Didaktika – bu pedagogik fan bo„lib, u ta‟limning nazariy jihatlarini
o„rganadi. Har bir o„qituvchi didaktika asoslarini bilishi zarur.
Didaktika predmetini aniqlash bo„yicha turli qarashlar ilgari surilgan.
qarashlarning turlicha bo„lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq
ajratilmaganligi bilan bog„liq.
Ko„pchilik olimlar ta‟lim obyekt deb o„qitish jarayonining maqsadi,
mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko„rsatadilar.
Didaktika ta‟limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e‟tirof etadi.
Ta‟lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta‟limiy
faoliyatini tashkil etishda o„qituvchi - o„quvchi, o„quvchi – o„quv materiali,
o„quvchi - boshqa o„quvchilar o„rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy
hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o„quvchining
o„quv materialiga bo„lgan munosabati, ya‟ni, bilimlarni o„rganish munosabatini
asosiy deb e‟tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko„p.
Darhaqiqat, o„qish, o„rganishi ta‟lim jarayonining ajralmas xususiyatidir.
Ta‟limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning
ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta‟limga pedagogik, ya‟ni, ijtimoiy
tajribani berish, o„rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy
sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o„quvchi va o„qituvchi) o„rtasidagi
munosabatlar yetakchi o„rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.
Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir
qarash ta‟lim-tarbiya jarayonini yaxlit o„rganish zarurligini ilgari suradi.
Ta‟limning tarbiyaviy vazifalari o„quvchining bilimni o„zlashtirishlarini
ta‟minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma‟lum ma‟naviy-
axloqiy sifatlarni o„zlashtirishi, fe‟l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-
sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta‟limning mazmunli va protsessual jihatlarini birgalikda
o„rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini
nazarda tutgan holda didaktika ta‟limni faqatgina o„rganish obyekti sifatidagina
emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Umumiy didaktikaning predmeti dars o„tish (o„qituvchi faoliyati) va bilim
olish (o„quvchining o„rganish faoliyati)ning o„zaro bog„liqligi va aloqadorligi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: