sport bilan shug„ullanadi, 45 %i uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon
baho olmaslik uchun maktabga borganlar o„smirlarning soni 15 %ni tashkil etadi.
O„smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular
tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta‟sir
etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to„liq bo„ladi.
Bu yoshda o„smirlar kattalar oldida o„zining erkinligini namoyish etishga
harakat qiladi. O„z-o„zini tarbiyalashga bo„lgan talab o„sadi. “Dangasa”,
“qo„pol”, “bee‟tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og„rinib
qabul qiladilar.
O„smir yoshida o„g„il va qiz bolalar o„rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan
intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga
katta e‟tibor berish lozim.
O„z-o„zini tarbiyalashda o„g„il bolalar kuchli, erkin, e‟tiborli, jasur; qizlar
esa – o„ta ko„nikuvchan, kamtar, jiddiy bo„ladi.
Shuning uchun o„smirga o„z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur.
13-14 yoshgacha o„smirda burch hissi, mas‟uliyatni his etish, vazminlik paydo
bo„la boshlaydi. Muhimi, o„smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta
bo„lib qolganligini tan olish zarur.
Dostları ilə paylaş: