5-мавзу: O'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning tatbiqiy asoslari
Режа:
1.O'qitish texnologiyasining asosiy ko'rsatkichlari.
2.Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
3.Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlami tashkil etishga zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv.
O‟z-o‟zini nazorat qilish uchun savollar
1. Ta‟limda "innovatsion jarayonlar" termini nimani anglatadi?
2. Adabiyotlarda innovatsion jarayonning sxemasi qanday ko‟rsatiladi.
3. Innovatsion faoliyatning asosiy funktsiyalarini ayting.
4. Hozirgi davrda innovatsion faoliyatga bo‟lgan zarurat nimalardan iborat.
5. Innovatsion faoliyatdagi akmeologik yondashuvga izoh bering.
ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. T-Ma`naviyat-2008 y.
2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T-1999 y.
3. Azizxodjayeva N. “Pedagogik texnologiya va mahorat”., Toshkent., TDPU.,
2006 y.
4. R. A.Mavlonova, M.Arabova, G` Saloxiddinova, M.Shirinov “Pedagogik
texnologiya” ma`ruza matn 2009 y.
5. J.G` Yo`ldoshev “Pedagogik texnologiya asoslari” T., O`qituvchi, 2004.
6-мавзу: Interaktiv metodning o'ziga xosligi
Режа:
1."Aqliy hujum" metodi,
""6x6x6" metodi,"Klaster" metodi,
"Qarorlar shajarasi" (qarorlar qabul qilish texnologiyasi) metodi,
"Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, ...) ortiqcha" metodi
"Rasmlarni to'g'ri joylashtiring" metodi,
"Videotopishmoq" metodi, "Grafik organeyzerlar" haqida.
Interfaol ta‟lim – ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi o‟rtasidagi (ta‟lim oluvchi va
kompyuter) o‟zaro harakatni amalga oshiruvchi dialogli ta‟lim.
Interfaollik – ta‟lim doirasida prinstipial yangi hodisa – shu tufayli ta‟lim oluvchi:
(1) ta‟lim jarayonining hamma sub‟ektlari bilan faol o‟zaro harakatda bo‟lishi,
faqatgina o‟kituvchi bilan shaxsiy munosabat yulidagina emas, balki boshqa
talabalar, ma‟muriyat bilan hal qila olishi mumkin;
(2) multimedia ob‟ektlarini taxlil kilish jarayonida ularning mazmunini, shaklini,
o‟lcham va ranglarini dinamik ravishda boshqarishni, turli
tarafdan ularni
kuzatishni
, boshqa shunga o‟xshash manipulyastiyalarini kayta ta‟minlashni,
ko‟prok aniq ko‟rsatuvga erishish uchun hohlagan joyidan to‟xtatib va davom
ettira olish mumkin bo‟ladi. Shunday qilib, interfaollik faqatgina axborotlarni
passiv qabul qilish uchungina emas, balki o‟rganilayotgan ob‟ektlar yoki
jarayonlarda va virtual modellarning o‟zaro harakatlarida multimedia modellari
xususiyatlarini faol tadqiqot qilish uchun xam imkoniyat yaratib beradi.
Interfaollik darajasi qanchalik yuqori bo‟lsa, ta‟lim jarayoni ham shunchalik
samarali bo‟ladi.
Ushbu zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o‟qitishning samarasini
oshirishga yordam beruvchi texnologik trenninglar o‟quvchi talabalarda mantiqiy,
ijodiy,
tanqidiy,
mustaqil
fikrlashni
shakllantirishga,
qobiliyatlarini
rivojlantirishga, raqobatbardor, etuk mutaxasis bo‟lishlariga hamda mutaxasisga
kerakli bo‟lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu o‟quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologik
treninglarni xuddi shu tartibda, o‟tkazishlari
shart emas
, har qaysi o‟qituvchi bu
treninglarni umumiy shaklni olgan holda o‟zlarining dars texnologiyalarini
yaratishlari, berilgan treninglarni to‟liq yoki ularning ba‟zi bir bosqichlari,
elementlarni ishlatishlari mumkin.
Biz quyidagi o‟qitish jarayonida qo‟llash mumkin bo‟lgan ba‟zi bir treninglar
(texnologiyalar)ga tavsifnoma berib, ba‟zilarni o‟tkazish tartibi to‟g‟risida
metodik tavsiyanoma berib o‟tamiz.
“TARMOQLAR” metodi – o‟quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr
doirasini
kengaytirish,
mustaqil
ravishda
adabiyotlardan
foydalanishni
o‟rgatishga qaratilgan.
“3x4” metodi – o‟quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli
g‟oyalarni bera olishi, ta‟lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil
etib,
xulosa chiqara olishi
,ta‟rif bera olishiga qaratilgan.
“BLITS O‟YIN” metodi - harakatlar ketma-ketligini to‟g‟ri tashkil etishga
mantiqiy fikrlashga, o‟rganayotgan predmeti asosida ko‟p, xilma xil fikrlardan,
ma‟lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‟rgatishga qaratilgan.
“INTERVYU” texnikasi – o‟quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to‟g‟ri
javob berish, savolni to‟g‟ri tuzishni o‟rgatishga qaratilgan.
“IERARXIYA” texnikasi - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga
o‟tish usullarini qo‟llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga
o‟rgatishga qaratilgan.
“BUMERANG” texnikasi
–
o‟quvchi-talabalarni
dars
jarayonida,
darsdan
tashqarida turli adabiyotlar
, matnlar bilan ishlash, o‟rganilgan
materiallarni yoddan saqlab qolish, so‟zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon
eta olish hamda bir dars davomida barcha o‟quvchi talabalarni baholay olishga
qaratilgan.
“TALABA” treningi – o‟quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash
o‟qituvchi va talaba o‟rtasidagi to‟siqni yo‟q qilish, hamkorlikda ishlash yo‟llarini
o‟rgatishga qaratilgan.
“O‟QITUVCHI SHAXSI” trening - o‟qituvchi innovastion faoliyatini ochib
beruvchi “O‟qituvchi shaxsiga qo‟yiladigan talablar” mavzusidagi mustaqil
fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali bayon qilishga qaratilgan.
“MULOQOT” texnikasi o‟qituvchilarni auditoriya diqqatini o‟ziga jalb etish,
dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‟rsatishga, uni tashkil etishni o‟rgatishga
qaratilgan.
“BOSHQARUV” texnikasi o‟qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari
hamda o‟quvchi talabalarni ish jarayonida boshqaruv usullari bilan tanishtiruvchi
va shunga o‟rgatishga qaratilgan.
“Tarmoqlar metodi” (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik stratigiya bo‟lib, u o‟quvchilarni Biron
bir mavzuni chuqur o‟rganishlariga yordam berib, o‟quvchilarni mavzuga
taalluqli tushuncha va aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy
bog‟lagan holda tarmoqlashlariga o‟rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‟rganishdan avval o‟quvchilarning fikrlash
faoliyatni jadvallashtirish hamda kengaytirish uchun hizmat qilishi mumkin.
Shuningdek,
o‟tilgan
mavzuni
mustahkamlash,
yaxshi
o‟zlashtirish,
umumlashtirish hamda o‟quvchilarni shu mavzu bo‟yicha tasavvurlarini chizma
shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz, namuna
sifatida misol keltirdik
;
“Bumerang” texnologiyasi
Mazkur texnologiya bir mashg‟ulot davomida o‟quv materiallini chuqur va
yaxlit holatda o‟rganish, ijodiy tushunib etish, yorqin egallashga yo‟naltirilgan. U
turli mazmun va xarakterga (muomala, munazarali, turli mazmunli) ega bo‟lgan
mavzularni o‟rganishga yaroqli bo‟lib, o‟z ichiga og‟zaki va yozma ish shakllarini
qamrab oladi hamda bir mashg‟ulot davomida har bir ishtirokchining turli
topshiriqlarni bajarishi, navbat Bilan o‟quvchi yoki o‟qituvchi rolida bo‟lishi,
kerakli ballni to‟plashiga imkoniyat beradi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqli shakllantirishga,
imkoniyat yaratadi; xotirani, g‟oyalarni,
fikrlarni
, dallillarni yozma va og‟zaki
shakllarda bayon qilish ko‟nikmalarini rivojlantiradi.
Ta‟lim Bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi:
-Jamoa bilan ishlash mahorati;
-Muomalalik;
-Xushfe‟llik;
-Ko‟nikuvchanlik;
-O‟zgalar fikriga hurmat;
-Faollik;
-Rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-Ishga ijodiy yondoshish;
-O‟z faoliyatining samarali bo‟lishiga qiziqish;
-O‟zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar - bu savollar muomala, so‟zlashuvni davom ettirishga imkon
beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‟q” tipidagi to‟g‟ri, ochiq,
javoblarni berishni ko‟zda tutadi.
Ko‟ndalang so‟roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‟lib,
bu o‟ziga xos axborotlar
izlash hamda dallillarni
, opponentlar pozistiyasini
aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko‟ndalang so‟roq paytida munoazaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda
faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |