2.Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o„rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit,
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori
bo„ladi.
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga muvofiq o„zgartirishga yo„naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning
o„ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko„ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni
to„g„ri tashkil etish lozim. Lekin ko„p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun
imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish
faoliyatlari cheklangan bo„ladi.
O„smir va o„spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o„yin, o„qish va
mehnat kiradi. Ular yo„nalishiga ko„ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy,
texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko„ra tanlangan sohalardan
iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo„lishi mumkin. O„smir faoliyati muhit va
tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining
rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o„z imkoniyatlarini namoyon etib,
mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o„z faoliyatidan qoniqish
hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko„zga tashlanadi.
Ta‟lim jarayonida faollik o„quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashga, o„z qobiliyatini namoyon etishga yo„llaydi. Bilishga bo„lgan faollik
o„quvchining intellektual rivojlanishini ta‟minlaydi.
Faollik ko„rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga
ko„ra, o„quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo„ladi.
Ta‟lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o„zgarib
turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining
garovidir. Chunki har bir inson o„z mehnati, g„ayrati, intilishi bilangina
faollashadi. O„qituvchi qanchalik yaxshi o„qitmasin yoki tarbiya bermasin,
tarbiyalanuvchining o„zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi.
Zero, barcha ma‟naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o„z
faoliyatini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir.
Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik
xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
1. 3.Rivojlanishning yosh va o„ziga xos xususiyatlari. Ma‟lum bir yosh
davriga xos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda
ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri
kuchli bo„ladi.
2. Bolalarning tarbiyasiga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn
Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani
tarbiyalash zarurligini uqtirib o„tganlar.
3. Bolaning o„ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki
bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo„lishi mumkin.
4. Masalan, ko„rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki
g„ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,
yig„inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati
tizimining ta‟siri bo„lib, o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
5. Bolaning individual – o„ziga xos xususiyatini bilish uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o„ziga xos xususiyatini o„rganish
metodikasini bilish muhim.
6. Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Masalan, 5-sinf o„quvchilari bilan 10-sinf o„quvchisini tenglashtirib
bo„lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi
davrlarga bo„linadi:
7. Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo„lgan davr.
8. Bog„chagacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
9. Maktabgacha ta‟lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
10. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
11. O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh.
12. Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh.
Dostları ilə paylaş: |