To‘g‘risidagi eng umumiy qonuniyatlarni organadi



Yüklə 22,49 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü22,49 Kb.
#131750
Worddd

M a’lumki, muayyan fanni o'rganishni boshlashda, avvalo, uning predmetini, o'rganiladigan obyektini aniqlash zarur.Zero «fan - tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan ham-da haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir.


Har bir fan o‘ziga xos o'rganish obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1. Davlat va huquq nazariyasi shaxs faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o‘z oldiga davlat va huquq hodisalarini, ularning jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikrlarning obyektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma’lum bir tizimga solish vazifasini ko'zlaydi.
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy o‘ringa ega. U yuridik fanlarning metodologik poydevorini tashkil etib, davlat va huquqning nazariy muammolarini o‘rganadi.
«Nazariya» so‘zi «ko‘rib chiqmoq», «tadqiq etmoq», «tahlil qilmoq» degan ma’nolarni anglatadi. «Nazariya» - keng ma’noda voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa - u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g‘oyalari,tushunchalari va qonunlari tizimidir .
Davlat va huquq nazariyasi - bu davlat-huquqiy hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishini o‘rganuvchi umumnazariy yuridik qonuniyatlar haqidagi bilimlar tizimidir.
Shu nuqtai nazardan, davlat va huquq nazariyasining predmetini quyidagicha izohlash mumkin: Davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda bo'lishi (faoliyat ko‘rsatishi) va istiqboli
to‘g‘risidagi eng umumiy qonuniyatlarni organadi.
Uning predmetiga faqat amaldagi davlat, huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarning eng umumiy jihatlarigina emas, balki ular haqidagi tasavvurlar ham kiradi. Davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquq haqidagi
qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlar tizimi bo'lib, u davlat-huquq hodisalariga tegishli bo'lgan umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi, davlat va huquqni yaxlit institut sifatida ko‘rib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi fanining o‘ziga xos xu-
susiyatlari: davlat va huquq nazariyasi - ijtimoiy fan. Uning o‘rganadigan sohasi muhim ijtimoiy hodisalar bo‘lmish davlat va huquqdir; - davlat va huquq nazariyasi - nazariy fan. U davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi; - davlat va huquq nazariyasi - falsafiy xususiyatga ega bo‘lgan fan; - davlat va huquq nazariyasi - metodologik fan.
Yurisprudensiyaning barcha sohalarini huquqiy metodologiya bilan qurollantiradi; - davlat va huquq nazariyasi - amaliyotga yo‘naltirilgan fan. Yuridik amaliyotdagi bo‘shliqlar, muammolar, ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish usullarini ishlab chiqadi, davlat va huquq rivojining yo‘nalishlarini belgilab beradi;

ikkinchidan, mazkur masala yuzasidan tadqiqotlar olib bor- gan olimlar turli tarixiy davrlarda yashagan va tabiiyki, insoniyat tomonidan to'plangan turli hajmdagi bilimlardan foydalangan; uchinchidan, davlatning vujudga kelish jarayoni- ni tushuntirishda olimlar o‘z qarashlarining isboti sifatida ko'pincha dunyoning o'zlariga ma’lum bo'lgan hududlarinigi- na misol tariqasida keltirgan. Masalan, german qabilalarida davlatning kelib chiqishida harbiy omil muhim bo‘lsa, Sharq xalqlarida esa davlat suv inshootlarini barpo etish jarayonida shakllangan. to‘rtinchidan, boshqa fanlar yutuqlaridan ruhlangan mu- tafakkirlar ko‘pincha bu natijalarni ijtimoiy fanlarga qo'llashga uringan, xususan, u yoki bu fan yutuqlariga asoslanib, davlat- ning vujudga kelish jarayoniga boshqacha qaray boshlagan va shu bilan jamiyat rivojlanishiga boshqa omillarning ta’sir ko'rsatishini e’tibordan chetda qoldirgan; beshinchidan, nazariyalar mualliflarining qarashlari- ga ularning falsafiy va g‘oyaviy yondashuvlari ham muayyan darajada ta’sir qilganligini aytib o‘tish joiz. Demak, muayyan nazariya orqali barcha xalqlarda davlat- ning yuzaga kelishini izohlash mumkin emas. 0 ‘z navbatida, davlat kelib chiqishining «osiyocha» va «yevropacha» yo'llari mavjudligini ko'rsatib o‘tish mumkin. «Osiyocha» yo‘l. Osiyoda dastlabki davlatlar bundan besh ming yillar oldin Nil, Tigr, Hind, Ganga, Yanszi, Yevfrat kabi yirik daryolarning havzalarida yuzaga kelgan. Ushbu hududlarda davlat vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: - sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida yirik irrigatsion tarmoqlarni tashkil etish yuzasidan ommaviy ish- larni yo'lga qo‘yishning zarurati; - mazkur ishlarga aholini keng miqyosda jalb etilishi; - irrigatsion ishlarga jalb etilgan kishilar ustidan yagona va markazlashgan rahbarlikni amalga oshirishning zarurati va boshqalar.


01:58
«Yevropacha» yo‘l. Yevropada davlatlarning vujudga kelishida asosiy omil bo‘lgan xususiy mulkning shaklla- nishi jamiyatda mulkiy tengsizlikning va shu asosda turli xil tabaqalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, turli xalqlarda davlatning vujudga kelishida yuqoridagi omillar bilan bir qatorda boshqa omillar ham muhim o‘rin tutgan. Davlatlarning kelib chiqishi quyida ko'rsatib o'tiladigan turli xil nazariyalar doirasida tadqiq etiladi. Teologik nazariya. Teologik (diniy) nazariya (yunoncha theos - xudo, logos - tushuncha, ta’limot) xudo to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi. Diniy ta’limotlar davlat va huquqning vujudga kelishi to‘g‘risidagi ilk ta’limotlardir. Davlatchilik va huquq shakllanishi bilan uni diniy, ilohiy tarzda tushunish yuzaga kelgan. Avreliy Avgustin (354-430), Al-Mavardi (974-1058), Ibn Rushd (1126-1198), Foma Akvinskiy (1225-1274), Ibn Xaldun (1332—1406) kabi mutafakkirlar hamda yahudiylik, xristianlik va islom dini vakillari tomonidan davlat va huquqning kelib chiqishi diniy asosda tushuntiriladi1. Ushbu nazariya vakillarining fikricha, butun olam, shu jumladan davlat va huquqning kelib chiqishi ham xudoning irodasi bilan bog'liq. Podsho va din vakillari xudoning iro- dasini ifodalovchilardir. Shuning uchun ham fuqarolar ularning amriga so'zsiz bo'ysunishlari lozim bo‘ladi. Ushbu nazariya X II—XIII asrlarda yuqori mavqega ega bo'ldi. Bu davrda G ‘arbiy Yevropada esa «ikki qilich» nazariya- si keng ommalashgan. Unga ko‘ra cherkov bitta qilichni o'zida saqlagan bo'lsa, ikkinchi qilichdan foydalanish huquqini hukm- dorlarga jamiyatdagi masalalarni hal qilish uchun taqdim eta- di. Shu bois Yevropa davlatlari monarxlari hokimiyati qonuniy bo‘lishi uchun katolik cherkovi boshlig'i Rim papasidan yorliq
01:58
olishlari lozim bo'lgan. Shu bilan diniy tashkilot bo‘lgan cher- kovning dunyoviy davlat ustidan ustunligi ta’minlangan. ' Patriarxal nazariya. Mazkur nazariyaning asoschi- lari Aristotel, Aflotun va Konfutsiy hisoblanadi. Lekin ushbu nazariya XVII-XVIII asrlarda Genri Men, Mixaylovskiy kabi olimlarning asarlari orqali keng tarqaldi. Mazkur nazariya namoyandalarining fikricha, davlat oilaning rivojlanishi asosida vujudga kelgan. Ibtidoiy oilaga ota boshchilik qilib, keyinchalik davlat vujudga keladi va ota hokimiyati merosiy bo‘ladi. Aflo- tun o‘zining «Davlat» deb nomlangan mashhur asarida oiladan o‘sib chiqqan yuksak adolatli davlatni tasvirlaydi. Unda pod- sho hokimiyati otaning o‘z oila a’zolari ustidan hukmronligiga oxshatiladi. Patriarxal nazariya g‘oyalari XVII asrda ingliz olimi Filmerning «Patriarx» asarida rivojlantirildi. U mazkur asarida hokimiyatning xudodan olingani, keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li - Patriarxga, undan keyingina o‘z avlodlari - qirollarga beril- ganini isbotlaydi. Mazkur nazariyada davlat katta oila sifati- da tavsiflanadi. Hukmdorning hokimiyatiga millat otasining hokimiyati sifatida qaraladi. Hukmdor xuddi oila boshlig‘i kabi jamiyat a’zolari haqida qayg'urishi, o‘z navbatida, oila a’zolari otaga qanday bo‘ysungan bo‘lsa, davlat boshlig‘iga ham shun- day sodiq va itoatkor boiishlari lozim. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi. Mazkur nazariya X V II-XV III asrlardan boshlab keng tarqalgan bo‘lsada, u dastlab Hindiston va qadimgi Xitoy mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya vakillarining (J. Lokk, T. Gobbs, B. Spinoza, A. Radishchev, J. Russo, G. Grotsiy) fikricha, davlat hokimiyati kishilarning o‘zaro birlashib ixtiyoriy shartlashganliklarining ifodasidir. Bunda davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlar tizimi vujudga kelib, o‘z navbatida, ularda shartnoma majburiyatlarini bajarmagan- liklari uchun javobgarlik tug'iladi. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi shartnoma nazari- yasi tabiiy huquq nazariyasi negizida vujudga kelib, o‘rta asr
01:59
