“Pedagogik texnologiyalar” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
“Pedagogik texnologiyalar” fanini o‟rganish pedagogik nazariyasi va tarixi,
pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti,
falsafa, mantiq, etika, ma‟naviyat, O‟zbekiston tarixi, maktab gigienasi va
fiziologiyasi, ona tili bilan o‟zaro bog‟liqlikda quriladi.
Pedagogik texnologiya fan sifatida bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng
ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-
me‟yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar hisoblanadi. Ular bilan
qisqacha tanishib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning
ta‟lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning
maqsad va talablarini tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning
jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Pedagogik
texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini
falsafiy jihatdan to‟g‟ri yo‟nalishda bo‟lishini ta‟minlashga xizmat qiladi. Falsafiy
oqimlar va yo‟nalishlarning har biri ta‟lim-tarbiya masalalariga o‟ziga xos yondoshadi.
Shu sababli «Pedagogik texnologiya» fanining falsafiy yo‟nalishi uning to‟g‟ri yoki
noto‟g‟riligini, jamiyatning ma‟lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko‟rsatadi.
Bu pedagogik texnologiyalarga baho berishda asosiy ko‟rsatkichlardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya fanining metodologik asosi uni amalga oshirishda
qanday metodlarga asoslanishini belgilaydi, insonlarning olamini hamda o‟zlarini
bilishlari turli tarixiy davrlarda turlicha asoslarga ega bo‟lgan va ular o‟ziga xos
metodlarni keltirib chiqargan. Hozir olam va uninng hususiyatlari haqida xolis
ma‟lumotlar olish haqqoniy bilimlar hosil qilishninng ilmiy metodikasi pedagogik
texnologiyalarning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy
jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi texnologiyalar uchun zaruriy shartdir. Pedagogik
texnologiyaning didaktik asosi uning ta‟lim-tarbiya qoida va tamoyillariga
muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta‟lim-tarbiyaviy vazifalarning nazariy
jihatdan to‟g‟ri bajarilishini ta‟minlaydi.
Pedagogik texnologiyaning didaktik jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi uning yuqori
samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Buning uchun zamonaviy didaktikaning
ilmiy hulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.
Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi. Zamonaviy pedagogika fanining
ilmiy hulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy
tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil
qilinishi, olib borilishi, uninng diagnostikasi, monitoringi, o‟quv-mavzu rejalar va shu
kabilarninng ilmiy jihatdan to‟g‟ri bo‟lishi ta‟minlanadi. Pedagogik texnologiyalar
hozirgi pedagogika faninng rivojlanishida katta o‟rin egallab bormoqda.
Pedagogik texnologiyaninng psixologik asosi psixologiya fanining ilmiy
hulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan ta‟lim-tarbiya jarayonida to‟g‟ri
foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu sababli pedagogik
texnologiya psixologiya qonunlarini to‟liq hisobga olishi talab etiladi.
Ta‟limninng har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi hususiyatlariga
moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar qo‟llaniladi. Har bir bosqichda tegishli
darajadagi bilim va tarbiya beriladi. Bu masalalarni o‟rganish bilan pedagogik
psixologiya fani shug‟ullanadi.
Pedagogik texnologiyaninng fiziologik asosi o‟quvchilarning turli yoshdagi
fiziologik hususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o‟g‟il va qiz bolalar
fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik texnologiya
jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog‟lom avlodni voyaga etkazishninng
zaruriy sharti hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaninng gigiyenik asosi ta‟lim- tarbiya jarayonida
salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda turli zararli va ortiqcha
ta‟sirlarni bartaraf qilish, o‟quv sharoiti: yoritilganlik, harorat, havoninng tozaligi,
o‟quvchininng va o‟qituvchininng ish o‟rni, jihozlar, o‟quv nagruzkalarininng
me‟yorlari, didaktik vositalarninng qulayligi sifati va shu kabilar tibbiyot, fiziologiya,
ekologiya talablariga, insonparvarlik va xalqparvarlik g‟oyalariga muvofiq bo‟lgan
ilmiy asoslarda belgilab boriladi.
Bu talab va me‟yorlarga rioya qilish pedagogik texnologiyani amalga tadbiq
etish imkoniyatini yaratadi. Bu masalalarni o‟rganish bilan maktab gigienasi fani
shug‟ullanadi.
Pedagogik texnologiyaninng mafkuraviy asosi uninng milliy istiqlol g‟oyasi va
mafkurasi tamoyillarini o‟zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga
yo‟naltirilgan bo‟lishidan iborat. Bunda barkamol insonni shakllantirishda mafkuraviy
tarbiyaning fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat
bo‟ladigan bilimli, ma‟rifatli, ijtimoiy faol insonni voyaga etkazishdan iborat asosiy
vazifalarni amalga oshirib borishi har bir pedagogik texnologiya uchun dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning huquqiy-me‟yoriy asosi ta‟lim-tarbiya jarayonini
tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
Bular O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, davlat ta‟lim standartlari, o‟quv reja va dasturlar;
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining ta‟lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari,
Vazirlar qaror va buyruqlari, ular asosida tayyorlanib o‟rnatilgan tartibga tasdiqlangan
nizomlar, ustavlar va boshqa me‟yoriy hujjatlar hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya jarayoni ishtirokchilari ushbu huquqiy-me‟yoriy
asoslarni tegishli darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim.
Pedagogik texnologiyaning iqtisodiy asosi ta‟lim menejmenti xulosalari va
marketing tadqiqotlari natijalariga muvofiq belgilanadi. Pedagogik texnologiya
ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‟lgani sababli uning iqtisodiy samarasi o‟ziga xos
tartiblarda aniqlanadi va ta‟minot masalalari hal qilib boriladi. Pedagogik texnologiya
iqtisodiy asosini mustahkam bo‟lishi uni amaliyotda davom ettirish uchun zaruriy
shart hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta‟lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy
davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagogik
nazariyalar haqidagi ma‟lumotlardan iborat bo‟lib ular zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisoblanadi. Hozirgi pedagogik
texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan tahlillar, chiqarilgan
hulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-mulohazalarninng rivojlantirilishi asosida
paydo bo‟lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi uning
o‟ziga xos ildizlarini tashkil qilishini hisobga olgan holda ularni bilish va chuqur
o‟rganish kelgusi rivojlanish yo‟llarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir pedagogik
texnologiyaning o‟z nazariy va amaliy asoslari kelib chiqadi. Ular alohida maqsad,
vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |