O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida
shakllanadi. Chunki ta‟lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan
bog„liq bo„lgan holat va hodisalar o„rgatiladi. Bu jarayonda o„quvchi jamiyatga
«kirishadi» va u bilan o„zaro munosabatda bo„ladi. Ular ma‟lum ijtimoiy tajriba
(bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko„rsatma) orttiradilar, ya‟ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy
meyorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni
qabul qilib, o„rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a‟zosi bo„lish
imkoniyatiga ega bo„ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga
maqsadga muvofiq ta‟sir etadi. Bu ta‟sir ta‟lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi
tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g„oyalar, ijtimoiy muhit ta‟sir
ko„rsatadi.
Odamlar ijtimiy meyorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar
va uni o„rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan
inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat
rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to„sqinlik
qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba‟zan aksi ham
bo„ladi: to„liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‟zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko„rsatmaydigan odamlar ham
mavjud.
Bu holat ko„p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o„qituvchilar
hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik
g„oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O„zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da
ham ta‟kidlab o„tilganidek, uzluksiz ta‟limni tashkil etish va rivojlantirish
tamoyillari ta‟limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‟lim
oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‟naviyat,
madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy
talablar hisoblanadi.