larda shakllanib kelayotgan yangi tabaqa uchun hukmdorning mutlaq hokimiyatini cheklash, insonning hokimiyatdan musta- qil erkin iroda egasi ekanligini asoslashga xizmat qildi. Mazkur nazariyaning mazmuni inson huquqlari ular tug‘ilganidan yuzaga keladi degan g‘oyani o‘z ichiga qamrab oladi. Rim huquqshunoslari fuqarolar huquqlari va xalqlar huquqlari bilan birga tabiiy huquqni ham ajratib ko'rsatgan. Bugungi kunda tabiiy huquqlar har qanday davlat uchun umummajburiy norma sifatida e’tirof etiladi va ularning bu boradagi majburiyatlari xalqaro huquq normalari bilan belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy shartnoma nazariyasining ko'pgina g'oyalari demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida o‘z ifodasini top- gan. Shu ma’noda davlatning asosiy qonuni hisoblanadigan konstitutsiyalarni muayyan darajada ijtimoiy shartnoma deb ta’riflash mumkin. Chunki unda inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari bilan bir qatorda ularning burchlari ko‘rsatib o‘tiladi. 0 ‘z navbatida, davlatning jamiyat va fuqarolarga nisbatan huquq va majburiyatlari ham konstitutsi- yalarda mustahkamlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, demokratik davlatda davlat va fuqaro o‘zaro huquq va majburiyat orqali bog‘langan bo'ladi. Materialistik nazariya. Ushbu nazariyaning asosiy qoidalari F. Engels («Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asari) K. Marksning asarlari masalan, «Kapitabda ifodalangan. Ularning fikricha, davlat, eng avvalo, iqti- sodiy munosabatlarning rivojlanishi, bir-biriga qarama-qar- shi sinflarning yuzaga kelishi natijasida vujudga kelgan. Bunda davlat iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmron bo'lgan tabaqalarning quyi tabaqalarni bostirib turish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra murosasiz sinfiy qarama-qarshiliklar faqat muayyan tarixiy sharoitlardagina davlat vujudga kelishi sababi sifatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Shuningdek, umumiy ishlarni ado etish, jamiyatni boshqarishni takomillashtirish, mehnat taqsimo
01:59
tining bir shakli sifatida ushbu boshqaruvni ixtisoslashtirish zarurati davlatning vujudga kelishi sabablari sifatida keltirib o‘t'iladi. Zo‘ravonlik nazariyasi. Mazkur nazariya vakillari (Ye. Dyuring, L. Gumplovich, K. Kautskiy (XIX asr)) davlat- ning vujudga kelishiga harbiy-siyosiy omillar sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Ya’ni zo‘ravonlik nazariyasining asosida davlat va huquqni kelib chiqishining bosh sababi - bosqinchilik, zo'ravonlik va bir qabilani ikkinchi qabila tomonidan zulmga duchor etish degan g‘oya yotadi. Bunda davlat bosib olingan hududlar (xalqlar)ni boshqarish uchun zo'rlov apparati vazi- fasini o‘taydi. Ta’kidlash joizki, Yevropadagi ayrim xalqlar, xususan, german qabilalari va vengerlarda davlatning kelib chiqishida aynan harbiy-siyosiy omillar muhim rol o‘ynagan. Psixologik (ruhiy) nazariya. M azkur nazariya X IX asrlarda yuzaga kelgan bo‘lib, uning asosiy g'oyalari G. Tard, L. Petrajitskiy va boshqalarning asarlarida o‘z ifo- dasini topgan. Ularning fikricha, kishilarning ruhiyati jami- yatning, shu jumladan axloq, huquq, davlatning rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omildir. Psixologik nazariya vakillari jamiyat va davlatni insonlar- ning ruhiy uyushmasi sifatida ham talqin etadilar. Unga ko‘ra, huquqning negizi individual ong hisoblanadi. Ularning fikri- cha, davlat hokimiyati biror-bir kishining irodasi emas, balki fuqarolarning davlatga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ruhiy tasavvur- laridan kelib chiquvchi kuchdir. Irrigatsion nazariya. Ushbu nazariyaning asosiy namoyandasi nemis olimi K. Vittfogel hisoblanadi. Uning fikricha, davlat Sharq xalqlarida yirik irrigatsion inshootlari- ni barpo etish zarurati asosida kelib chiqqan. Mesopatamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda yirik irrigatsion qurilish ishlarini tashkil etish uchun kuchli, markazlashgan boshqaruv apparati tashkil etilgan. Mazkur nazariya vakillari- ning fikricha, geografik va iqlim omillari ham davlatning ke- lib chiqishiga ta’sir o‘tkazadi. Shu bois noqulay bo'lgan shart
02:00
sharoitlarda qishloq xo‘jaligini tashkil etish muammolarini hal etish Sharqdagi ayrim hududlarda davlatning kelib chiqish jarayonini tezlashtirgan. 2.7. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida jamiyat, davlat va huquq masalalari Konstitutsiya mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida shaxs - jamiyat - davlat tizimida o‘zaro uyg‘unlikka va mutanosib- likka erishishni ta’minlashga xizmat qiladi. Unda shaxs, jami- yat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari, davlat hokimiyatining tuzilishi, subyektlari, hokimiyatni amal- ga oshirish mexanizmi belgilangan hamda jamiyat, inson va fuqaroning davlat tomonidan qo'riqlanadigan huquqlari mus- tahkamlangan. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakati- mizda yashayotgan xalqning irodasini aks ettiradi. Konstitut- siya, avvalambor, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquq- ning ustunligi prinsipiga amal qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi olti bo‘lim- dan iborat bo‘lib, unda inson va fuqarolarning asosiy huquq- lari, erkinliklari va burchlari (ikkinchi bo‘lim), jamiyat va shaxs (uchinchi bo‘lim), ma’muriy-hududiy va davlat tuzi- lishi (to'rtinchi bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (beshinchi bo‘lim) bilan bog'liq qoidalar o‘z ifodasini topgan. Ularda jamiyat, davlat va huquqqa oid asosiy konstitutsiyaviy tamoyillar belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning muqaddimasida uning asosiy maqsadi «insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish» ekanligi alohida ta’kidlanadi. Suveren, demokratik huquqiy davlat shaxs hamda jamiyat huquq va erkinliklarining himoyachisidir. Shu ma’noda, Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘ziga xos ijtimoiy shartnoma sifatida namoyon bo'ladi. Konsti- tutsiyaga binoan davlat fuqarolarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng huquq va erkinliklar beradi hamda
02:00
ularning amalga oshirilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, uning 19-moddasida ko‘rsatilganidek, fuqarolarning Kons- titutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas. Konsti- tutsiyaning 44-moddasiga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolat- lanadi. Davlat fuqarolarga huquq va erkinliklar berish bilan birga, ularning zimmasiga muayyan mas’uliyat ham yuklaydi. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga hamda Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan boshqa burchlarni og‘ishmay bajarishga majburdirlar. Har qanday davlatda inson va jamiyat, shaxs va jamoa o‘zaro aloqador bo'lib, shaxs jamoaning bir a’zosi hisoblanadi. Shaxsning ham, jamoaning ham o‘z manfaatlari bo‘ladi. Kons- titutsiyamiz ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg'unligini kafolatlaydi. Shu bilan birga, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy man- faatlarga ziyon keltirmasligi lozimligini qonunlashtirib beradi. Aynan Konstitutsiyaning 20-moddasi fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklari- ga putur yetkazmasliklari shart deb belgilaydi. Demak, har bir fuqaro Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkin- liklardan foydalanar ekan, boshqa shaxslarning manfaatlari bilan ham hisoblashmog‘i lozim. Ushbu prinsip Konstitutsiya- ning boshqa moddalarida ham belgilangan. Masalan, 48-mod- daga ko‘ra fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qim- matini hurmat qilishga majburdirlar. Konstitutsiyada mustahkamlab ko‘yilgan shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar va demokratik erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar fuqarolik jamiyatida inson shaxsining mod
02:00
diy, ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy jihatlardan shakllanishi va rivoj- lanishi, ozidagi barcha qobiliyat va iste’dodni to‘la royobga chiqarishi, Vatanimiz, xalqimiz va millatimizning fidoyi, jasur kishisi, komil inson bo‘lishiga keng imkoniyat ochib beradi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining uyg‘unligi o‘z aksini topib, bunda, avvalo, shaxs, so‘ngra ja- miyat va undan keyin davlat manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutiladi.
Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin