O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q


partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va 
hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo„nalishlarda o„quv-tarbiya ishlari samaradorligi 
darajasi, o„quvchilarda hosil bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar hajmi, ilg„or 
pedagogik tajribalar mazmunini o„rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki 
faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo„yicha o„zlashtirilgan nazariy bilim va 
amaliy ko„nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o„z 
mohiyatiga ko„ra quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun 
imkon beruvchi savollar);


2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo„q», «qisman» yoki «ijobiy», 
«qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali 
savollarga javob beradilar). 
3) to„g„ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o„z 
yondashuvlariga ko„ra to„g„ri deb topgan javob variantini belgilaydilar). 
Test metodini qo„llashda aniqlanishi zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va 
malakalarni turkum asosida berilishiga e‟tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo„yicha 
tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. 
Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda 
javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob 
variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o„z fikrini batafsil ifoda 
etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni 
qo„llashdan ko„zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik 
hamda pedagogik yo„nalishlarda o„rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat 
bo„lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g„oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi. 
Bolalar ijodini o„rganish metodi. Mazkur metod o„quvchilarning muayyan 
yo„nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma‟lum fan sohalari bo„yicha 
bilim, ko„nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo„llaniladi. Uni 
qo„llashda o„quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, 
referatlari, hisobotlari muhim vosita bo„lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi 
shundaki, u ma‟lum o„quvchiga xos bo„lgan individual imkoniyatni ko„ra olish, 
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o„rganishning quyidagi shakllari mavjud: fan olimpiadalari, 
turli mavzulardagi tanlovlar, maktab ko„rgazmalari, festivallar, musobaqalar. 
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko„rish», «tajriba qilib ko„rish») 
metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini 
o„rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay 


olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o„z in‟ikosiga ega bo„la olishi 
hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo 
yechimini topishga yo„naltirilgan pedagogik tajriba ma‟lum doirada, soni aniq 
belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan 
foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning 
samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur. 
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko„ra quyidagi guruhlarga 
bo„linadi: 
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil 
etiladi. Xususan: 
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi
3) tadqiqot obyektlari vv usullarining to„g„ri tanlanishi; 
4) tajriba o„tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning 
yaratilganligi; 
6) tajriba ma‟lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta 
ishlash. 
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy 
xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin