O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
- ta‟lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta‟riflash va 
tushuntirish; 
- ta‟lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya‟ni, ta‟lim tizimlari 
va texnologiyalarini ishlab chiqish; 
- ta‟lim jarayoni uchun xos bo„lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash
omillarini tahlil qilish va ta‟riflash. 
Didaktika nazariy va bir vaqtning o„zida meyoriy-amaliy fan. 
Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta‟limning mavjud jarayonlarini o„rganish, 
uning turli jihatlari o„rtasidagi bog„liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, 
rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. 


O„zlashtirilgan nazariy bilimlar ta‟lim amaliyotini yo„naltirish, ta‟limini 
jamiyat tomonidan qo„yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga 
imkon beradi. Ta‟lim mazmunini anglab olish, ta‟lim tamoyillari, ta‟lim metod va 
vositalarini qo„llash meyorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-meyoriy 
hamda konstruktiv-texnologiya vazifani bajaradi.
3. Didaktikaning tushunchaviy tizimi va asosiy kategoriyalari. 
Muayyan fanga xos bo„lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy 
taraqqiyot jarayonida to„plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar 
ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) 
falsafiy tushunchalar; 
2) 
xususiy ilmiy, ya‟ni, muayyan fangagina xos bo„lgan tushunchalar. 
Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-
qarshilik”, “bog„liqligi” kabi va boshqa falsafiy tushunchalar ham muhim 
ahamiyatga ega. Didaktika tomonidan foydalaniladigan umumfan tushunchalari 
orasida “tizim”, “struktura”, “vazifa”, “element” kabilar aloshida o„rin tutadi. 
Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: “ta‟lim”, 
“dars berish”, “bilim olish”, “ta‟lim jarayoni”, “o„quv fani”, “ta‟lim mazmuni” va 
boshqalar. 
Didaktikada turdosh fanlarga xos bo„lgan tushunchalar ham qo„llaniladi: 
“idrok etish”, “o„zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar 
(psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika). 
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va 
to„ldirilib borilmoqda. 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars o„tish, 
bilim olish, ta‟lim, bilim, ko„nikma, malaka, ta‟lim maqsadi, mazmuni, ta‟lim 
jarayoni, ta‟lim jarayonini tashkil etish, ta‟lim turlari, shakllari, metodlari va 
vositalari, ta‟lim natijasi. 
So„nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta‟limning 
didaktik tizimi va ta‟lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi 
ilgari surilmoqda. 
Bilim olish – idrok etish, o„rganish, mashq qilish va egallangan tajriba 
asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuzaga kelishi, mavjud 
bilimarining o„zgarab, takomillashib, boyib borish jarayoni. 
Ta‟lim - qo„yilgan maqsadga erishishga yo„naltirilgan o„qituvchi va 
o„quvchining maqsadli o„zaro harakatlari. Ularning birgalikdagi faoliyati ikki 
tomonlama aloqani tashkil etish jarayonidir. Ta‟lim berish asosida bolani umumiy 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ta‟lim - o„qitish jarayonida 
o„quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko„nikma, malaka, fikrlash tizimi.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar majmui bo„lib, ular 
o„quvchining ongida borliq tushunchalari, sxemalar, ma‟lum obrazlar 
ko„rinishida aks etadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin