o’qitish mаqsаdi – bo‟lаjаk mutаxаssisgа аsоsаn tа`lim –tаrbiya jаrаyonining
lоyihаlаsh sаmаrаli mеtоd vа vоsitаlаrni tаnlаshgа o‟rgаtishdаn ibоrаt.
Kursning vаzifаsi- bo‟lаjаk o‟qituvchilаrgа pеdаgоgik tеxnоlоgiya,
tеxnikа rivоj-lаngаn mаmlаkаtlаr ilg‟оr pеdаgоgik tеxnоlоgiyasi,
O‟zbеkistоndа kаdrlаr tаyyorlаshning dаsturini аmаlgа оshirish tаjribаlаri
xаqidа nаziriy bilim bеrish:
Pеdаgоgik jаrаyonni lоyihаlаsh;
Tа`lim-tаrbiya mаqsаdi, mаzmuni, оptimаl mеtоdlаrini ko‟nikmа vа
mаlаkаsini shаkllаntirish;
Pеdаgоgik diаgnоstikа qоbiliyatini o‟stirishdаn ibоrаt
Аlbаttа, yangi pеdаgоgik tеxnоlоgiya tа`lim- tаrbiya jаrаyonning mаvjud
qоnun-lаrigа, mаmlаkаtimiz rivоjlаnishining o‟zigа xоs xususiyatlаrigа, tаrixiy
tаrаqqiyot tаjribаlаrigа аsоslаnаdi. Pеdаgоgik tеxnоlоgiyani yarаtish milliylik vа
umum-insоniylik tаmоyillаrigа, insоnpаrvаrlik vа dеmоkrаtiya prinsiplаrigа
ijоdkоrlik vа tаshаbbuskоrlikkа tаyanаdi.
Pedagogika fani va amaliyotida «pedagogik texnologiya», «ta'lim
texnologiyasi», «o'qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda.
Shu bilan birga ularni tushunish paytida alohida fikrlar mavjud. Avvalambor,
«texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini
aniqlaylik.
«Texnologiya» - yunoncha ikki so'zdan – «texnos» (techne) – mahorat,
san'at va «logos» (logos) – fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda
zamonaviy texnologiya jarayonini to'liq tavsiflab berolmaydi.
Texnologiya deganda sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan ta'sir
natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi.
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga
yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda
tutadi.
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi
(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi
ijtimoiy xodisa, deb ta'riflash mumkin.
Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish, ularga
ishlov berish yoki qayta ishlash yo'lari va usullarining yig'indisi (texnologiyaning
jarayonli – bayonli aspekti);
Yuqorida ko'rsatilgan yo'llar va usullarni ishlab chiquvchi va
takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatidagi vazifasi, moddiy resurslar
va vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish
jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo'llash maqsadida qonuniyatlarni topish
hisoblanadi (ilmiy aspekti);
Jarayonning o'zi – qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash, tashish,
omborga joylash, saqlash hamda ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish
(texnologiyaning jarayonli – harakat aspekti).
Ishlab chiqarishda «texnologiya» so'zidan kelib chiqadigan quyidagi
tushunchalar ishlatiladi:
Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning
yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig'indisi.
Texnologik operasiya – ishchi tomonidan o'zining ish joyida bajariladigan,
yakuniga etkazilgan harakat ko'rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita – ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik
operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik reja – texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi
tartib bo'lib, ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan
operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chadigan bo'lsak, o'qituvchi
(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi
ijtimoiy hodisa deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday
ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo'ladi (B. Ziyomuhammedov).
Pedagogik texnologiya ijtimoiy zaruriyat bo'lganligidan dastavval
AQIIIda 70-yillarda falsafaning bixiviorizm oqimi zaminida yuzaga kelib, boshqa
rivojlangan mamlakatlarga tez tarqalib ketdi.
YEr yuzi mamlakatlari ikki qarama-qarshi lagerga bo'linib, sovuq urush
avjiga chiqqan davrda sosializm tarafdorlari bu ijtimoiy hodisani mafkura nuqtai
nazaridan tan olmay, ko'p yillar davomida uni ko'r-ko'rona inkor qilib kelishdi.
XX asr 90-yillarning boshida sosializm nurab, unga a'zo bo'lgan davlatlar
birin-ketin mustaqil bo'lganidan keyin, har jihatdan taraqqiy etgan xorijiy
mamlakatlarga, shu jumladan O'zbekiston uchun ham, keng yo'l ochildi.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada
yurtimizga ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori
jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib,
pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi.
Keyingi yillarda Rossiya bilan O'zbekistonda pedagogik texnologiyani
o'rganish yo'lida ancha ishlar qilindi. Pedagogik texnologiyaning hududga mos
variantini yaratishga qo'l urgan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH)ning
peshqadam pedagog olimlariga tasannolar aytish bilan birgalikda, ular yo'l
qo'yayotgan ba'zi kamchiliklarni aytib, ularni tuzatib o'tishni lozim ko'rdik.
Chunki bu kamchiliklar pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatini to'g'ri
tushunishga halal bermoqda. Buning uchun MDHda shu yo'nalishda faoliyat
ko'rsatayotgan pedagog olimlarning «pedagogik texnologiya» tushunchasiga
bergan ta'riflarini hamda ular tuzib chiqqan pedagogik texnologiya loyihalarini
tahlil qilib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning o'quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga
kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab
bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «PT – bu o'qituvchi
mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay
oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: «PT – avvaldan rejalashtirilgan
natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir», -
degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi.
«PT – o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini
hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub'ektiv
xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, - deydi V.M. Monaxov.
M.V. Klarin fikricha, PT – o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda,
oldindan belgilab olingan maqsad ko'rsatgichlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonini
loyihalashdir.
I.Ya. Larnerning fikriga ko'ra, PT – o'quvchilar harakatlarida aks etgan
o'qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni
ifodalaydi.
V.P.Bespalkoning o'zbekistonlik shogirtlaridan Nurali Sayidahmedov va
Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, PT – bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish
(tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir
ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O'zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga
quyidagicha ta'rif beradi: «PT – ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib,
pedagogikada ijtimoiy muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib,
uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir».
Bu ta'riflarni uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan solishtirib ko'rish uchun
yapon pedagog olimi T. Sakomoto bergan ta'rifni keltiramiz. “PT, - deydi
Sakomoto, - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha
qilib aytganda, pedagogika jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir».
Aynan tizmli yondashuv pedagogik texnologiyalarni o'qitishga boshqa
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta'riflar
(V. Gushaeev, V. Slastenin, B. Lixachev, I. Volkov, M. Choshanov, Ch.Yudit va
boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birontasi YuNYESKO ta'rifi drajasiga
ko'tarila olmagan.
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan biri bo'lgan
YuNYESKOning ta'rifi bo'yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika
va inson resurslarini o'zaro uzviy bog'lik holda ko'rib, butun ta'lim jarayonini
loyihalashda va amalda qo'llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir».
Keltirilgan ta'riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak,
uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan MDH mamlakatlari olimlarining bergan
ta'riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko'ramiz. Jumladan,
Sakomoto va YuNYESKO ta'riflarida tizimli yondashuv tamoyiliga alohida urg'u
berilgan. MDH olimlarining PT ga bergan ta'riflarida majmu yondashuv eslatib
o'tilgani bilan, o'quv jarayonining loyihasini tuzishganda uni mutloq unutib,
tizimli yondashuv tamoyilining qonun va qoidalariga sira ham amal
qilishmaganini ko'ramiz.
Haqiqatda esa, ob'ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan
kishiga Sakomoto aytganidek, «PT – o'quv jarayonini muayyan bir majmuga
keltirishdir», degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa
hamma xususiyatlarini, ya'ni maqsadga yo'naltirilganligini, bir necha o'zaro uzviy
bog'liq bo'lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo'ladi.
Chunki bu xususiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan, tizim deb
nom olgan narsa va hodisalarning ajralmas sifatlaridir.
Undan tashqari, Rossiya va O'zbekiston olimlari «ta'rif» deb aytganlarining
hammasi ham «ta'rif» maqomiga ega bo'lolmaydi. Ta'rif tuzishning o'z qonun-
qoidalari, ya'ni ta'rif tuzish nazariyasi bor. Ta'rif ushbu nazariyadan kelib chiqib
tuzilsa, u haqiqiy hisoblanadi. Biz tahlil qilgan ta'riflar esa, Sayidahmedov va
Ochilovlarnikidan tashqari, pedagogik texnologiyaning u yoki bu xususiyatlarini
ochib beruvchi yo uning tasnifini ifoda etuvchi tushunchalar yoki ularning
omuxtalaridir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so'zsiz, o'quv jarayoniga
tizim sifatida yondashishdir. Bunda ta'lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa
va hodisalar o'zaro funksional bog'liqda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni pedagogik
jarayon majmuini tashkil qiladi. Pedagogik jarayon majmuini muayyan bir vaqt
mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya
deyiladi.
O'zbekistonlik pedagog olim L.V. Golish ta'lim texnologiyasini texnik
texnologiyadan kelib chiqqan holda uch xil atamasini ifodalab bergan:
Pedagogik texnologiya – o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni
butunligicha
aniqlovchi
tizimli
kategoriya.
Texnologiyalarning
barcha
tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta'lim texnologiyasi, o'qitish
texnologiyasi kabilarni ishlash mumkin.
O'qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli
harakat aspektini anglatadi. Bu ta'lim jarayonini o'zgaruvchan sharoitlarda,
ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va
konkret ta'lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta'minlovchi
usul va vositalar (texnologik operasiyalar)ning tartibli birligini o'zida
mujassamlashtirgan ta'lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning
texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli
aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan
natijalarga erishish bo'yicha pedagogik hamda o'quv faoliyatini loyihasini
bajarishning bayonidir (texnologik xarita).
Ta'lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash
uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti) «texnika va inson resurslarini hamda ularning
o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi hamkorligini
hisobga olgan holda dars beri shva bilimlarni o'zlashtirishning barcha
jarayonlarini yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli usuli».
O'zbekistonlik pedagog olim B.G'. Ziyomuhammedov pedagogik
texnologiyaga quyidagicha ta'rif bergan: «PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib
chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va
aniq maqsadga yo'naltirilgan o'quv jarayonini tizim sifatida ko'rib, uni tashkil
qiluvchi qismlari bo'lgan o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida
tahsil oluvchilarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko'rsatgan
ta'sirini
nazoratda
tutuvchi
va
ta'lim
natijasini
baholab
beruvchi
texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir».
Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya»
tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Ko'pchilik pedagog olimlarning fikricha,
ushbu keng ishlatiladigan so'zlar birikmasi inglizcha “an educa – tional
technology”, ya'ni «ta'lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib
chiqqan.
Bizning fikrimizcha, ta'lim texnologiyasiga dastlab asos solgan AQSh
olimlari pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta'lim texnologiyasini
nazarda tutishgan. Buni tushunib etish uchun pedagog atamasining lug'aviy
ma'nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne» - bola, «agogeyin» -
etaklamoq so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, bola etaklamoq ma'nosini anglatadi.
Bunday «bola etaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha
ta'lim texnologiyasi maqsadi va mantig'i zid bo'lib, ta'lim texnologiyasini maqsadi
va mantig'iga zid bo'lib, ta'lim texnologiyasining haqiqiy ma'nosini bermaydi.
Amerikalik olimlar va yapon olimi Sakomoto «bola etaklash» texnologiyasini
emas, balki tahsil oluvchilar faolligini ta'minlaydigan, ta'lim jarayonining
samaradorligini kafolatlaydigan texnologiyani yaratish g'oyasini ilgari surishgan.
Shunga asoslangan holda biz mazkur atamani «ta'lim texnologiyasi» deb atalishi
tarafdorimiz.
Pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаni bo‟lаjаk o‟qituvchilаrni ilmiy mеtоdik
tаyyorlаshdа аlоhidа o‟rin tutаdi. Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаrixidаn
mukаmmаl bilim vа mаlаkаgа egа bo‟lgаndаn kеyin pеdаgоgik tеxnоlоgiya
yoki yangi pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаni o‟rgаnilаdi.
Dеmаk, pеdаgоgik tеxnоlоgiya, pеdаgоgikа, pеdаgоgik mаxоrаt,
psixоlоgiya, mаtеmаtik mоdеllаshtirish fаnlаri bilаn o‟zаrо bоg‟liklikdа
o‟rgаnilаdi. Pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаnining dаsturi uch yunаlishdа:
Pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning nаzаriy аsоsi, tаrix vа аmаliy ko‟nikmаlаr
shаkllаntirishgа qаrаtilgаn.
Ilmiy аdаbiyotlаrdа pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning uch аspеkti to‟g‟risidа fikr
yuritilаdi; ilmiy, tаvsifiy, аmаliy.
Ilmiy аspеktdа: o‟qitishning mаqsаdi, mаzmuni vа mеtоdlаri ilmiy
аsоslаnаdi, pеdаgоgik jаrаyon lоyihаlаshtirilаdi.
Tаvsifiy аpеktdа: rеjаlаshtirilgаn o‟qitish nаtijаlаrigа erishishning mаqsаdi,
mеtоdlаri vа vоsitаlаrining ishtirоki аsоsidа аlgоritm jаrаyoni ishlаb chiqilаdi.
Аmаliy аspеktdа; pеdаgоgik tеxnоlоgiya jаrаyoni аmаlgа оshirilаdi.
Tа`lim аmаliyotigа nisbаtаn pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning uch sаthi
bеlgilаnаdi: umumpеdаgоgik, xususiy mеtоdik, lоkаl (mоdul).
Umumpеdаgоgik tеxnоlоgiya yaxlit tа`lim jаrаyonini ifоdа etаdi.
Xususiy mеtоdik tеxnоlоgiya bir fаn dоirаsidаgi o‟quv-tаrbiya jаrаyonini
аmаlgа оshirish mеtоdlаri vа vоsitаlаridаn ibоrаt.
Lоkаl tеxnоlоgiya o‟quv tаrbiya jаrаyonining mаxsus bo‟limlаrigа
tеxnоlоgiyani tаdbiq qilishni ifоdа qilаdi. Bu tеxnоlоgiya xususiy didаktik
tаrbiyaviy vаzifаlаrni hаl qilishgа qаrаtilаdi.
“Pedagogik texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari.”
-litsey va kollejlarninng bo‟lajak o‟qituvchilarininng zamonaviy pedagogik
texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;
- yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari
uchun zarur mahoratlarga ega bo‟lishlari;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g‟oyalar maktablar, yo‟nalishlar, keng
turlarida yo‟l topa bilish mahorati;
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‟g‟ri bajarishga tayyorlikni
shakllantirish;
- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‟zini tarbiyalash va o‟zini mutaxasislik
darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
Dostları ilə paylaş: |