o„qituvchi va 
o„quvchining maqsadli o„zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki 
tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir.
Ko„nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan 
shakli.
Ta‟lim maqsadi (o„qish, bilim olish maqsadi) – ta‟limning nimaga 
intilayotgani, uning urinishlari yo„naltirilganligi. 


Individual yondashuv o„quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo„lgan 
qiziqish hamda iste‟dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki 
natijasida shakllana boradi. 
Shaxs – muayyan jamiyatning a‟zosi bo„lib, u psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, o„z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash 
tizimining bosh subyekti va obyekti, ta‟lim sohasidagi xizmatlarining 
iste‟molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‟riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va 
ma‟naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo„lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon 
etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo„nalishi bo„yicha 
mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy 
muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo„ladi. Ana shular ta‟sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o‘zi nima? 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin